Fitotsenozning tuzilishi


O’simliklarning hayotiy shakllar bo’yicha xilma-xilligi


Download 79.5 Kb.
bet7/7
Sana28.10.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1730492
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fitotsenozning tuzilishi

O’simliklarning hayotiy shakllar bo’yicha xilma-xilligi.
O’simliklarning tashqi qiyofasiga qarab gruppalarga ajratish juda qadimdan, Aristotel va uning shogirdi Teofrast tomonidan taklif etilgan edi. Botanik geografiyaning asoschisi Gumbolddan (1906) keyin ham ko’plab olimlar bu nazariyani takomillashtirdilar. Raunkier (1918), Pachoskiy (1921), Serebryakov (1962;1964) va boshqalar ham bu sohada ko’plab ishlar qildilar. Vermining birinchi bo’lib 1884 yilda o’simliklar olamiga hayotiy shakllar terminini taklif etgan edi. Hayotiy shakllarga doir eng maqbul klassifikatsiya daniyalik botanik K. Raunkier tomonidan (1934) ishlab chiqilgan klassifikatsiyadir. Bu klassifikatsiya yangilanib turuvchi organlarning, ayniqsa, kurtakning yashashi va joylashuviga asoslanganligi bilan ham juda muhimdir.
1. F a n e r o f i t l a r- kurtaklari yer yuzasidan ancha yuqorida joylashgan bo’lib ko’zga yaqqol tashlanadi. Faneros -yaqqol ko’rinib turuvchi demakdir. Bularga, asosan, daraxt va butalar kirib, qishda barglarini to’kadi. Shox-shabbalari va novdalarini sovuq diyarli urmaydi.
2. X a m e f i t l a r - bu guruhga ba’zi bir buta va chala buta turlari kirib yangilanish kurtaklari yer yuzasiga ancha yaqin joylashadi. Bunday turlarning organlari tashqi tomoni tangachalar bilan qoplangan bo’ladi. Qish mavsumida qor tagida qoladi. Ammo novdalari nobud bo’lmaydi. Xeme-past, yer bag’irlovchi degan manoni bildiradi.
3. Ge m i k r o f i t l a r - bu guruh vakillariningyangilanish kurtagi yer yuzasi bilan barobar joylashadi. Yer ustipoyasi va novdalari qurib qoladi. Qurigan novda va poyalar qoldig’i yangilanuvchi kurtaklarni qoplab oladi. Bularga, asosan, ko’pyillik o’tlar kiradi. Geme- yarim, kriplyus-yashirin degan manoni bildiradi.
4. K r i p t o f i t l a r -bu guruhga yer ustki organlari batamom qurib qoladigan, yangilanuvchi organlaridagi kurtaklari yer ostida bo’lgan ildiz poyali, ildiz tugunakli, piyoz boshchali o’simliklar kiradi.
5. Te r o f i t l a r- bu guruhga, asosan, bir yillik turlar kirib, ular qishda butunlay qurib qoladi. Ko’karib chiqish qishda saqlanib qolgan urug’lari orqali amalga oshadi.
Bundan tashqari suv o’simliklaridan iborat bo’lgan, kurtagi suv ostida, vegetativ organi suvdan ko’tarilib turadigan g e l o f i t l a r va kurtagi suv ostida novdalari suvda joylashgan g i d r o f i t l a r guruhi ham mavjud.
Geobotanikada Raunkier klassifikatsiyasidan tashqari I. G. Serebryakov (1962,1964) ning klassifikatsiyasi ham bo’lib, bu klassifikatsiya o’simliklarning tashqi ko’rinishiga asoslangandir. Bu klassifikatsiya quyidagicha tartibda berilgan.
1 .D a r a x t l a r- bu guruhda ko’p yillik yer ustki qismlari yog’ochlangan, bo’yi ikki metrdan yuqori, bitga asosiy tanaga ega bo’lgan o’simlik turlaridan, chinor (Plantanus orientalis L.), archa (Juniperus zeravschanika Kom.), terak (Papulis sp), qarag’ay (Rtsh silvestris. L), olma (Ma!i8 domestica Borkh), yong’oq (Juglans regia L.) kabi daraxt turlari kiradi.
2. B u t a l a r - bu guruhga ko’p yillik, bo’yi 2-3 metrdan baland bo’lmagan, asosiy tanasi yog’ochlangan, bitta asosiy tanaga ega bo’lmagan, yer yuzasidan shoxlangan o’simliklar, anor (Runica granatum L.), maymunjon (Kubis caesius L.), na’matak (Rosa maracandica. Bde), zirk (Vegberis integerrima Bde), uchqat (Lonisera nummularifolia Let Sp.) kabi turlar kiradi.
3. B u t a ch a l a r - bu guruhga esa ko’p yillik, past bo’yli, tanasi yog’ochlangan, bo’yi 0,5 metrdan baland bo’lmagan turlar misol bo’la oladi. Pochaqirqar (Hulthemia berberifolia (Pall) Dum ) bunga misol bo’ladi.
4. Y a r i m b u t a- ch a l a b u t a- bu guruhga poyasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan qismi har yili kuzda qurib qoladigan ko’p yillik turlar shuvoq ( Artemisia sp), izen (Kos1aprostrata (L) Schrad), isiriq (Peganum harmala L) , yantoq (Alhagi sparsifolia Shap.) kabi turlar misol bo’ladi. Bundan tashqari o’t o’simliklar ham bir qancha guruhlarga ajratiladi. Misol uchun quyidagicha:
a) p o l i k a r p t u r l a r- hayotida bir necha martalab gullaydi, urug’ va meva beradigan asosan ko’p yillik o’simlik turlari.
b) m o n o k a r p turlar- ko’pincha qurg’oqchil mintaqalarda tarqalib bir necha yil, hatto 10-15 yil umr ko’rib, bir marta gullab urug’ va meva beradigan o’simliklardir. Bularga kovrak ( Ferula) ning bazi bir turi, astra va karamdosh ( ) larning bazi bir turlari misol bo’ladi.
O’rta Osiyo sharoitida bundan tashqari kam bo’lsada chirmashib o’suvchi l i a n a turlar ham mavjud bo’lib, ular daraxtlarga ilashib o’sadi. Madaniy o’simliklardan tok o’simligi, yovvoyi tur o’simliklardan chirmovuq, pechak, ilonchirmovuq kabi turlarni misol qilib olish mumkin.
Tog’ning yuqori qismida, yaylov mintaqasida, cho’lda o’ziga xos shoxlangan yostiqsimon o’simlik turlari ham mavjud bo’lib bularga, bo’ritikan, akantalimonlar, sertuk astragal, esporset kabi turlar misol bo’ladi.
S i n u z i y a- grekcha sin-birgalikda, latincha uzus-foydalanish, qo’llanish demakdir. Sinuziya atamasi va tushunchasini birinchi marta daniyalik botanik Gams fanga kiritgan. Sinuziya ekologik jihatdan o’xshash hayotiy formalarni birlashtiruvchi o’simliklar assotsiatsiyasining bir bo’lagi. S i n u z i ya l i l i k deganda, jamoani tashkil etuvchi turlarning hayotiy shakllari bo’yicha turli tumanligi tushuniladi. Bir jamoada sinuziyalilik yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu esa jamoadagi turlarning aspektini belgilaydi. Cho’llardagi jamoada efemerlar alohida ajralib turadi.
O’simliklarning yashash joyi, harakteri deganda, yer yuzasining geografik o’rnini, dengiz sathidan balandligini, qiyaligini, yonbag’irligini, relefini, mikrorelefini, tuproq sharoitini, hayvonot dunyosining va insonning tasiri bilan birgalikda tushuniladi. Jamoadagi turlarni o’rganish uchun o’simliklar florasini, sistematikani yaxshi bilish kerak. Har qanday geobotanik tadqiqotlar olib borishdan qat’iy nazar, o’sha jamoa florasini va uning kelib chiqish tarixini bilish lozim bo’ladi. Shundagina o’rganilayotgan jamoa to’g’risida ilmiylikka asoslangan to’g’ri xulosa chiqarish mumkin.
D o m i n a n t turlar -har bir fitotsenoz o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, unda turlar son va sifat jihatidan har xil bo’ladi, har bir turning jamoada tutgan o’rniga qarab dominant, s u b d o m i n a n t, a s s i k t a t o r va a n t r a p o f i t l a r g a bo’linadi. Fitotsenozdagi bir turga mansub o’simliklarning har xil holatdagi individlari yig’indisi ts ye n o p o p u l ya ts i ya deyiladi.
Fitotsenozda miqdor jihatidan ko’p bo’lib, boshqa turlarga nisbatan hukmron turlar d o m i n a n t turlar deyiladi, Bir necha dominant turlar bitta jamoaning o’zida uchrashi mumkin. Ular asosiy organik massa to’plovchi bo’lib, fitotsenozning fonini va Harakterini ifoda etadi. Dominantlar jamoada zichligi, son miqdori va hajmi bilan belgilanadi. Jamoada bir vaqtning o’zida bir nechta tur dominantlik qilsa, buni k o n d o m i n a n t l a r deb ataladi. Jamoada shunday turlar ham mavjudki, ular asosan jamoaning muhitini tashkil etadi. Bunday turlarni Sukachev (1928) e d i f i k a t o r «quruvchi» turlar deb ta’riflagan. Dominant turlar bir vaqtning o’zida shu jamoada edifikator tur ham hisoblanadi. O’zbekistonning cho’l mintaqasi uchun saksovul (Haloxylon aphyllum) edifikator tur bo’lsa, tog’ mintaqasi uchun archa (Juniperus zeravschanika Kom.) va bargini to’kadigan o’rmon daraxtlari edifikator hisoblanadi. Fitotsenozda shunday turlar ham mavjudki bular dominant turlarga nisbatan kam, lekin fitotsenozda malum ahamiyat kasb etadi. Bunday turlar s u b d o m i n a n t turlar deb ataladi. Adir mintaqasining chala buta o’simliklari ichida shuvoqlar turkumining bir qancha vakillari dominantlik qilsa, sho’radoshlar oilasiga kiruvchi chug’on (Ae11ep!a subaphulla. CAM), izen (Kochia prostrata (L) Schrad), keyreuk (Salsola rigida. Pall) kabi turlar subdominant bo’lib ishtirok etadi. Jamoada shunday turlar ham mavjudki ular dominant, subdominant bo’lib ishtirok etmasdan jamoaning biron-bir pog’onasidagi tur bilan birga o’sadi. Bunday turlarni G. I. Povlovskiy va Sukachev a s s ye k t a t o r -yani ishtirokchi turlar deb ataydi.
Fitotsenozda turli xil ekologik omillar ta’sirida begona turlar paydo bo’lib qoladi. Bunday turlarni «kelgindi» -a n t r o p o f i t t u r l a r deyiladi.
Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling