Fizika 8-sinf O‘tilgan mavzuni takrorlash


Download 0.74 Mb.
Sana15.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1007737
Bog'liq
9.8.19 2021-04-19 12 34 07 (2)


FIZIKA
8-sinf
O‘TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
Elektr zanjirida tok kuchini va kuchlanishni rostlash uchun qo‘llaniladigan ma’lum bir qarshilikli asbob bu…
Rezistor
Elektr zanjirida tok kuchini va kuchlanishni rostlash ya’ni o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan asbob bu…
Reostat
FIZIKA
MAVZU: ZANJIRNING BIR QISMI UCHUN OM QONUNI
8-sinf
TOK KUCHINING KUCHLANISHGA BOG‘LIQLIGI
Chiqish kuchlanishini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan tok manbaiga nikelin spiralini ulaymiz. Spiraldan o‘tayotgan tok kuchini ampermetr, kuchlanishni voltmetr yordamida o‘lchaymiz. Kuchlanishni 2 V ga moslab kalitni ulasak ampermetr 0,5 A ni ko‘rsatganini ko‘rishimiz mumkin.
TOK KUCHINING KUCHLANISHGA BOG‘LIQLIGI
Kalitni uzib, spiral uchlaridagi kuchlanishni 2 marta oshirib 4V ga rostlaymiz. Zanjir kaliti ulanganda ampermetr 1A ni ko‘rsatadi, ya’ni tok kuchi 2 marta ortadi. Tok manbaidan spiral uchlariga 6V kuchlanish berganimizda, ampermetr 1,5A ni ko‘rsatdi.
TOK KUCHINING KUCHLANISHGA BOG‘LIQLIGI
O‘tkazgichlardagi tok kuchi shu o‘tkazgichlarning uchlari orasidagi kuchlanishga to‘g‘ri proporsional.
Ya’ni I ̴ U
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, o‘tkazgich qarshiligi o‘zgarmas bo‘lganda unga qo‘yilgan kuchlanish necha marta ortsa, undagi tok kuchi ham shuncha marta ortar ekan.
TOK KUCHINING ELEKTR QARSHILIGIGA BOG‘LIQLIGI
a rasmdagi zanjirda 1,2,3,4 raqamlar har birining elektr qarshiligi 1 Ω dan bo‘lgan spiral o‘tkazgichlarni ifodalaydi. Kalitni 1 raqamli spiralga ulaylik. Bunda voltmetr 2V kuchlanishni, ampermetr 2 amperni ko‘rsatdi.
TOK KUCHINING ELEKTR QARSHILIGIGA BOG‘LIQLIGI
b rasmga ko‘ra zanjirlarni 1-2 raqamli o‘tkazgichlar ketma-ketligida ulaylik. Bu holda ularning birgalikdagi qarshiligi 2 Ω ni tashkil etadi. Kalit ulanganda voltmetr o‘tkazgich uchlaridagi kuchlanish o‘zgarmaganligi, ampermetr esa zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi 2 marta kamayganligini ko‘rsatadi.
TOK KUCHINING ELEKTR QARSHILIGIGA BOG‘LIQLIGI
Endi 1, 2, 3, 4 raqamli o‘tkazgichlarni ketma-ket ulab, qarshiligi 4 Ω ga teng bo‘lgan o‘tkazgichni hosil qilaylik. Kalit ulanganda o‘tkazgich uchlaridagi kuchlanish o‘zgarmaganligini, tok kuchi esa birinchi galda ulangandagiga qaraganda 4 marta kamayganligini ko‘rish mumkin.
Xulosa qilish mumkinki: kuchlanish o‘zgarmas bo‘lganda qarshilik necha marta orttirilsa, undan o‘tayotgan tok kuchi shuncha marta kamayadi. I ̴
OM QONUNI
Elektr zanjiridagi tok kuchi va unga ulangan o‘tkazgich uchlaridagi kuchlanish va o‘tkazgich qarshiligi orasidagi bog‘lanish nemis fizigi Georg Om sharafiga Om qonuni deb ataladi. Bu qonun 1827-yilda kashf etilgan.
OM QONUNI
Yuqoridagi ikkala tajriba xulosalarini umumlashtirib, tok kuchi I, kuchlanish U va qarshilik R orasidagi bog‘lanishni quyidagicha yozish mumkin:
Bu zanjirning bir qismi uchun Om qonuni formulasini ifodalaydi.
OM QONUNI
Elektr zanjirning bir qismi uchun Om qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin.
O‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi uning uchlariga qo‘yilgan kuchlanishga to‘g‘ri proporsional, o‘tkazgichning qarshiligiga teskari proporsionaldir.
OM QONUNI
Om qonuni formulasidan kuchlanish va qarshilik quyidagicha ifodalanadi:
ESLAB QOLING!
1. Zanjirda qarshilik orttirilsa tok kuchi kamayadi. Kuchlanish orttirilsa tok kuchi ham ortadi.
2. Ampermetr qarshiligi qanchalik kichik bo‘lsa, elektr zanjiriga ta’siri shunchalik kam bo‘ladi.
3. Zanjirga ulangan voltmetrning qarshiligi qancha katta bo‘lsa, elektr zanjiriga ta’siri shunchalik kam bo‘ladi.
Masala yechish na’munasi
Uzunligi 2 m, ko‘ndalang kesimining yuzasi 0,8 bo‘lgan nikelin simning uchlaridagi kuchlanish 2 V ga teng. Shu elektr zanjir orqali o‘tayotgan tok kuchini aniqlang.
Berilgan
ℓ = 2 m
S = 0,8 =
= 0,8*
U = 2 V
ρ = 0,4* Ωm
Topish kerak?
I = ?
Formulasi
R
I =
Yechilishi:
I
Javob: I = 2 A
MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ:
I. Darslikda berilgan “Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni” mavzusini o‘qish.
II. 59- betdagi savollarga javob yozish.
III. 59-betdagi 9-mashqni bajarish.
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling