Fizik kimyo fanidan laboratoriya mashg’uloti 4-laboratoriya ishi


Download 0.52 Mb.
bet5/6
Sana18.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1212986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EYUK ni aniqlash

Konsentratsion zanjirni yig‘ish
Ushbu tajribada konsentratsion zanjir yig‘iladi, ya’ni galvanik elementning yarim elementlari bir – biridan faqat elektrolitning konsentratsiyasi bilan farq qiladi. Elektrolit eritmalari konsentratsiyasi orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, kuchlanish ham shunchalik katta bo‘ladi. Metall ionlari yuqori konsentratsiyali eritmada erkin metallgacha qaytariladi. Past konsentratsiyali eritmada metall oksidlanadi. Konsentratsion zanjirda eng past konsentratsiyali eritmada turgan elektrod – anod, yuqoriroq konsentratsiyada turgan elektrod katod bo‘ladi.
Elektrolit eritmasini tayyorlab olamiz. 0,01 M eritma tayyorlash uchun 2 ml 0,1 M mis sulfat eritmasidan olib, unga 18 ml distillangan suv quyamiz. 0,001 M eritma tayyorlash uchun 0,01 M eritmadan 2 ml olib 18 ml distillangan suv qo‘shamiz.


2 jadval
Mis (II) sulfat eritmasining konsentratsion zanjirlari

Mis sulfat eritmasi



Chap kamera

O‘ng kamera

1

0,1mol/l

0,1mol/l

2

0,01mol/l

3

0,001mol/l






Galvanik element

Kuchlanish ΔE

lgC1-lgC2

Amaliy

Nazariy

1

Cu/CuSO4(0.1mol/l)//(0.1mol/l)CuSO4/Cu










2

Cu/CuSO4(0.1mol/l)//(0.01mol/l)CuSO4/Cu










3

Cu/CuSO4(0.1mol/l)//(0.001mol/l)CuSO4/Cu










Yacheykalarga tegishli eritmalarni quyib chiqing. Eritmalarga mis elektrodlarni botiring. EYuK ni o‘lchash uchun elektrodlarni voltmetrga ulang. Yuqori konsentatsiyali mis sulfatda turgan elektrodni musbat qutbga ulang va uni keyingi zanjirlarning EYuK ni o‘lchash uchun qayta ishlating.


Ushbu ta’sirni hisoblash uchun Nernst tenglamasi ishlatiladi:

Metallarning standart elektrod potensiallarini aniqlash.
Standart vodorod elektrod xlorid, sulfat yoki boshqa kislotalarning 1 M li eritmalarida standart sharoitda (P=101,325 kPa, T=298 K) o‘lchanadi. Standart vodorod elektrod vodorod gazi bilan o‘ralgan platina to‘rdan iborat. Bu elektrodning potensiali 0.000 V deb belgilangan. Vodorod elektrodni olish uchun elektrolizni amalga oshiramiz. Buning uchun ikkita kabelni tok manbaiga ulaymiz, tok kuchini nazorat qiluvchi murvatni oxirigacha buraymiz (500 mA maksimal tok kuchi). Manfiy qutbga platina elektrodni ulaymiz. Platina elektrodda gaz ajralib chiqishini kuzatamiz. Shundan so‘ng darhol potensiali aniqlanayotgan eletrodni o‘lchash qurilmasiga ulaymiz va standart potensialni topamiz.
Magniy elektrodini tayyorlash uchun magniy lentasi kichik plastik plita atrofiga o‘raladi. Pinset yordamida magniy o‘ralgan elektrodni yuzasi kumushsimon yaltiroq holga kelguncha xlorid kislota eritmasiga botirib turiladi. YOnma-yon turgan kameralarga magniy, rux, mis va kumush elektrodlarni kiritamiz, qarshisidagi kameraga platina elektrodni kiritamiz. Tegishli kameralarga elektrolit eritmalaridan quyib chiqamiz. YUqorida ko‘rsatilgan tartibda qolgan elektrodlarni ham standart potensiallarini aniqlaymiz. O‘lchashda olingan qiymatlarni jadvalga kiriting.


3 jadval
Alohida elektrodlarning potensiallari

Tegishli redoks jufti

Mg/Mg2+

Zn/Zn2+

Cu/Cu2+

Ag/Ag+

EYuK

Amaliy













Nazariy













Bu jarayonlarda quyidagi zanjirlar hosil bo‘ladi:



  1. (–) Pt, H2/2H+//Mg2+/Mg (+)

  2. (–) Pt, H2/2H+//Zn2+/Zn (+)

  3. (–) Pt, H2/2H+//Cu2+/Cu (+)

  4. (–) Pt, H2/2H+//Ag+/Ag (+)

4-jadval



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling