"fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari"


Download 80.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.10.2023
Hajmi80.99 Kb.
#1729664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
n5PqrUijS9yDaFlutU56lf85uKJpAM1TVpK36p9v

Sifat masalalar 
Fizik qonunlarga, fizik formulalarga tayangan holda, mantiqiy fikrlash orqali 
hal qilinadigan masalalar sifat masalalar deyiladi. Bunday tipdagi masalalarda 
arifmetik hisoblash ishlari bajarilmaydi. 
Sifat masalalarning metodik afzalliklari ko‘pdir. Fizik qonunlarga 
asoslangan, mantiqiy xulosalar chiqarishdan iborat bo‘lgan bu masalalarni yechish 
metodi, fikrlashning ajoyib maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Sifat masalalar 
o‘quvchilarga fizik hodisalar va ularning qonuniyatlarini aniq tushuntirib beradi, 
nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga o‘rgatadi, hisoblash masalalariga nisbatan 
to‘g‘ri munosabatni tarbiyalaydi, har qanday masalani yechishni, uning fizik 
mazmunini tahlil qilishdan boshlashga o‘rgatadi. Darsda o‘tilgan materialni 
mustahkamlash 
maqsadida 
sifatga 
oid 
masalalar 
beriladi. 
Fizikaning 
gidrodinamika bo‘limida asosan sifat masalalar yechilishi bizga ma’lum. Bu 
bo‘limda miqdoriy masalalar deyarli yechilmaydi. Sifat masalalar tematikasi, 
mazmuni va murakkabligi jihatdan xilma-xildir, ya’ni sifatga oid sodda va 
murakkab masalalar bo‘ladi. Sifat masalalarning namunalari va ularni yechish 
metodlari adabiyotlarda to‘liq keltirilgan. 
1-masala: Qanday usul bilan polda turgan odam o‘zining polga nisbatan 
bosimini ikki baravar orttirishi mumkin? 
Javobi: Dastavval hodisanining fizikaviy mohiyati aniqlanadi. Masalada 
bosim so‘ralayabdi, ya’ni
s
F
=


Shunday qilib, beriladigan bosim bosim kuchi F ga ham, u ta’sir qilayotgan 
yuzaga ham bog‘liq ekan. 
Agar shu yuzaga ta’sir qiluvchi bosim kuchi ikki marta ortsa, bosim ham 
ikki marta ortadi.
Odam qo‘liga o‘z og‘irligiga teng bo‘lgan yuk olganda ana 
shunday bo‘lishi mumkin. Biroq bosimni ikki marta oshirishning boshqa yo‘li ham 
bor, tayanch yuzini ikki marta kamaytirish mumkin. Buning uchun odam bitta 
oyoqda turishi va o‘z muvozanatini yo‘qotmaslik uchun o‘z vaziyatini bir muncha 
o‘zgartirishi mumkin. 

Download 80.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling