Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
Download 76.71 Kb.
|
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-savol.Uslub va hodisalar.
10-savol.Uslub va hodisalar. VB dasturlash tili ob’ektli dasturlashga kiradi. Bunda ob’ektlar hususiyat bilan bir qatorda uslub va xodisaga ham egadir: Form1.PrintForm bu yerda Form1 – ob’ekt nomi, PrintForm – uslub nomi. VB da dastur tuzishda turli harakatlarga javoblar juda muhim rol o‘ynaydi. Dastur yaratish jarayonida ma’lum bir xodisaga nisbatan javob sifatida bajariladigan yo‘riqnoma yoziladi. Sichqoncha tugmasining bosilishi xodisaga misol bo‘la oladi. Avvalgi mavzuda ko‘rib o‘tilgan misolda ham aynan xodisadan, ya’ni tugmani bosish (Click) xodisasidan foydalanilgan edi. Kodlar oynasini ochish uchun ob’ekt ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosish shart emas. Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosilganda hosil bo‘lgan menyudan «View Code» buyrug‘ini tanlash bilan ham kodlar oynasini hosil qilish mumkin. Oynaning yuqori qismida ikkita ochiluvchi (Object va Procedure) ro‘yxat mavjud bo‘lib, Object maydonida formadagi barcha ob’ektlarning ro‘yxati joylashgan bo‘ladi. Procedure maydonida esa protsedura tuzish mumkin bo‘lgan xodisalarning ro‘yxati joylashadi. Kodlar maydonida quyidagi matnni ko‘rishimiz mumkin: Private Sub Command1_Click() … End Sub Bu kodlar satrini VB avtomatik tarzda hosil qiladi. Bu yerda Command1_Click() - protseduraning nomidir. Protseduraning nomi xodisa yozilayotgan ob’ektning Name hususiyatida berilgan nomi bilan xodisaning nomini qo‘shilib yozilishidan iboratdir: Command1 – Ob’ektning nomi, Click() – xodisaning nomi (tugmaning bosilishi). Protseduraning matni esa Sub va End Sub operatorlari oralig‘ida joylashadi. Ob’ekt hususiyatlarini hususiyat oynasi yordamida o‘zgartirishdan tashqari kodlar yordamida o‘zgartirsa ham bo‘ladi. Faqat bu o‘zgartirishlar ma’lum xodisa uchun yoziladi va dastur ishi davomida o‘sha xodisa bajarilgandagina amalga oshadi. Xodisalarning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz: Click-joriy ob’ektda sichqoncha tugmasi bosilganda; DblClick-Joriy ob’ektda sichqoncha tugmasi ikki marta tez bosilgan; Change-joriy ob’ektdagi matn o‘zgartirilgan; MouseMove-joriy ob’ekt ustida sichqoncha yurgizilganda; MouseDown-joriy ob’ekt ustida sichqona tugmasi bosilganda; MouseUp-joriy ob’ektda sichqon tugmasi bosib qo‘yib yuborilganda; GotFocus-joriy ob’ekt aktivlashganda (kursor o‘rnatilganda); LostFocus-joriy ob’ekt aktivlashgandan keyin navbatdagi ob’ekt aktivlashtirilganda (kursor yo‘qotilganda). Private Sub Command1_Click() Label1.Caption = "Salom VB !!!" Label1.Alignment = vbCenter Label1.BackColor = vbBlue Label1.ForeColor = vbYellow Label1.Font.Size = 18 End Sub tugmasini bosish bilan dastur ishga tushadi. Formadagi «Bajarish» tugmasi bosilganda natijani ko‘rishimiz mumkin. MouseDown/MouseUp xodisalari. Bu amal sichqonchaning MouseDown tugmachasi bosilganda, MouseUp esa holi bo‘lganda kuchga kiradi. Misol uchun, kichikroq dasturda bu amalni qo‘llab ko‘ramiz. Tugmachani bosganimizda forma harakatlanishni boshlaydi, qo‘yib yuborsak u harakatdan to‘xtaydi: Formaga buyruq tugma, Shape ob’ekti va taymer ni joylashtiriladi. Private Sub Command1_MouseDown(Button As Integer, Shift As Integer, X As Single, Y As Single) ' Agar sichqonchaning asosiy tugmachasi qo‘shimcha tugma ustiga bosilsa, taymer yoqiladi Timer1.Interval = 1 End Sub Private Sub Command1_MouseUp(Button As Integer, Shift As Integer, X As Single, Y As Single) ' Tugma qo‘yib yuborilsa, taymer o‘chadi Timer1.Interval = 0 End Sub Private Sub Timer1_Timer() Shape1.Left = Shape1.Left + 30 End Sub Download 76.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling