Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots
Yurtimizda ilk energetika manbalari paydo bo’lishi
Download 286.86 Kb.
|
ENERGO4444
1.2.Yurtimizda ilk energetika manbalari paydo bo’lishi
Oʻzbekistonda eng birinchi bunyod etilgan tarixiy GES modernizatsiya qilinmoqda Shu maqsadda, “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida, yangi qurilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan GESlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, tarixiy jihatdan eng birinchi bunyod etilgan “Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi GES-1da modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekistonda bunyod etilgan birinchi gidroelektr stansiya Boʻzsuv GES-1 hisoblanadi. Mazkur GES Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan. 1923-yil 26-may kuni maxsus tuzilgan komissiyaning qaroriga muvofiq, mamlakatimizda ilk GESning qurilishi jadallik bilan boshlab yuboriladi. GESning qurilishi 1923-yilda boshlangan boʻlib, asosan xalq hashari yoʻli bilan bunyod etilgan. Taʼkidlash joizki, Boʻzsuv GES qisqa muddatda qurilib bitkazildi. Toʻgʻon 94 sutka mobaynida, GES binosi va gidroinshootning asosiy qismi esa 9 oy davomida qurilgan. Boʻzsuv GES 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan boʻlib, quvvati 4 ming kVt.soat ga teng edi. XX asrning 30 yillarida uning quvvati Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan barcha GESlardan yuqori boʻlgan. GES Toshkent shahrining sanoat korxonalari, shahar transporti va yaqin hudud aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Boʻzsuv GES toʻla avtomatlashtirilgan boʻlib, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi. 1926-yil – Oʻzbekistonda energetikani yanada rivojlantirish bilan tavsiflanadi. Boʻzsuv GESning 2-agregatining ishga tushirilishi bilan 6 Kv li kabel tarmogʻi, 30 dona transformator punkti ekspluatatsiyaga kiritildi. 1934-yilda 3- va 1936-yilda 4-gidroagregat ishga tushiriladi. 1926-yilda ishga tushirilgan 1-, 2-gidroagregatlar turbinalari “Fr. Neymayer” firmasi tomonidan va keyingi yillarda ishga tushirilgan 3-, 4-gidroagregatlar turbinalari esa Leningrad metall zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan. 1981-yilga kelib, Boʻzsuv GES rekonstruksiya qilinib, ish jarayoni avtomatlashtirilgan tizimga oʻtadi. GESning elektr energiya ishlab chiqarish quvvati jami 4 MVt ga teng. Bugungi kunda GESda jadallik bilan modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur GESda olib borilayotgan modernizatsiya ishlari joriy yilda tugallanishi rejalashtirilgan boʻlib, natijada yillik oʻrtacha ishlab chiqarish quvvati 44,4 mln. kVt.soatni tashkil etadi. Modernizatsiya ishlari Xitoy Xalq Respublikasining China National Technisal Import and Export Sorporation “SNTIS” kompaniyasi tomonidan mazkur obyektni “tayyor holda” foydalanishga topshirish belgilangan boʻlib, tegishli reja asosida qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda2 . “ 2,,O’zbekgidroenergo”AJ, Lutfullo Suvonov 14.02.2022y Download 286.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling