Fizika fakulteti


Ekskursiyaning fizika fanida tutgan o`rni va ahamiyatini o`rganish


Download 210.57 Kb.
bet2/4
Sana15.11.2023
Hajmi210.57 Kb.
#1774471
1   2   3   4
Bog'liq
F-2205 GURUX Madaminova Sarvinozning kurs ishi

Ekskursiyaning fizika fanida tutgan o`rni va ahamiyatini o`rganish.


Kurs ishi mavzusining maqsadi:
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiyani olib borish va ularning turlarini o`rganish.
Kurs ishi mavzusining vazifasi:
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiya turlarini taxlil qilish. Ekskursiya turlarini ko`rib chiqish. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiyalarning ahamiyatini muhokama qilish.
Kurs ishining hajm:
Kurs ishi kirish, asosiy qism, ekskursiya turlari, umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiyani olib borish, umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiyalarning ahamiyati, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib .......... betni tashkil etadi.
II.Asosiy qism
2.1.Ekskursiya turlari. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiyalarning ahamiyati
Ekskursiya (lotincha — sayr qilish) — bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki madaniy-maʼrifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar (madaniyat maskanlari, tabiatning goʻzal goʻshalari, muzeylar, korxonalar va h.k.)ga jamoa boʻlib borish. Koʻpincha turizm bilan birga amalga oshiriladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko`ra, bir soatlik, bir kunlik va ko`p bo kunlik `lishi mumkin.
Bir soatga mo`ljallangan ekskursiya -fizika maydonchasida yoki o`quv tajriba yer maydonchasida o`tkaziladi.
Bir kunga mo`ljallangan ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo`jaliklarga, fizikaga mo`ljallangan muzay yoki uy muzaylarga, texnika laboratoriyalariga, suv omboridagi texnik korxonalarga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo`lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ko`p kunlik ekskursiya – o`quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, biologiya, geografiya, til- adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta`lim fani o`qituvchilari bilan birgalikda o`tkaziladi. Ko`p kunlik ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi.
O`quv ekskursiyalari maktablarda bahorda va kuzda o`tkaziladi.
Ularning asosiy qismi tabiatga ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi.
O`quv ekskursiyalarining maqsadi maktabda olingan fizik, geografik, biologik, ximik bilim ko`nikmalarini yanada mustahkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlar olib borish ko`nikmalarini shakllantirishdir.
Maskur maqsadlardan kelib chiqqan holda o`quv ekskursiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Joyda reja olish va xaritalar bilan ishlash bo`yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va dala, ya`ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarini olib borish ko`nikmalarini shakillantirish.

  2. Astranomik bilimlarni bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari oy, sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini )aniqlash va ularga qarab mo`ljal olish ko`nikmalarini shakllantirish.

  3. Joyning relyefini o`rganish va relyef to`g`risidagi bilimlar va ko`nikmalarini yanada chuqurlashtirish hamda tabiatda mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini o`rganish ko`nikmalarini shakllantirishi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi fizik omillarni ham o`rganish usullari bilan tanishtiriladi.

  4. Joyning geologik tuzilishini fizik qurilmalar orqali o`
    rganish metodikasi bilan tanishtiriladi.

  5. Tabiatda fizik tajribalar o`tkazish uchun yuqoridagi ko`rsatmalar orqali tanlab olingan joyga fizik qurilmalarni joylashtirish yoki biror laboratoriya tanlab olish zarurligini tushuntirish.

  6. Texnik ishlab chiqarish korxonalarni o`rganish ko`nikmasini shakllantirish.

Demak, mazkur vazifani vazifalarni bajarish davomida kizika kurslarida har bir sinf uchun 1 marta uyushtiriladi.
O`quv ekskursiyalari quyidagi turlarga bo`lish mumkin:

  • Mexanika bobi bo`yicha ekskursiyalar;

  • Malekulyar fizika bobi bo`yicha ekskursiyalar;

  • Elekrostatika bobi bo`yicha ekskursiyalar;

  • Optika bobi bo`yicha ekskursiyalar;

  • Atom va yadro fizikasi bobi bo`yicha ekskursiyalar;

  • Laboratoriya mashg`ulotlari bo`yicha ekskursiyalar;

O`quv ekskursiyalari turi va o`tkazilish joylarini fizika o`qituvchisi tomonidan tanlanadi.
Fizika o`quv ekskursiyalarining asosiy maqsadi o`quvchilarni maktabda olgan bilim va ko`nikmalarini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Labaratoriya mashg`ulotlarida o`quv laboratoriya xonalaridagi jihozlar ish qurilmalari bilan laborant tomonidan tanishtirilib ular haqida bilim ko`nikmalari kengaytiriladi.
Maxsus fizik sayohatlar o`qituvchi dasturiga binoan olib boriladi.O`qituvchilar ko`pincha universitet va muzeylarni maktabga yaqin hududda jiylashgan yoki joylashmaganiga e`tibor beradi.
O`quv ekskursiyalariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo`linadi :
-Amaliy;
-Nazariy ;
-Tashkiliy ;
Nazariy tayyorgarlik jarayonida o`quv ekskursiyalarida amalga oshiriladigan ishlar xususiyati va turiga ko`ra o`quvchilarni bilimlari mustahkamlanadi.
Agar o`quv ekskursiyasida reja olish ko`zda tutilgan bo`lsa turlari bo`yicha amaliy ko`nikmalar shakllangan bo`lishi kerak.
Tashkiliy tayyorgarlik quyidagi bosqichlardan iborat :

  • o`qituvchi ekskursiya mavzusini e`lon qiladi. Mavzu fizika bo`limlaridan yoki laboratoriya mashg`ulotidan bo`lishi mumkin.Masalan laboratoriya mashg`ulotini o`rganish. Mexanika bobidan noteks harakatni tabiat bag`rida o`rganish;

  • o`qituvchi ekskursiya maqsadi rejasi bilan o`quvchilarni tanishtiriladi. O`quv ekskursiyasining maqsadini o`qituvchi aniqlaydi.O`quv ekskursiyalarining rejasi bilan o`quvchilarni tanishtirish. Reja yo`nalish, to`xtash joylari ko`rsatilgan bo`lishi shart;

  • sinf ma`lum bir guruhga bo`linadi; har bir guruhda 2-3 tadan o`quvchi bo`lishi lozim. Xar bir guruh vazifalari tushuntiriladi;

  • o`quvchilar o`quvchi formasida bo`lishi yoki bo`lmasligi, nimalarni o`zlari bilan olib borishi, ekskursiyada o`zlarini qanday tutishlarini va xavsizlik muxofazasi qoidalariga rioya qilishlari haqida ko`rsatma beriladi;

O`qituvchi ekskursiyaning maqsadi, turi va vazifalaridan kelib chiqqan holda jihozlar va anjomlar ro`yxati tuziladi va ular yig`iladi.
Fizik ekskursiyalarda jihozlar va anjomlar fizika bo`limlariga qarab olinadi.
O`quv ekskursiyasining yo‘nalishlari.
O‘qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, tegishli adabiyotlar bilan tanishib chiqqan bo‘lishi, shuningdek, boriladigan joy rahbariyati bilan kelishib gaplashib, qonun-qoidalarni o‘rganib olgan bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng ekskursiya o‘tkazilish rejasini quyidagi ko‘rinishda tuzish mumkin:
1. Ekskursiya o‘kaziladigan kun, ekskursiyaga boradigan sinf.
2. Ekskursiya mavzusi.
3. Ekskursiya maqsadi.
4. Ekskursiya uyushtiriladigan joy marshruti va u yerda kuzatiladigan ob’ektlar.
5. Ekskursiya uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari.
6. Ekskursiyaning o‘tkazilishi.
7. Ekskursiya materiallarini ishlab chiqish.
8. Chizma va fotosuratlarni tayyorlash.
9. Ekskursiya yuzasidan hisobot tayyorlash.
Ma’lumki, bizning respublikamiz hududida aholining aksariyat qismi qishloq joylarda yashaydi. Ularni har doim ham turli ilmiy ishlab chiqarish institutlariga yoki turli muzeylarga ekskursiyaga olib borish mushkul. Chunki sayohat bir necha kunga cho‘zilishi tufayli, transport muammosi hamda turar joy masalalarini hal qilish lozim. Shu sababli qishloq joylarda, asosan, o‘zlari yashaydigan hududga yaqinroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalariga yoki tabiat qo‘yniga ekskursiyaga olib chiqish maqsadga muvofiq. Qishloq bolalari o‘zi shundoq ham tabiat qo‘ynida katta bo‘ladiku, ularni tabiat qo‘yniga olib chiqishni nima keragi bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Lekin bu muhim. Chunki ular tabiat qo‘ynida asosan mehnat qilishadi. Ishlash chog‘ida turli tabiat hodisalariga duch kelishadi. Ana shu hodisalar nima sababdan ro‘y berishini tushuntirib berish uchun ham tabiat qo‘yniga ekskursiyalar uyushtirish lozim. Shahar hududlarida yashovchilarni esa tabiat qo‘yniga olib kelish ancha mushkul. Yo‘l uzoqligi hamda yashash joyi muammosi bu yerda ham mavjud. Chunki ekskursiyalar bir necha kun davom etsagina biron natijaga erishish mumkin. Lekin o‘quvchilarning ota-onalari o‘z farzandlaridan xavotir olishlari mumkin. Ular o‘qituvchiga to‘liq ishonganlaridagina ekskursiyaga yuborishga rozi bo‘lishadi.


Download 210.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling