Fizik kimyo fanidan laboratoriya mashg’uloti 4-laboratoriya ishi


Yakobi-Daniel elementining EYuK ni aniqlash


Download 0.52 Mb.
bet4/6
Sana18.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1212986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EYUK ni aniqlash

Yakobi-Daniel elementining EYuK ni aniqlash
Yakobi-Daniel elementi quyidagi sxemadan iborat:
(-) Zn/ZnSO4//CuSO4/Cu (+)
EYuK ni aniqlash uchun 50 ml dan 1 molyarli elektrolit eritmalarini tayyorlab oling. Blok yacheykani distillangan suv bilan yuvib oling. Qog‘oz diafragmani distillangan suv bilan namlab oling va uni blok yacheyka orasiga qo‘yib vintlar bilan mahkamlang. Kameralarni elektrolit eritmasi bilan to‘ldiring. Elektrodlarni jilvir tayoqcha bilan yaxshilab tozalang. Mis elektrodni mis sulfat, rux elektrodni rux sulfat eritmasiga tushiring. Elektrodlarni voltmetrga ulang. Mis elektrodni musbat, rux elektrodni manfiy qutbga ulang. O‘lchash oralig‘ini 0....2 V ga qo‘ying.
Galvanik elementning tok kuchini o‘lchash uchun elektrodlarni (10) rozetkaga ulang. Qiymatlarni yozib oling. Yo‘naltiruvchi murvatni yuqoriga o‘ng holatga o‘rnating. Bunda aylanadigan g‘ildirakli motorga ulanish hosil bo‘ladi va g‘ildirak aylana boshlaydi. O‘tkazgichlarni teskari ulasak, g‘ildirak teskari aylanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tartibda ketma-ket ulangan zanjirlarning umumiy EYuK ini ham o‘lchash mumkin. Buning uchun rasmda ko‘rsatilgandek ikki yoki uchta Yakobi-Danel elementini tayyorlaymiz:

Bunda ham dastlab kuchlanish qanday o‘zgarganligini aniqlaymiz. Galvanik elementlar ketma-ket ulanganda umumiy kuchlanish barcha galvanik elementlar kuchlanishining yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Uum=U1+U2+U3
So‘ngra tok kuchini ham topamiz. Galvanik elementlar ketma-ket ulanganda tok kuchi o‘zgarmaydi:
J=J1=J2=J3
Yakobi-Daniel elementining nazariy qiymati quyidagicha hisoblanadi:
ΔE=E0(Cu/Cu2+) – E0(Zn/Zn2+)
Yakobi-Daniel elementining EYuK qiymatini yozib oling va nazariy qiymat bilan taqqoslang.
1 jadval
Turli zanjirlarning elektr yurituvchi kuchini aniqlash



Zanjir

EYuK

Tok kuchi

nazariy

amaliy

1

1 ta (-)Zn/ZnSO4//CuSO4/Cu (+)










2

2 ta (-)Zn/ZnSO4//CuSO4/Cu (+)










3

3 ta (-)Zn/ZnSO4//CuSO4/Cu (+)











Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling