Fizika fakulteti
Ekskursiyaning Fizikada tutgan o`rni
Download 210.57 Kb.
|
F-2205 GURUX Madaminova Sarvinozning kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydanilgan adabiyotlar Umumiy fizika kursidan praktikum K.A.Tursunov.
2.3. Ekskursiyaning Fizikada tutgan o`rni
Ekskursiya o`zining ko`rgazmaliligi, sermazmunligi, hissiyotligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko`rsatadi. “Ekskursiya” tushunchasi yunoncha “excursio” so`zidan olingan bo`lib, “ sayohatga chiqish, syr qilish” degan ma’noni anglatadi. “Ekskursiya” tushunchasiga eng birinchi ta’rifni V.Dal (1882y) quyidagicha bergan: “ekskursiya – bu sayr- tomosha , biror nimani izlash, o`simliklar yig`ishdir” . Rossiyalik olim M.P.Ansiferov (1923y) “ ekskursiya – bu sayr bo`lib, uning vazifalari aniq ma’lumotlar asosida mavzuni o`rganishdir”, degan fikrni keltirib o`tgan. Hozirgi ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tugallangan, maqsadli, o`ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo`ldi. U mazmuni, o`tkazish shakli, ma’lumotlarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g`oyaviy – tarbiyaviy, mafdaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi. Fizika juda qiziqarli fan bo`lib, turli kashfiyotlarga boy. Masalan Nyutonning qonunlari, Arximetning kashfiyotlaridan tortib Kalashnikofning qurollarigacha . Krigrofning qoidalaridan tortib OM qonunlarigacha . Barcha barchasi juda ham qiziqarli. Fizikada nazariyadan ko`ra amaliyot juda ham muhim. Shuning uchun fizikada laboratoriyaning o`rni muhimdir. O`quvchilarni fizikadan ekskursiyaga olib chiqish uchun ko`proq universitetlar, laboratoriya xonalari tanlanadi.Chunki o`quvchilarni fizikaga qiziqtish uchun va universitetlarda amaliy laboratoriya mashg`ulotlari xonalari fizikaning boblariga moslab alohida alohida jihozlar bilan ta’minlangan. Fizika fani o`quvchilar uchun juda murakkab tuyiladi. To`g`ri biroz murakkabroq . Lekin matematikani bilgan tabiat va unda bo`layotgan hodisalarga qiziqqan o``quvchilar uchun bu fan juda qiziqarlidir. Fizikaning biror bobini olsak , masalan elektrostatika va magnitizm bobini olsak. Hamma yaxshi biladiki XI asrni elektr texnikalarisiz tasavvur qilolmimiz. Ayniqsa hozirgi kunda elektr va texnikasiz hayotni tasavvur qilolmaysiz. Magnitsiz esa bu texnikalarni ishlatish qiyin. Elektrostatika va magnitzm bobida o`quvchilar elektr toki va uning vazifalari , qarshiliklar, texnikalar , quvvat, kuchlanishlar haqida malumot oladilar. Maktablarda laboratoriya mashg`ulotlarida juda dars soatlari ajratilgan. Laboratoriya mashg`ulotini o`tkazish uchun esa ish jihozlari yetarlicha bo`lmaydi . Bu esa o`quvchilarni qiziqishini so`ndiradi . Bunday bo`lmasligi uchun ekskursiya mashg`ulotlarini ko`proq o`tkazish kerak. Ko`proq laboratoriya mashg`ulotlarni ochiq havoda yoki laboratoriya xonalarida o`tkazilishi va dars soatlarini ko`paytirilishi kerak . Mexanika bobi uchun ochiq havolarda laboratoriya mashg`ulotlarni o`tkazish biz kutgan natijani beradi.Mexanika bobida jismning dumalanish ishqalanish natijasida harakatlanishi, malekular fizika bobida jismning arximed kuchi ta’sirida suvda cho’kishi yoki suzib yurishi, elektrostatika va magnitizm bobida elektr tokining qarshiliklari, optika bobida ko`zgularning turlari va qanday ishlatilishi va nihoyat atom va yadro fizikasida esa bombalar qanday yasalishi alfa, gamma nurlani amalyotda ko`rsatilib berilsa o`quvchida fanga nisbatan qiziqishi juda oshadi. Lekin “TA’LIM TO`G`RISIDAGI QONUN” binoan o`quvchilarni Oliy Ta’lim yo`nalishlarigagina yo`naltirib berishdan iborat . O`quvchilar Oliy Talim o`qishlariga kirganidan keyin yuqoridagi ishlarni o`z ko`zlari bilan ko`rib keyin qiziqishadilar. Fizika fanini qiziqtirish uchun ekskursiyaning o`rni muhim. Chunki amaliyotsz fizika fizika emas. Lekin nazariyasini bilmasangiz amaliyot ham qilolmaysiz. Ekskursiya ham fizika bilan shunday bog`langan desak ham xato bo`lmaydi. Ko`pchilik aytishi mumkin ekskursiyaning fizikaga nima dahli bor ularga ko`proq laboratoriya muhim deyishlari mumkin. To`g`ri laboratoriya ham kerak . Lekin ekskursiya davomida qiziqarli malumotlar , tajribalar , bilmaganlarni bilib olish mumkin. Ekskursiya olib borishda fizika boblaridan foydalanish. Mexanika bobi bo`yicha ekskursiyalar; Malekulyar fizika bobi bo`yicha ekskursiyalar; Elekrostatika bobi bo`yicha ekskursiyalar; Optika bobi bo`yicha ekskursiyalar; Atom va yadro fizikasi bobi bo`yicha ekskursiyalar; Laboratoriya mashg`ulotlari bo`yicha ekskursiyalar; Mexanika bo`limida noteks harakatlar, erkin tushish tezlanishlari ,gaz qonunlari, Nyuton qonunlari, inersiya momentlari, matematik mayatniklar, fizik mayatniklar, prujinali mayatniklar, trifilyar mayatniklar, energiya saqlanish qonunlari bilan bog`liq laboratoriya mashg`ulotlarini maktab sharoitida ular bilan faqat tanishtirib o`tib ketishadilar. Bunday qununlarga bag`ishlangan laboratoriya mashg`ulotlarini oliy ta’lim muassasalarida, universitetlarda tashishtirilib ular ustida tajribalar olib boriladi. Lekin maktab sharoitida ham ba’zi bir tajribalar darsliklarga kiritilgan. Bu tasjribalarni ekskursiya olib borayotganda ham sinab ko`rilsa bo`ladi. Masalan noteks harakatni transportlarda ketayotganda o`zaro muhokama qilib ketish mumkin. bosib o`tilgan yo`lni topish uchun o`qituvchi tomonidan tezliklar va vaqtlar ixtiyoriy sonlarni tanlash yo`li bilan o`quvchilar bilan vaqtni qiziqarli va maroqli o`tkazib ketish mumkin. Bu o`quvchilarning yo`l davomida zerikib ketishlarini oldini olish va o`zaro muloqot , maxslashuvlar olib borish mumkin. shu o`rinda fizikani mustahkamlash, bilimlarni yanada boyitish mumkin. Fizikaga ham o`quvchilarni qiziqtirish ham mumkin. Shu qatorda nazariy savol javob qilib ketish ham mumkin. Savollardan namunalar 1.Bosib o`tilgan yo`l deb nimaga aytiladi? 2.Uning birligi qanday? 3.Tezlik deb nimaga aytiladi? 4. Tezlikning o`lchov birligini ayting? 5.Tekis harakat deb nimaga aytiladi? 6.Notekis harakat haqida nmalarni bilasz? Savolning javoblari Bosib o‘tilgan yo‘l deb jismning harakat trayektoriyasining uzunligiga aytiladi. Bosib o`tilgan yo`lning birligi metr (m) bilan belgilanadi. Tezlik debvaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘lga aytiladi. Tezlikning inglizcha nomi velocite ning bosh harfi v bilan belgilanadi. Tezlikning birligi v=m/s². Agar biror jism harakati davomida bir xil tezlik bilan harakatlansa yoki istalgan teng vaqtlar ichida teng masofalarni bosib o‘tsa, bunday harakatga tekis harakat deyiladi. Tezligi harakat trayektoriyasining turli qismida turlicha bo‘lgan harakat notekis harakat deyiladi. Malekular fizika bo`limida Arximet kuchlari, Butun olam tortishish qonunlari, zichliklar, modda va molekulalarning harakati, ideal gazlarning kinetik nazariyasi, termodinamika elementlari, real gazlar harakati, suyuqliklarning xossalari, diffuziya hodisalari bilan bog`liq laboratoriya mashg`ulotlarini maktab sharoitida ular bilan faqat tanishtirib o`tib ketishadilar. Bunday qonunlarga bag`ishlangan laboratoriya mashg`ulotlarini oliy ta’lim muassasalarida, universitetlarda tanishtirilib ular ustida tajribalar olib boriladi. Lekin maktab sharoitida ba’zi bir tajribalar darsliklarga kiritilgan. Bu tajribalarni ekskursiya olib borayotganda ham sinab ko`rilsa bo`ladi. masalan diffuziya hodisasini tajriba yo`li bilan ko`rsatish mumkin. Bu juda ham qiziqarli bo`ladi.Shu qatorda nazariy savol javob qilib ketish ham mumkin. Savollardan namunalar Diffuziyz hodisasi deb nilaga aytiladi? Diffuziyz hodisasi nimlarda kuzatish mumkin? Savollarga javoblar Diffuziya deb o‘zaro tutashganbir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi. Xonada atirning to‘kilgan vaqtini belgilab, undan bir necha metr masofada o‘tiraylik. Uning hidini darhol emas, balki ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng sezamiz. Nima sababdan shunday bo‘ladi? Chunki atir bug‘langanda molekulalarga ajralib, havo molekulalari orasiga kirishadi. Molekulaning tezligi katta bo‘lsada (sekundiga bir necha yuz metr), u o‘z yo‘lida juda ko‘p marta havo molekulalari bilan to‘qnashib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish uchun quyidagi tajribani bajaraylik. Stakan olib, unga bir choy qoshiqda shakar solaylik. So‘ngra juda sekin, shakar bilan aralashib ketmaydigan holda suv quyaylik. Birozdan so‘ng stakan tagidagi suvning xiralashganligini ko‘ramiz. Bu shakar qiyomi. Stakanni chayqatib yubormasdan ustidan bir ho‘plam ichib ko‘ring. 15–20 minutdan so‘ng yana ichib ko‘ring. Suv mazasi qanday o‘zgargan? Endi tajribani suv va margansovka kaliy permanganat) bilan o‘tkazaylik. Bunda diffu-ziyaning borishini stakandagi (suv rangining pastidan boshlab o‘zgara boshlaganligi orqali kuzatamiz. Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi kuzatiladi. Shunday tajriba o‘tkazishgan. Juda yaxshi silliqlangan qo‘rg‘oshin va oltindan yasalgan ikkita plastinani olib, bir-birining ustiga qo‘yishgan. Ular ustidan yuk bostirib, xona temperaturasida 4–5 yil qoldirishgan. Shundan so‘ng ularni olib qaralsa, plastinalar bir-biriga taxminan 1 mm ketganligi kuzatilgan. Savol javobdan tashqari ma’lumotlar ham aytib o`tadilar. Molekulyar fizika–fizikaning turli agregat xolatlardagi jismlarning fizik xossalarini ularning molekulyar tuzilishlari asosida qarab chiqiladigan bo’limidir. Molekulyar fizika jismni tashkil qilgan atomlar, molekulalar va ionlar xarakati va o’zaro tasirini o’rganish bilan bog’langan. Moddaning tuzilishi xaqidagi dastlabki tasavvurlar qadim zamonlardayoq paydo bo’lgan edi. Qadimgi grek faylasuflari bundan ikki ming yil oldin olamdagi xamma narsa bo’linmaydigan juda kichik zarra –atomlardan tashkil topgandeb tasavvur qilgan edilar. Grek olimi Demokrit (E. A 460 –370 yil-lar) quyidagicha yozadi:“xamma narsa atomlardan tashkil topgan ...narsalar bir –biridan o’zlarini tashkil qilgan atomlar, ularning tartibi va vaziyatlari bilan farq qiladi ...”. Qadimgi atomislarning moddaning tuzilishi xaqidagi tasavvurlari faqatgina faraziy tusga ega ekanligini xisobga olish kerak. O’rta asrlarda atomistiktalimotning tarafdorlari davlat tomonidan ta’qib ostiga olingan, chunki ularning bu talimoti jismlarning xossalarini tabiiy sabablaribilan tushuntirib odamlarning yaratuvchisiga xudogabo’lgan etiqo-dini yo’qotadi, deb o’ylaganlar –1026 yilda Fransiya oliy sudi atomistik talimotni tarqatishnio’lim jazosiga maxkum etish xavfi ostidataqiqlab qo’ydi. O’rta asrda atomistikgipoteza cherkov taqibi ostida unutildi. Faqatgina XVII asrda I. Nyuton molekulalar fazoda bo’sh joyni to’ldirishga intilishixaqidagi tasavvurdan kelib chiqqan xolda gazlarning kengayishini tushuntirib berishga xarakat qildi. XVIII asrda molekulyar kinetiknazariyaning jonkuyar tarafdori va targ’ibotchisi M.B. Lomonosov edi. 1738 yilda molekulyar nuqtai nazaridan gazlarbosimini tushuntirish uchunmiqdoriy xisoblashlarni qo’llagan birinchi olimlardan biri peterburg fanlar akademiyasining azosi D. Bernulli edi. Fizikada molekulyar nazariyaning qat’iy ilmiy rivojlanishi taxminan XIX asrning ikkinchi yarmida boshlandi. Nemis fizigi R. Klauzius, ingliz fizigi J. Maksvell va Avstriya fizigi L. Bolsman atom –molekulyar nazariyaga asos soldilar. Biroq, atom –molekulyar nazariya mislsiz ilmiy natijalariga qaramasdan bir qator yirik olimlar E. Max va B.Ostvald kabi mashxur fiziklar XIX asr oxiri XX-asr boshida atomning mavjudligini inkor etdilar. XX asr boshida atom –molekulyar nazariyaning ishlanmasi ustida va uning tajribada tasdiqlanishida A.Eynshteyn, J. Perren, O.Shtern va boshqalar kabi mashxur fiziklar ish olib bordilar. Ular tomonidan molekulalarning real mavjudligini rad qilib bo’lmaydigan isbotlarigina olingan bo’lmay, balki ularning o’zaro tasiri va xarakatining qat’iy nazariyasi –molekulyar –kinetiknazariya(MKN)yaratildi. Elektrostatika va magnitzm bo`limida elektr bilan bog`liq barcha kashfiyotlarni ko`rsatish mumkin. Biroq amalda emas . Chunki elektr toki maktab o`quvchilariga juda havfli hisoblanadi. Lekin nazariy qiziqarli malumotlar aytish mumkin . Namunalar Elektrni o‘rganish oddiy tajribalarni o‘tkazishdan boshlangan. Shunday tajribani qilib ko‘raylik. Stol ustiga qaychi bilan maydalab qirqilgan qog‘oz parchalarini sochib qo‘yaylik. Plastmassadan yasalgan taroqni olib uni yaxshilab tozalab, quritaylik. So‘ngra yog‘siz quruq sochimizni taraylik va qog‘oz parchalariga yaqinlashtiraylik. Shunda qog‘oz parchalarining taroqqa tortilib yopishganligini kuzatamiz. Fransuz olimi Sh.Dyufe va amerikalik olim B.Franklin taklifiga binoan birinchi turdagi zaryadni shartli ravishda musbat zaryad deb, ikkinchi turdagi zaryadni shartli ravishda manfiy zaryad deb atashga kelishilgan. Atom yadrosining o‘lchami atom o‘lchamidan taxminan yuz ming marta kichikdir. Lekin yadroda atomning amalda barcha massasi to‘plangan bo‘ladi. Atomning yadrosida musbat zaryadga ega bo‘lgan proton va zaryadga ega bo‘lmagan neytron bo‘ladi. Yadro atrofida aylanib yurgan elektronlarning massasi taxminan ikki ming marta kichik bo‘lib, yadroga tortilishi tufayli undan ma’lum masofada aylanib yuradi. Proton zaryadining miqdori son qiymati jihatidan elektron zaryadiga teng. Shunga ko‘ra, atomning umumiy zaryadi nolga teng. Agar ikkita jismni olib juda yaqinlashtirsak (ishqalasak) atomdagi ayrim elektronlar bir jismdan ikkinchisiga o‘tib lampochkasi, gulxan alangasi, kerosin lampasi, televizor ekrani, elektr va gaz qoladi. Shunda elektronlar o‘tib qolgan jism manfiy, elektronini bergan jism musbat ishorada zaryadlanadi Moddalar elektr o‘tkazish qobiliyatiga ko‘ra, o‘tkazgichlarga va o‘tkazmaydiganlarga bo‘linadi. Barcha metallar, tuz va kislotalarning suvdagi eritmalari o‘tkazgichlarga kiradi. Elektr o‘tkazmaydigan modda va jismlarni dielektriklar deb ham ataladi. Dielektrik moddalarga chinni, rezina, plastmassa, havo, toza distillangan suv kiradi. Dielektrik moddalardan yasalgan jismlarga izolyatorlar deyiladi. Elektr zaryadlarining bir tomonga tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Optika bobida yorug`likning tabiiy va sun’iy manbaalari, yassi ko`zgular, linzalar haqida tushuncha, shisha prizmada yorug`likning tarkibiy qismlarga ajralishi, yorug`likning to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalishi bilan bog`liq laboratoriya mashg`ulotlarini maktab sharoitida ular bilan faqat tanishtirib nazariy ma’lumotlar berib o`tib ketishadilar. Bunday qonunlarga bag`ishlangan laboratoriya mashg`ulotlarini oliy ta’lim muassasalarida, universitetlarda chuqurroq tanishtirilib ular ustida tajribalar olib boriladi. Chunki shisha linzalar juda mo`rt buyumlardir ehtiyorsizlik bilan qo`ldan tushurilib yuborilsa sinib ketadi va siniqlari xatarlidir, o`quvchilar siniqlari tufayli shikastlanishi ham mumkin. Lekin nazariy qiziqarli ma’lumotlar aytish mumkin. Qiziqarli malumotlar O‘zlaridan yorug‘lik chiqaradigan jismlaryorug‘lik manbalari deb ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o‘zlaridan yorug‘lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o‘ziga tushgan yorug‘likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko‘zgular. Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog‘dusi, yaltiroq qo‘n-g‘izlar, ayrim baliqlar, chirindilar yorug‘likning tabiiy manbalariga kiradi. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug‘lik manbalariga sun’iy manbalar deyiladi. Ularga elektr payvandi, lyuminessent lampalar, qizigan gazlar va h.k. lar kiradi. Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko‘zgu deyiladi. Buyumning yassi ko‘zgudagi tasviri mavhum, to‘g‘ri, o‘lchamlari buyum o‘lchamlariga teng, buyum ko‘zgudan qancha masofada bo‘lsa, ko‘zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni o‘ng tomoni bilan almashinib ko‘rinadi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismgalinzadeyiladi.Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. Linzaning optik markazidan shu nuqtagacha bo‘lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Linzaga teskari yo‘nalishda parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi tomonda to‘planadi. Shunga ko‘ra, har qanday linzada ikkala tomonda bittadan fokus bo‘ladi. Botiq linza bilan shunday tajriba o‘tkazilsa, nurlar aksincha, sochilib ketadi . Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, optik o‘qdagi F nuqtada kesishadi. Shuning uchun botiq linzaning fokusi mavhum. Shunday qilib, qavariq linza yig‘uvchi linza, botiq linza sochuvchi linza deb ataladi. Yorug‘likning rangini o‘rganishni birinchi bor ilmiy ravishda 1666-yilda Nyuton boshlab beradi. Bu haqda Nyuton quyidagicha yozadi. «Men 1666-yilda (sferik ko‘rinishga ega bo‘lmagan optik shishani silliqlayotganimda) yorug‘lik rangi haqidagi hodisani o‘rganish uchun uchburchak shaklidagi shisha prizmani topib oldim. Shu maqsadda men xonamni qorong‘ilashtirib, unda quyosh nurlari kirishi uchun kichik tirqish qoldirdim. Prizmani shunday joylashtirdimki, natijada yorug‘lik prizmadan o‘tganidan so‘ng qarama-qarshi devorga tushdi. XULOSA Ekskursiya (lotincha — sayr qilish) — bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki madaniy-maʼrifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar (madaniyat maskanlari, tabiatning goʻzal goʻshalari, muzeylar, korxonalar va h.k.)ga jamoa boʻlib borish. Koʻpincha turizm bilan birga amalga oshiriladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko`ra, bir soatlik, bir kunlik va ko`p bo kunlik `lishi mumkin. Har bir ekskursiya samaradorligi nafaqat tanlangan joy, o`qituvchi bilimi, balkim ekskursiyani olib borish texnikasiga ham bog`liq. Ekskursiya jarayonidagi tartib, materiallarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar aynan texnikaga bog`liq. Ekskursiya jarayonida uni olib borish texnikasi o`qituvchi professional ustaligining tarkibiy qismi bo`lib, uning ekskursiya guruhini boshqarishdagi raxbarlik mahorati amalda sinaladi. Ekskursiyani olib borish texnikasiga quyidagilar kiradi: o`qituvchilarni o`quvchilarni tanishi va bilishi kerak; o`quvchilarga mo`ljallangan transportdan tushishi; transportdan ekskursiya joyigacha bo`lgan harakat; transportda qaytishi; texnalogik sxemaga mos ravishda ekskursiya rejasiga amal qilish; o`quvchilar bilan savol-javob o`tkazish; ekskursiya jarayonida individual matndan foydalanish; Fizika juda qiziqarli fan bo`lib, turli kashfiyotlarga boy. Masalan Nyutonning qonunlari, Arximetning kashfiyotlaridan tortib Kalashnikofning qurollarigacha . Krigrofning qoidalaridan tortib OM qonunlarigacha . Barcha barchasi juda ham qiziqarli. Fizikada nazariyadan ko`ra amaliyot juda ham muhim. Shuning uchun fizikada laboratoriyaning o`rni muhimdir. Xulosa qilib aytganda ekskursiyani hamma va vaqt ham olib borish kerak emas. ma’lum bir mavzu doirasida, rejalar asosida, qonun qoidalardan chetlashmasdan olib borish kerak. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida ekskursiya olib borish uchun malum bir sinf bilan tanishgan holda faqat hohlovchilardan tuzilgan guruh bilan chiqish maqsadga muvofiqdir. Maktab o`quvchilarni ekskursiya olib chiqish ular uchun foydali ekan . Ekskursiya o`quvchi bilimini mustahkamlashga yordam beradikan. O`qituvchiga ham foydaliligini bilib oldm ekskursiyani. O`qituvchilar ham fanda bo`layotgan yangi islohotlar, tajribalar bilan tanishadikan. Va buni boshqa sinflarga ham aytib ularni bilimlariga yanada bilib qo`shar ekan. Ekskursiya xizmatining mazmuni quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: ekskursiya xizmati – bu insonlar guruhiga maxsus shakllarda beriladigan bilimlar majmui bo`lib, bilimlarni uzatishda maxsus xarakatlar tizimi tanlanadi. Foydanilgan adabiyotlar Umumiy fizika kursidan praktikum K.A.Tursunov. https://fayllar.org/mavzu-ekskursiya-xizmatini-tashkil-qilish-fanining-maqsadi-va.html fayllar.org (https://fayllar.org/1-variant-strukturali-va-strukturasiz-tuproq-qatlami-tuproq-qo.html) Wikipedia (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Lotin_tili) Download 210.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling