Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots


O‘zbekistonda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi


Download 286.86 Kb.
bet13/21
Sana17.06.2023
Hajmi286.86 Kb.
#1529602
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
ENERGO4444

O‘zbekistonda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.


Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida Navoiy viloyati Karmana tumanida mamlakatimizdagi ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bugungi kungacha gaz, neft kabi uglevodorodlar energiyasidan foydalanish keng tarqalgan. Lekin ularning zaxiralari cheklangan. Shu bois mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojlantirilmoqda. Ma’lumki, yurtimizda bir yilda o‘rtacha 320 quyoshli kun kuzatiladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh stansiyalarini qurish orqali jami 600 milliard kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati bor. Bu – mamlakatimizning energiyaga bo‘lgan jami ehtiyojidan 8 barobar ko‘p energiya ishlab chiqarish mumkin, degani. Shu bois xorijiy investorlar jalb etilib, ko‘plab quyosh elektr stansiyalari qurilmoqda. Karmana tumanidagi stansiya ulardan birinchisidir. Mazkur majmua qurilishi o‘tgan yili boshlangan edi. 110 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o‘rnatildi. Uning quvvati 100 megaVatt. ,,Ushbu stansiya yangi O‘zbekiston energetika tizimida birinchi ulkan qadam, ta’bir joiz bo‘lsa, “birinchi qaldirg‘och” bo‘lib, soha rivojida mutlaqo yangi davrni boshlab bermoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi” dedi Shavkat Mirziyoyev. «Nur Navoiy solar» nomli ushbu loyiha Birlashgan Arab Amirligining «Masdar» kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Prezidentimiz mazur davlat bilan o‘zaro hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Birgina energetika sohasida umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard dollar bo‘lgan 1 ming 700 megaVattli 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatining o‘zida 2023-yilda “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda 500 megaVattli shamol stansiyasi va “Fanes grupp” ishtirokida 200 megaVattli quyosh stansiyasi barpo etiladi. Davlatimiz rahbari fotoelektr stansiyasi qurilishida ishtirok etgan xorijiy investorlar, barcha quruvchi va mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi. Bu stansiyaning ahamiyati shundaki, aholi va sanoatning o‘sib borayotgan ehtiyojini barqaror energiya bilan ta’minlaydi. Narxi ham arzon - 1 kiloVatt soat uchun 2,67 AQSh senti. Yana bir muhim jihati, bunday loyihalar tufayli yurtimizda yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlari, zamonaviy texnologiyalar paydo bo‘lmoqda. Xususan, mazkur stansiya qurilishi uchun “O‘zelektroapparat” korxonasidan elektrotexnika jihozlari, “O‘zbekkabel”, “Eych-Pi-Si sistems” korxonalaridan kabellar, Bektemir metall konstruksiyalari zavodidan tayanch ustunlar keltirilgan. Umuman, bunday yirik loyihalar mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yiliga kamida 1 milliard dollarlik yangi bozor, elektrotexnika klasteri tashkil etish uchun puxta zamin yaratadi. Ushbu klasterda quyosh panellari, kabel mahsulotlari, transformatorlar, akkumulyatorlar, elektr dvigatellar, shamol elektr stansiyasi uchun generator va tayanch uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish mumkin. Bu minglab yangi ish joylari deganidir. Mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal rivojlanib, uning tarkibida sanoat ulushi ortib bormoqda. Aholi turmush darajasi o‘sib, elektr texnikalaridan foydalanish ko‘paymoqda. Xususan, so‘nggi 5 yilda elektr energiyasi iste’molchisi bo‘lgan tadbirkorlar soni 25 foizga, ularning iste’mol hajmi esa 30 foizga ko‘paygan. Prezidentimiz iqtisodiyot, jumladan, energetikani rivojlantirishga qaratilgan rejalarni ham aytib o‘tdi. Kelgusi 5 yilda iqtisodiyotimiz o‘sishini 1,5 barobarga oshirib, yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 100 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Bu borada o‘rta va yirik shakldagi minglab yangi sanoat korxonalari ishga tushirilib, elektr energiyasiga ehtiyoj 100 milliard kiloVatt soatga yetadi. Bu raqam – hozirgidan 30 milliard kiloVatt soatga ko‘p degani. ,,Shuning uchun, elektr energiyasi sohasida yangi islohot va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha juda katta rejalarni belgilab olganmiz. Jumladan, kelgusi 5 yilda qiymati 6,5 milliard dollar bo‘lgan 19 ta loyiha hisobidan qo‘shimcha ravishda 11 ming 500 megaVatt yangi quvvatlar ishga tushiriladi. 2030 yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30 foizdan ortadi. Elektr energiyasini hududlarga yetkazish uchun 500 va 220 kilovoltli 3 ming kilometr yangi elektr tarmoqlari barpo etiladi” dedi davlatimiz rahbari. Shu bilan birga, bugungi kunda past kuchlanishli tarmoqlarning 66 foizi, podstansiyalarning 74 foizi va transformator punktlarining 50 foizdan ko‘prog‘i eskirgan. Shu bois kelgusi besh yilda jami 70 ming kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 22 ming dona transformator va 100 dan ortiq podstansiyalar yangilanishi qayd etildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona energetika zanjirini tashkil etish va bu sohadagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Shu maqsadda, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi, mintaqa energiya tizimini o‘zaro bog‘laydigan qo‘shimcha magistral tarmoqlar qurilishi ma’lum qilindi. Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy dastakni harakatga keltirib, quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi. Tadbirda ishtirok etgan muhandis va quruvchilar, navoiylik nuroniylar so‘zga chiqib, yangi stansiyaning ahamiyati haqida gapirdi.
Masdar” Jizzax va Samarqand viloyatlarida yangi quyosh fotoelektr stansiyalari quradi . Kompaniya 25 yil davomida Jizzax QFES bir kVt. soati uchun 1,823 AQSH senti va Samarqand QFES — 1,791 sent tarifida yetkazib beradi. 2021-yilning 12-iyul kuni Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand va Jizzax viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi uchun loyiha kelishuvlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) texnik ko‘magida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida har birining quvvati 220 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (QFES) loyihalari uchun ochiq tender savdolari o‘tkazildi. Unga ko‘ra, “Masdar” kompaniyasining barcha bosqichlardan o‘tish natijalariga ko‘ra, 2021-yilning may oyida mazkur kompaniya ushbu loyihalarning g‘olibi deb topildi. Amirlik kompaniyasining kuchli tomonlaridan biri bu QFESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini 25 yil davomida o‘zgarmas tariflarda yetkazib berish taklifi bo‘ldi. Shunday qilib, kompaniya tomonidan Jizzax QFES elektr energiyasini yagona elektr tarmog‘iga bir kVt. soati uchun 1,823 AQSH senti va Samarqand QFES — 1,791 sent tarifida yetkazib beriladi. “Masdar” kompaniyasi ushbu loyihalarga $300 mlngacha investitsiya kiritishi, loyihalar 2021-yilning dekabriga qadar moliyaviy yopilishi mo‘ljallangan hamda 2022-yilning birinchi choragida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda. Mazkur elektr stansiyalari 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmini 8 GVtga yetkazish, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalarining quvvati O‘zbekiston energetika sohasi oldiga qo‘yilgan vazifani amalga oshirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, taxminan 500 000 tonna CO2 ekvivalentida yillik issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga yordam beradi.


Download 286.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling