Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots


O‘zbekistondagi ilk quyosh elektr stansiyasi qurilishi haqida


Download 286.86 Kb.
bet12/21
Sana17.06.2023
Hajmi286.86 Kb.
#1529602
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ENERGO4444

O‘zbekistondagi ilk quyosh elektr stansiyasi qurilishi haqida.


292 mingta quyosh paneli. 268 gektar yer maydoni. 600dan ortiq inverter. 1000 km.dan ortiq turli kabellar. Bu – O‘zbekistondagi ilk «Navoiy Nur» quyosh elektr stansiyasining texnik tavsiflari. 110 mln dollarlik obekt reja bo‘yicha shu yilning 3-choragida foydalanishga topshiriladi. Kun.uz muxbiri Tolib Rahimov loyiha ustidagi ishlar qanday ketayotgani bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘ldi. QES qurilishini to‘liq Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi moliyalashtirmoqda. Kompaniya vakili Muhammad Al-Muharramiy loyiha haqida so‘zlab berdi: «100 MVt.lik PVP quyosh panellaridan tiklanayotgan loyihamiz Navoiy shahridan 35 km masofada, 268 gektar yer maydonida barpo etilmoqda. Qurilish ishlariga 500 dan ortiq mahalliy ishchilar jalb qilingan. Hozircha, bizga ajratilgan maydonning 10 foizidan ortiqroq qismiga panellarni o‘rnatish yakunlandi». Muharramiyning aytishicha, Masdar kompaniyasi fotoelektr stansiyasi qurilishida ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning eng samarali panellaridan foydalanmoqda. Single Access Tracking System deb ataluvchi texnologiya esa, quyoshning kunduzgi vaqtdagi harakatini ta'qib qilish imkonini beradi. Bunda fotoelektr panellar o‘rnatilgan moslamalar quyosh harakati bo‘ylab yarim aylana shaklida harakatlanadi. «Quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushgach, 25 yil mobaynida kamida 20 nafar mahalliy aholi vakili doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Ular, asosan, panellarni tozalash va boshqa

1Qalampir.uz. Farruxjon Murodqulov 26 Noyabr 2021y , 2"Xalq so'zi" Hasan Paydoyev 19 Oktyabr 2018 


kundalik ishlarni bajaradi. Loyiha 3 asosiy qismdan iborat bo‘ladi. Birinchisida panellar o‘rnatiladi. Yuqori kuchlanishli moslamalarni o‘zaro bog‘lovchi qurilmalar ikkinchi qismni tashkil etadi. Ishni nazorat qilish bo‘limi uchinchi qismga kiradi», – deya stansiya hududi taqsimotiga oydinlik kiritdi Muhammad Al-Muharramiy.
100 MVt elektr energiyasi o‘rtacha 31 ming oilaning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondira oladi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiya respublikaning barcha hududlarini o‘zaro bog‘lovchi yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ulanadi. Fotoelektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 260 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda 79 mln metr3 tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. Eslatib o‘tamiz 2021 yil aprel oyida O‘zbekistondagi birinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlangani e'lon qilgan edi. 2019 yil noyabrida O‘zbekiston hukumati Masdar kompaniyasi bilan «Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida»gi va «Investitsion kelishuv»ni imzolagan. 2018 yilda, shuningdek, Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurish uchun 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritishi e'lon qilingan, Samarqand viloyatidagi qurilish maydoni investorga topshirilgan ham edi. Biroq, keyinchalik, bu loyiha tannarxi balandligi bois to‘xtatildi. 2016 yilda esa, O‘zbekistondagi birinchi yirik quyosh elektrostansiyasini qurish bo‘yicha tenderni yutib olgan Xitoyning «Zhuhai Singes Green Building Technology» kompaniyasiga eskirgan texnologiyalar tufayli qurilish boshlashga ruxsat berilmagandi. 2013 yilda Samarqand viloyatining Nurobod va Past Darg‘om, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e'lon qilindi. Goh Ispaniya, goh Fransiya kompaniyalari ushbu tenderlarda g‘olib bo‘lgani aytildi. Biroq, shu vaqtgacha birorta kompaniya O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasini qurish uchun amaliy choralar ko‘rmayotgan edi.

Download 286.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling