Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish


-savol.Visual Basic haqida boshlang’ich ma’lumotlar


Download 76.71 Kb.
bet4/18
Sana04.02.2023
Hajmi76.71 Kb.
#1165861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

4-savol.Visual Basic haqida boshlang’ich ma’lumotlar.
Basic tili 1978 yilda Kurts va Kemenilar tomonidan yaratilgan va (Basic) “Beginner’s All purpose Symbolic Instruction Codes” boshlovchilar uchun hammabop universal kodlar instruksiyasi ma’nosini bildiradi. Basic tilidagi dastur operatorlar ketma-ketligidan iborat bo’lib, uning har bir satri nomerlanadi va “Enter” tugmasi bilan yakunlanadi. Agar bir satrda bittadan ortiq operator ishlatilsa, ular orasiga “:” belgisi qo’yiladi. Keynchalik Beysikning Qbasic, Trial Basic, Gwbasic, Turbo Beysik kabi yangi versiyalari yaratildi va uning imkoniyatlari ancha kengaytirildi. Jumladan, dastlabki versiyada faqat bosh harflar ishlatilgan bo’lsa, bu versiyalarda katta va kichik harflarning farqi yo’q. Keyingi versiyalarda shuningdek, har bir satrni nomerlash shart emas. Hozirgi kunda Beysikning Windows tizimida ishlaydigan, y’ani uning tarkibidagi barcha dasturiy paketlar bilan ishlay oladigan Visual Basic yaratilgan. Visual Basic 7.0 va undan keyingi versiyalar nafaqat Windows, balki boshqa operatsion tizimlarda ham ishlay oladi. Windows operatsion tizimining ishlab chiqilishi
ushbu tizim boshqaruvi asosida ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlash tillarini yaratish va ularni 18 mukammallashtirishga olib keldi. Ushbu dasturlash tillari turkumiga Visual Basic (VB) ham kiradi. Bunday mukammal dasturlash tizimlari yordamida oson va qiyinchiliklarsiz hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar va ularning ilovalarini yaratish mumkin. Dastur ilovalari turli xil ko‘rinishdagi Windows ilovalariga o‘xshash bo‘lganligi uchun VB Windows ilovalarini loyixalash tizimi deb ham aytiladi. Biz bu bobda VB6 da dastur tuzishni o‘rganamiz. Uning afzalligi: VB6 da Si va oldingi VB lardagi kabi ko‘plab kodlar yozilmaydi, eslab qolish oson va boshqa tillarni o‘rganishga qaraganda ancha kam vaqt sarflanadi. Agar tizim administratori ishini bajarmoqchi bo‘lsangiz VB ga murojaat qilishga majbur bo‘lasiz, chunki VB Microsoftning eng yaqin qarindoshi hisoblanadi. VB da saytlarni yaratish (VBS), shuningdek Microsoft Office (Word, Exel) uchun zarur bo‘lgan barcha dasturlarni tuzish mumkin. VB da dasturlar tuzish va uni to‘la xolda ishlatish MS DOS tizimida ishlashga mo‘ljallangan Basic yoki Pascal tillariga to‘la o‘xshamaydi. Ushbu tilda dastur tuzish bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi:
1. Masalaning qo‘yilishi. Qo‘yilgan masala ilovasi, ya’ni ekranda tasvirlanishi qanday ko‘rinishda bo‘lishi va foydalanuvchi natija olishi uchun nimalar qilishining aniq yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish.
2. Ekran formasi (ilova oynasi)ni ishlab chiqish. Masalaning qo‘yilishidan kelib chiqqan xolda ilova oynasini hosil qilish, ya’ni masala yechimining ekran ko‘rinishida muxim ahamiyat kasb etuvchi ob’ektlarning ko‘rinishi, tipi va xossalarini aniqlash va o‘rnatish.
3. Dastur (dastur kodi) tuzish. Dastur protsedurasi algoritmini va unga mos bo‘lgan dastur kodini tuzish. O‘zgaruvchilar va ularning xossalarini o‘rnatish.
4.Dasturni sozlash– loyixa muxitida dastur protsedurasi kamchiliklarini (agar bo‘lsa) sozlash.
5. Loyixa va uning dasturini tashqi xotirada saqlash. Ekran formasi va dasturni xotiraga olish, kerak bo‘lsa kompilyatsiya qilish

Download 76.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling