"fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari"
-masala: Nega tovuq to‘g‘ri yuradi-yu o‘rdak lapanglab yuradi? Javobi
Download 80.99 Kb. Pdf ko'rish
|
n5PqrUijS9yDaFlutU56lf85uKJpAM1TVpK36p9v
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental masalalar
2-masala: Nega tovuq to‘g‘ri yuradi-yu o‘rdak lapanglab yuradi?
Javobi: Gap shundaki, tovuqning oyoqlari uning massa markaziga juda yaqin joylashgan, shuning uchun tovuq muvozanatni yo‘qotmay to‘g‘ri yuradi. O‘rdakning oyoqlari esa uning massa markazidan sal orqaroqda joylashgan, shuning uchun o‘rdak yurganda muvozanatni yo‘qotmaslik uchun chapga o‘nga lapanglab yuradi. Eksperimental masalalar Nazariyani amaliyot bilan bog‘lashning eng samarali usullaridan biri eksperimental masalalar yechishdir. Eksperimental masalalarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni yechishda laboratoriya yoki demonstratsion eksperimentlardan foydalaniladi. Eksperimental masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarning faolligi va mustaqilligi oshadi. Chunki ular masala yechish uchun kerakli ma’lumotlarni darslikdan, masalalar to‘plamidan tayyor holda olmasdan, balki o‘zlari bajaradigan fizik o‘lchashlardan oladilar. Eksperimental masalalarning yana bir afzalligi shundaki, bu masalalarni yetarlicha fikrlamasdan turib yechib bo‘lmaydi. Ya’ni tajribada sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘quvchilar keng muhokama qilib olishlari kerak. Chunki eksperimental masalalarda, laboratoriya ishlaridagidek nazariya berilmaydi, ishni bajarish tartibi ko‘rsatilmaydi. Kerakli asbob-uskunalar, materiallar berilib, topilishi kerak bo‘lgan ma’lumot so‘ralishi bilan kifoyalanadi. Yuqorida aytganimizdek o‘quvchilar qator fikr va mulohazalardan, eksperimentda qanday fizik hodisa yotganini, qanday fizik qonun ifodalanayotganligini bilib oladilar. Va nihoyat, eksperimental masalada topilishi kerak bo‘lgan fizik kattalik uchun oxirgi ifodani keltirib chiqaradilar. Oxirgi ifodani tahlil qilib, masalani yechish uchun kerakli kattaliklarni bevosita o‘lchash yo‘li bilan oladilar. Aytilganlarni quyidagi sodda eksperimental masalada ko‘raylik: Masala: Yelkalari teng bo‘lgan richagning ikki uchiga massalari teng, lekin hajmlari turlicha bo‘lgan jismlar osilgan. Agar jismlarni suvga tushirilsa, muvozanat saqlanadimi? Javobi: Suxbat vaqtida jismlarni suvga botirilganda ularga itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qilishi aniqlab olinadi. Bu kuchning kattaligi jismning hajmiga va suyuqlikning zichligiga proporsional bo‘ladi. Hajmi kichikroq jismga kamroq itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qiladi. Shuning uchun suvda kichikroq hajmdagi jism richag uchini ko‘proq tortadi. Javobni tajribada tekshirib ko‘riladi. Umuman olganda, eksperimental masalalarni yechishga o‘quvchilarning qiziqishlari katta bo‘ladi. O‘qituvchi fizika kabineti sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar bilan birgalikda eksperimental masalalarni yechishi maqsadga muvofiqdir. Yechish metodlari batafsil yoritilgan eksperimental masalalarni adabiyotdan olish mumkin. O‘qituvchilar ba’zi laboratoriya ishlarini va masalalar to‘plamlaridagi masalalarni eksperimental masala qilib berishlari, yoki ijodkor o‘qituvchilar o‘zlari eksperimental masalalar tuzib, o‘quvchilarga yechish uchun tavsiya qilishlari mumkin. Download 80.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling