Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish


-savol.VB da dastlabki loyihalar


Download 76.71 Kb.
bet8/18
Sana04.02.2023
Hajmi76.71 Kb.
#1165861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

11-savol.VB da dastlabki loyihalar.
12-savol.Loyihalash.
Quyida kvadrat tenglamani yechish orqali VB da ekran formasi va uning kodlari qanday qilib yaratilishini ko‘rib o‘tamiz.
1-masala. ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish dasturi tuzilsin. Masalaga dastur tuzish uchun avvalo uning ekrandagi ko‘rinishini, ya’ni ekran formasidagi bichimini ishlab chiqish zarur. Ekrandagi har bir yozuvni ob’ekt deb atash mumkin. Ekran formaning yuqori qismida “Kvadrat tenglamani yechish”, keyingi satrda Image (Rasm) ob’ekti yordamida “ax2 +bx+c=0” yozuvini o‘rnatish va keyingi satrlarga “a”, “b”, “c” yozuvlarini, ularning yoniga esa mos qiymatlarni kiritish katakchalari uchun joy ajratishni loyixalashtiraylik. Keyingi satrga Image (Rasm) ob’ekti yordamida kvadrat tenglama diskrimantini hisoblash formulasi “D=b2 -4ac”, uning yoniga diskrimant qiymatini chiqarish uchun katakcha, uning yoniga diskrimantning qiymatiga qarab kvadrat tenglamada “ildiz yo‘q”, “ildiz bitta”, “ildiz ikkita” yozuvlaridan birini chiqarish uchun katakcha joylashtiramiz. Keyingi satrga Image (Rasm) ob’ekti yordamida kvadrat tenglamaning ildizlarini hisoblash formulalari “x1=(-b+ D )/2a”, “x2=(-b- D )/2a”, ularning ostiga esa ildizlarning qiymatlarini chiqarish uchun katakchalar joylashtiramiz. Oxirgi satrga ekran formasi bilan dastur kodini bog‘lovchi buyruq tugmasini o‘rnatish va unga “a, b, c larni kiriting va shu tugmani bosing” yozuvini yozishni rejalashtiraylik. Ekran formadagi yozuvlarni yozish bilan tanishib o‘taylik. Ekran formadagi birinchi ob’ektni hosil qilib, undagi yozuvni kiritaylik. Buning uchun sichqoncha belgisini anjomlar panelidagi A label (belgi) tugmasini ustiga olib kelib uning chap tugmasini bosish yordamida faollashtiramiz. So‘ngra sichqoncha belgisini belgi yozuvi o‘rnatiladigan joyning yuqori chap burchagiga o‘rnatib, uning chap turmasini bosgan xolda hosil qilinadigan ob’ekt quyi
o‘ng burchagigacha sudrash usuli yordamida olib kelamiz. Natijada to‘rtburchakli oyna hosil bo‘lib, uning ichida Label1 yozuvi hosil bo‘ladi.Label1 ob’ektining o‘lchamlarini o‘zgartiramiz va tegishli joyga keltiramiz. Label1 yozuvi o‘rniga bizga kerak bo‘lgan “Kvadrat tenglamani yechish” yozuvini yozamiz. Buning uchun bu ob’ekt faollashtirilganda xossalar paneli ham faollashadi. Undagi Caption qiymatiga “Kvadrat tenglamalarni yechish” deb yozamiz. Natijada ekran formadagi Label1 yozuvi o‘rniga shu yozuv paydo bo‘ladi. Yozuvni chapga, o‘rtaga, o‘ng tomonga surib yozish xolatini o‘rnatish uchun esa Aligmentning standart qiymatlaridan foydalanamiz. Masalan, Center (o‘rtaga surish). Shu tariqa qolgan 5 ta yozuv uchun ham o‘zimizning ixtiyorimizga va ekrandagi joylashishiga qarab joy ajratamiz va ob’ektning har biriga tegishli yozuvlarni yozamiz. Navbatdagi ishimiz o‘zgaruvchi va natijalarga ajratilgan 4 ta matn ob’ektlar uchun joy ajratish va ularning qiymatlarini o‘rnatishdan iborat. Avvalo kursor belgisi yordamida anjomlar oynasidagi TextBox (abl) anjomini belgilab, “a” belgi ob’ekti yonidan joy ajratamiz. Natijada bu ob’ekt “Text1” kabi belgilanadi. Xossalar oynasidagi Name ga lotin alifbosidagi a qiymatini beramiz. Ekran formasida va undan foydalanish jarayonida Text1 yozuvi ko‘rinmay turishi uchun Text ga 0 qiymatini berish maqsadga muvofiq, lekin bu qiymat berilmasligi ham mumkin. Shu tariqa Text2, Text3, Text4 lar hosil qilinadi va ularga mos ravishda b, c, D x1, x2 qiymatlarini berib, ekran formadagi keyingi satrni hosil qilamiz. Matn maydonlariga bitta belgi emas, balki katta xajmdagi matnni ham qiymat sifatida kiritish mumkin. Bu Text ob’ektlarining fon rangi va boshqa parametrlarini xossalar oynasi orqali o‘rnatish mumkin. Ekran formaning oxirgi ob’ekti buyruq
tugmasi bo‘lib, bu tugmani ishga tushirish yordamida ekran forma bilan dastur kodi bog‘lanadi va dasturni ishga tushirish amalga oshiriladi. Bu tugmachani o‘rnatish uchun ekran formaning oxirgi satriga anjomlar oynasidagi Command Button nishoni faollashtirilgan xolda buyruq tugma uchun joy ajratiladi. Ajratilgan joy nomi Command1 deb nomlangan bo‘ladi. Bu xolda ham xossalar oynasidagi qiymatlar soxasi ham yangilanadi. Xossalar oynasidagi Caption xossasining qiymatiga “a, b, c larni kiriting va shu tugmani bosing” degan matnni kiritamiz. Buyruq tugma fonini o‘zgartirish uchun xossalar oynasidagi Style xossasi 0-standart yoki 1- Graphical qiymatlaridan 1-Graphical qiymatini tanlaymiz, so‘ngra uning fon rangini o‘zgartiramiz. Yuqoridagi ishlarni to‘la bajarganimizdan so‘ng ekran formamizni F5 tugmasini bosib natijani ko’ramiz.

Download 76.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling