Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


Download 286.86 Kb.
bet2/21
Sana17.06.2023
Hajmi286.86 Kb.
#1529602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ENERGO4444

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi inson
huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni va Jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda. Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur vaijtimoiy xulq-atvor andozalarini o’zgartirish, Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. O’zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “… bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu-niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini
barchamiz anglab etmoqdamiz”. Ta’lim tizimida o’z yo’nalishlari bo’yicha dunyoning yetakchi ilmiy – ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy – ta’lim muassasalarida malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Ma’lumki, fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi. Fizikadan masalalar echish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qollanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko‘pgina fizik o‘lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsiplari bilan tanishadilar, ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalariga ega
bo‘ladilar. Shuningdek, masalalar o‘quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi. Bu holatlar ta’lim muasasalarida qo’llaniladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkiliy xujjatlarini va ular asosida ishlab chiqiladigan bilim berish jarayonini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan tashkil etish ushun manba vazifasini bajaradi. Jumladan , ushbu nazariy va amaliy bilim ,ko’nikma va tajribalar orqali kelajak energiyasi yani barqaror energetika ta’minotiga erishish usullarini topib amaliy tarzda tadbiq qilish Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.

Download 286.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling