Fizik kimyo fanidan laboratoriya mashg’uloti 4-laboratoriya ishi


Download 0.52 Mb.
bet3/6
Sana18.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1212986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EYUK ni aniqlash

AMALIY QISM
Yakobi-Daniel elementining EYuK ni aniqlash tartibi o‘quv qo‘llanmada amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlangan darslikda batafsil bayon etilgan.
(1)-(5) tenglamalardan Yakobi-Daniel elementining EYuK
hisoblangandan so‘ng (6)-(8) tenglamalardan galvanik elementdagi termodinamik muvozanat konstantasi hisoblanadi va jarayonning kimyoviy qaytar yoki qaytmasligi haqida fikr yuritiladi (1-jadval).
Alohida elektrodning potensialini aniqlash uchun solishtirish elektrodi (vodorod, kalomel, kumush xlorid yoki boshqa qutblanmaydigan standart elektrod) va o‘rganilayotgan elektroddan iborat galvanik element tuziladi (1-jadval) va (9)- (12) tenglamalardan elektrodning potensiali hisoblanadi.
Bufer eritmaning pH ini aniqlayotganda standart elektrodlardan iborat (xingidron va kalomel) zanjir tuziladi va ushbu galvanik elementning EYuK Etaj ыlchanadi (1-jadval). So‘ngra zanjir EYuK ning nazariy qiymati Enaz ni bilgan holda bufer eritmadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi pHxis (13)-(16) tenglamalardan hisoblanadi. Bufer eritmadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasini tajribada pHtaj ham pH-metrdan foydalanib o‘lchanadi va olingan natijalar solishtiriladi.
Elektrolitlarninng suvli eritmalaridagi ionlarning o‘rtacha aktivlik koeffitsientlari orqali ham mis va rux elektrodlarining potensiallari (17)-(19) tenglamalardan nazariy hisoblanadi va 2-jadvalga yoziladi.


Elektrokimyoviy ish o‘rnini tajribalarga tayyorlash
Elektrokimyoviy ish o‘rni Tajriba doskasi (1) ga S o‘lchash qurilmasi qo‘yiladi. Qog‘oz diafragma (2) tajribadan oldin distillangan suv bilan namlanib, blok yacheyka (3) orasiga o‘rnatiladi. Blok yacheyka 4 ta kameradan iborat bo‘lib, har birining yon tomonida teshikcha bor va u ikkita yarim elementni o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Ag, Cu, Fe va Zn tajribadan avval jilvir qog‘oz bilan yaxshilab tozalanadi. Magniy elektrod hosil qilish uchun magniy lentasi (7) plastik plastinkaga o‘raladi va oksid qatlamdan tozalash uchun xlorid kislotaga botirib qo‘yiladi. Vodorod elektrod hosil qilish uchun platina elektrod xlorid kislota eritmasiga tushirilib unga manfiy elektrod ulanadi. Bunda ajralib chiqayotgan vodorod platinaga yutiladi. Har bir kameraga 15 ml atrofida eritma quyiladi. Yarim elementlar filtr qog‘ozli diafragmaning har ikkala tomonida tekis suyuqlik bosimiga ega bo‘lishi uchun juft kameralarga birgalikda eritmadan quyish kerak.

1 – rasm. Elektrokimyoviy ish o‘rni

  1. Tajriba doskasi

  2. Qog‘oz diafragma

  3. Blok yacheyka

  4. Elektrodlar va jilvir tayoqchani saqlash bo‘lmalari

Cu, Zn, Fe, grafit, plastik plitalar

  1. Maxsus elektrodlarni saqlash uchun idishlar

Ag, Pt

  1. Rezina uchli tomchilatish pipetkalari

  2. Magniyli lenta


2 –rasm. S o‘lchash qurilmasi

  1. Raqamli ampermetr

  2. Yo‘naltiruvchi murvat

  3. Potensiometr 220 Ω

  4. Potensiometr 5 Ω

  5. Lampa, Umax=1V

  6. Tok manbaiga ulash uchun rozetka 12V, 1.6A

  7. Aylanadigan g‘ildirakli motor

  8. Tok kuchini nazorat qiluvchi murvat

  9. Tok manbai uchun rozetka

  10. Tok kuchini o‘chash uchun rozetka

  11. Kuchlanishni o‘lchash uchun rozetka

  12. Kuchlanish dastagi (2V/20V)

  13. Raqamli voltmetr



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling