Fitotsenozning tuzilishi


Turlar orasida miqdor va sifat munosabatlari


Download 79.5 Kb.
bet4/7
Sana28.10.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1730492
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fitotsenozning tuzilishi

Turlar orasida miqdor va sifat munosabatlari. Jamoadagi turlar miqdorini raqamlar bilan yoki amalda qabul qilingan ballar bilan o’lchanadi. Jamoadagi turlarning miqdor ko’rsatkichi ularning mo’llik darajasini bildiradi. Mo’llik og’irlik, ball va ma’lum maydon birligiga to’g’ri keluvchi o’simliklar soni bilan ifodalanadi. Jamoadagi turlarning mo’lligi tashqi ekologik omillarga hamda turning gruppa yoki alohida o’sishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham jamoalar bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Jamoadagi uchraydigan har xil turlarning miqdor ko’rsatkichini mualliflar turlicha talqin qiladilar. Jumladan I. K. Pachoskiy asosiy jamoani tashkil etadigan turlarga, hamda i n g r e d i e n t l a r- ya’ni jamoada tur sifatida juda kam qatnashuvchilar bilan mutloqo ishtirok etmovchilarga bo’lish kerak deydi.
Fitotsenozdagi turlarning miqdori umumiy ekologik sharoitga bog’liq bo’ladi. Cho’l mintaqasida turlar soni kam bo’lsa, adir mintaqasining tog’ mintaqasi bilan tutashgan yerlarida turlar soni hamda individlar miqdori juda ko’p bo’ladi. Fitotsenozning umumiy belgilaridan yana biri tuproq yuzasining o’simliklar bilan qoplanish darajasidir. O’rganilayotgan maydondagi o’simlik turlarining mo’l-ko’llik miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tuproqning o’simliklar bilan qoplanish darajasi ko’z bilan chamalab ham o’rganiladi va foiz bilan belgilanadi. Bunda 100 foizdan 25 foizgacha bo’lgan chegara olinadi. Fitotsenozda turlarning uchrash darajasi mo’lligini bir qancha usulda aniqlash mumkin. Ko’z bilan chamalab aniqlashda Drude shkalasidan keng foydalaniladi


Turlar mo’lligini Drude shkalasi bo’yicha aniqlash



Drude bo’yicha





6 balli tizim (sistema) bo’yicha






raqam bilan

So’z bilan



Soc ( sociales)

6

O’simlik tuproq yuzasini to’liq qoplab olgan (90 % dan ortiq).

Cop 3 (copiosae3)

5

O’simlik juda ko’p uchraydi (90-70% gacha).



Cop 2 (copiosae 2j

4

O’simlik deyarli ko’p uchraydi (70-50% gacha).



Cop I (copiosae 1)

3

O’simlik biroz ko’proq uchraydi (50-30% gacha).

Sp (sparsae)

2

O’simlik kamroq uchraydi (30-10% gacha).

Sol (Solitariae)



1

O’simlik juda kam uchraydi (10% dan kam).

Un (unicum)

0

O’simlik bir dona uchraydi.



Bundan tashqari jamoadagi turlarni qayta hisoblab chiqish usullari ham keng qo’llaniladi. Bu usul biroz murakkabroq bo’lib, har bir tur ma’lum maydon birligida- 1 m kv, 10 m kv hisobiga olinib, umumiy fitotsenoz maydoniga qayta hisoblanadi. Bunda fitotsenozdagi daraxt turlarga 10 x 100, 20 x 80, 20 x 10, buta va o’t o’simlik turlarga 1x2 dan 100 x 2 gacha maydon ajratib olib o’lchanadi. Og’irlik usulida aniqlashda esa ajratib olingan bir necha o’nlab maydon o’lchanadi. Har bir maydon o’simligi o’rib olinadi va ular turlarga ajratib tortiladi. Olingan miqdor taqqoslab ko’riladi. Bu usul bilan, asosan, umumiy hosildorlikni aniqlash maqsadga muvofiq.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling