Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots


Quyosh energetika qurilmasi


Download 286.86 Kb.
bet7/21
Sana17.06.2023
Hajmi286.86 Kb.
#1529602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
ENERGO4444

Quyosh energetika qurilmasi — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr quyosh energetika qurilmalari bor. Issiqlik quyosh energetika qurilmasida issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasi energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli quyosh energetika qurilmalari boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) quyosh energetika qurilmasi koʻpincha quyosh energetika stansiyasi deb ataladi.
Quyi temperaturali quyosh energetika qurilmasida tabiiy zichligi - 0,8 kVt/m2 quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Masalan, bunday quyosh energetika qurilmasi yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va boshqalar) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi.
Yuqori temperaturali quyosh energetika qurilmasida quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102—104marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi), buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi .
Quyosh energetika qurilmasi yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi quyosh energetika qurilmasi tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik quyosh energetika qurilmasidan yer sunʼiy yoʻddoshlari va boshqa kosmik apparatlarini mustaqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi.
Geotermal elektrstansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulqonli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi. Geotermal elektrstansiyasida suv-bugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday stansiyalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.

Download 286.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling