Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish


-savol.Dastur kodini tuzish


Download 76.71 Kb.
bet9/18
Sana04.02.2023
Hajmi76.71 Kb.
#1165861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

13-savol.Dastur kodini tuzish.
VB muxitida qo‘yilgan masala algoritmi va dasturini tuzish yana bir asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Berilgan masala oddiy, ya’ni chiziqli va bevosita hisoblashga doir bo‘lganligi uchun uning dasturi ham sodda bo‘ladi. Dastur kodini tuzish va uni ekran forma bilan bog‘lash uchun “Dastur kodi oynasi”ni ochish kerak bo‘ladi. Buning uchun View menyusining Code buyrug‘i ishga tushiriladi. Dastur kodi lokal, biror masala qismi yoki to‘la masala uchun tuzilgan protsedura formada bo‘ladi. Protsedura biror masalani xal qilishga qaratilgan qism dastur degan ma’noni anglatadi. Ob’ektlar ichidagi “Command1” ob’ekti ishga tushirish yoki ekran forma oxirgi satrida joylashgan “a, b, c larni kiriting va shu tugmani bosing” deb nomlangan tugma ustiga sichqoncha belgisini joylashtirib, uning chap tugmasini ikki marta bosish yordamida dastur kodining oynasini ochiladi. Bu oynaning sarlavxasi Command1 deb nomlanib, asosiy oynada protseduraning birinchi va oxirgi satrlari ko‘rinadi. Protsedura birinchi satri Private Sub Command1_Click() deb nomlanib, Private Sub bosh protsedura mazmunini, Command1_Click() esa protsedura nomini bildiradi. Uning oxirgi satri End Sub bo‘lib protseduraning tugaganligini, ya’ni uning oxirgi satri ekanligini bildiradi.Dastur kodining o‘ng tomonini ochish yordamida “Command1” ob’ekti uchun mumkin bo‘lgan barcha protseduralar ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Click() chertish mazmunini bildirib, ekran formadagi “Command1”ni sichqoncha yordamida chertish orqali dastur kodi bog‘lanishini bildiradi. Asosiy oynadagi protseduraning birinchi va oxirgi satrlari orasiga dastur kodi satrlari yoziladi. Tanlagan masalamiz uchun dastur kodi satrlarini quyidagi ko‘rinishda yozishimiz mumkin: Private Sub Command1_Click()
x1.Text = "": x2.Text = ""
D = b ^ 2 - 4 * a * c ‘Diskriminantni hisoblash
If D < 0 Then Label5.Caption = "Ildiz yo'q": GoTo 1
If D = 0 Then Label5.Caption = "Ildiz bitta": GoTo 2
Label5.Caption = "Ildiz ikkita"
2 x1 = (-b + Sqr(D)) / (2 * a) ‘Ildizlarni hisoblash
x2 = (-b - Sqr(D)) / (2 * a)
End Sub
Dastur kodi satrlari kiritilgandan so‘ng oynada hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmasa dasturda sintaktik xatolar yo‘qligini bildiradi. Shundan so‘ng dasturni ishlatib ko‘rish mumkin. Dasturni ishga tushirish bosh menyudagi Start yoki F5 tugmasini
bosish yordamida amalga oshiriladi. Dastur ishga tushirilganda ekran forma ko‘rinishidagi ishchi ilova oynasi faollashadi va undagi maxsus katakchalarga berilganlar kiritiladi. Buyruq tugmani bosish bilan protsedura ishga tushib, oxirgi katakchada natija hosil bo‘ladi. Katakchalarga boshqa qiymatlar berib yangi natijalarni olishimiz mumkin.

Download 76.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling