Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish


-savol.Visual Basicni ishga tushirish


Download 76.71 Kb.
bet5/18
Sana04.02.2023
Hajmi76.71 Kb.
#1165861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

5-savol.Visual Basicni ishga tushirish.
VB ni ishga tushirish uchun ”Пускпрограммы Microsoft VB 6.0” buyruqlaridan foydalaniladi. VB ishga tushirilganda uni yuklovchi Microsoft VB muloqot oynasi namoyon bo‘ladi. Bu yerdan quyidagi loyiha andozalaridan birini tanlash mumkin:
- standart EXE – standart bajariluvchi ilova;
- ActiveX EXE – ActiveX bajariluvchi ilova;
- ActiveX DLL – ActiveX dinamik kutubxona;
- ActiveX Control – ActiveX boshqaruv elementi;
- VB Application Wizard – ilova ustasi;
- VB Wizard Manager – foydalanuvchi ustalarini yaratuvchi usta;
- Data Project – ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi proyekt;
- IIS Application;
- ActiveX Document DLL – ActiveX hujjatlarining dinamik kutubxonasi; - ActiveX Document EXE – ActiveX hujjatlarini bajaruvchi ilovalar - DHTML Application – dinamik
HTML-hujjatlarda yaratiluvchi ilova. Bu yerdan “Standart EXE” tanlanib, “Открыть” yuklovchi tugmasi bosiladi. VB ning ishchi muxiti Microsoft ning boshqa dasturlari singari grafik interfeysga ega bo‘ladi. Ishchi muxit o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: - bosh menyu; - standart uskunalar paneli (standart); - boshqaruv elementlar paneli (General); - proyekt oynasi (Project); - menyu taxrirchisi (Menu Editor); - hususiyat oynasi (Properties); - formalar maketi oynasi (Form Layout); - ob’ektlarni ko‘rish oynasi (Object Browser); - kodlarni taxrirlash oynasi. Ekranda standart xoldagi bosh loyixa oynasi hosil bo‘ladi. Bosh oynaning yuqori qismida Windows dasturlaridagi kabi VB ning bosh menyusi (File, Edit, View, Project, Format, Debug, Run, Cuery, Diagram, Tools, AddIns, Window, Help), keyingi satrda esa vositalar paneli joylashtirilgan bo‘ladi. Ekranning chap tomonida “General” deb nomlangan anjomlar oynasi (Toolbox), o‘rtada ekran formasi (Object), o‘ng tomonda esa xossalar oynasi (Properties) joylashgan.Bosh loyixa oynasida ekran formasi (ob’ektlar oynasi deb ham yuritiladi) oynasi yo‘q bo‘lsa, View-Object (Shift+F7) orqali o‘rnatish mumkin. Boshlang‘ich xolda ekran formasi Project1-Form1(Form) nomiga ega bo‘ladi. Bu oyna ichida ekran formasi uchun ajratilgan birinchi oyna bo‘lib uning boshlang‘ich nomi Form1 bo‘ladi. Ekran formasining o‘lchamlarini o‘zgartirish uni belgilab, ekranni o‘rab turuvchi kichkina to‘rtburchakli markerlarni sichqoncha yordamida sudrash orqali amalga oshiriladi. Bosh loyixa oynasida xossalar oynasi ko‘rinmasa, uni View-Properties Windows (F4) ketma-ketligi yordamida o‘rnatiladi.

Download 76.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling