Fizika fakulteti
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiya olib borish
Download 210.57 Kb.
|
F-2205 GURUX Madaminova Sarvinozning kurs ishi
2.2. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ekskursiya olib borish
Har bir ekskursiya samaradorligi nafaqat tanlangan joy, o`qituvchi bilimi, balkim ekskursiyani olib borish texnikasiga ham bog`liq. Ekskursiya jarayonidagi tartib, materiallarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar aynan texnikaga bog`liq. Ekskursiya jarayonida uni olib borish texnikasi o`qituvchi professional ustaligining tarkibiy qismi bo`lib, uning ekskursiya guruhini boshqarishdagi raxbarlik mahorati amalda sinaladi. Ekskursiyani olib borish texnikasiga quyidagilar kiradi: o`qituvchilarni o`quvchilarni tanishi va bilishi kerak; o`quvchilarga mo`ljallangan transportdan tushishi; transportdan ekskursiya joyigacha bo`lgan harakat; transportda qaytishi; texnalogik sxemaga mos ravishda ekskursiya rejasiga amal qilish; o`quvchilar bilan savol-javob o`tkazish; ekskursiya jarayonida individual matndan foydalanish; O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib, o`zining ismi familyasi bilan tanishtiradi.Keyin ekskursiya mavzusi e`lon qilinadi. O`qituvchi chiqish so`zining oxirida ekskursiya jarayonida o`quvchilar o`zlarini qanday tutishlari kerak aytib o`tiladi: transport harakat paytida o`rindan turmaslik va yurmaslik, to`xtash joylarida o`qituvchini ogohlantirmay bir joyga ketib qolmaslik, faqat o`z joyida o`tirish, transportda haydovchiga halaqit bermaslik. Ekskursiya amaliyotida o`rnatilgan guruh muloqot qoidalariga o`qituvchi o`z harakatlarini ekskursiya boshidanoq moslashtirishi muhimdir. Ekskursiya joyiga yetib kelishguncha o`quvchilar xavsizligini ta`minlaydi. Transportdan tushish qoidalari o`qitituvchi tomonidan transporta o`quvchilar ogohlantiriladi. O`qituvchi maktab o`quvchilari boshida bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilar harakatini kuzatishi , tarqalishiga yo`l qo`ymasligi lozim. O`quvchilar boshi va oxiri o`rtasidagi masofa 8-10 metrdan oshmasligi kerak. Harakat paytida o`quvchilarga malumot bermasligi kerak. Chunki harakat paytida o`quvchilar o`qituvchiga yaqin turganlargina eshitishi mumkin. Harakat paytida o`zaro savol-javob o`zaro muloqot qilib ketish maqsadga muvofiqdir. Suxbat mazmuni ekskursiya mavzusiga mos kelsa yanada yaxshiroq bo`ladi. Ekskursiya joyiga yetib kelgach o`qituvchi malumotlarni aytishni boshlashdan oldin, barcha o`quvchilar yetib kelganiga ishonch hosil qilish kerak . So`ngra malumotlarni aytishi mumkin. Malumoti berilayotgan obyekt yoki jismlar oldida o`quvchilarning eng qulay joylashish varianti bu yarim aylana shaklidir. O`qituvchi shu yarim aylananing bir chekkasida o`quvchilarga o`girilgan holda turadi. O`qituvchi qo`l harakatlari bilan ko`rsatib o`quvchilarni shunday holatda turishlarini iltimos qiladi. Ekskursiya amaliyotida o`qituvchi shu yarim aylananing o`rtasida turadigan hollari ham uchraydi. Bunday hollarda o`qituvchi malumotlarini barcha o`quvchilar eshitadi. Ovozni baland qilishi ham shart emas bo`lib qoladi. Lekin obyektga orqa tomoni bo`ladi, bu esa o`qituvchining qo`l bilan ko`rsatishlari hamma vaqt ham to`g`ri yo`nalishda bo`lishini ta`minlamaydi. O`quvchilarga tanaffuz qilmasdan birdaniga ketma ket malumot berish ham mumkin emas .Bu ularning tez zerikishiga olib kelishi mumkin. Orada tanaffuz qilish kerak. Bunday tanaffuzlar ekskursiyada aosiy tarkibiy qismi bo`lib, oldindan rejalashtiriladi. Ular namoyish obyektlari mavjud bo`lmaganda maqsadlidir. Bunday tanaffuslar maqsadi- o`quvchilar malumotlardan dam olishadiva bir – birlari bilan qiziqarli faktni muhokama qilishadi. Yana o`quvchilarga ekskursiya obyektlarini mustaqil aylanib O`qituvchi chiqish so`zining oxirida ekskursiya jarayonida chiqishlari uchun tanaffuz beiladi, bu ulatrga mavzuni yanada chuqurroq anglashiga yordam beradi. tanaffuz paytida o`qituvchi o`quvchilar harakatini yo`naltirishi zarur. Ekskursiya jarayonida qatnashchilarda savol tug`ilishi tabiiy. Agar unga tezda javob berilsa bu ekskursiya ketma- ketligini buzib auditoriya diqqatini ekskursiyaning asosiy mazmunidan chalg`itishi mumkin . O`qituvchi transportdagi chiqish so`zida yoki malumotini boshlashidan avval tug`iladigan savollarga u ekskursiya oxirida javob berishi haqida o`quvchilarni ogohlantirishi kerak va u shu pozitsiyaga amaal qilishi kerak. Agar namoyish obyekti , materiallar chuqur tahlil qilingan, faktlar aniq, xulosalar mantiqiy bo`lsa , savollar va tushunmovchiliklar paydo bo`lmaydi. O`quvchilar o`zlarini qanday tutishlari kerak aytib o`tiladi: transport harakat paytida o`rindan turmaslik va yurmaslik, to`xtash joylarida o`qituvchini ogohlantirmay bir joyga ketib qolmaslik, faqat o`z joyida o`tirish, transportda haydovchiga halaqit bermaslik. Ekskursiya amaliyotida o`rnatilgan guruh muloqot qoidalariga o`qituvchi o`z harakatlarini ekskursiya boshidanoq moslashtirishi muhimdir. Ekskursiya so`ngida yakunlovchi yig`ilish yoki konferensiya o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar qilingan ishlar haqida axborot beradilar. Ekuskursiyada to`plangan materiallarni ko`rsatadilar. Kolleksiyalar maktab laboratoriyalarini tegishli kabinetlarni boyitadi. Ekskursiya ta’lim- tarbiya berish shakllaridan biri bo`lib , unda o`rganilayotgan ob’yekt va hodisalarning ro`y berayotgan joyida kuzatiladi. Ekskursiyada o`quvchilar o`rganayotgan ob’yekt yoki hodisani bevosita o`z ko`zlari bilan ko`rib o`rganish , shuningdek o`rganilayotgan ob’yekt va hodisalarni asl holida o`z o`rnida kuzatish tekshirish imkoniyatlari tug`iladi. Ekskursiya obyektlarini namoyish etish metodlari: oldindan ko`rib chiqish ; ko`rish orqali rekonstruksiyalash; voqealarni lokalizatsiyalash; ko`rganlarni taqqoslash; Ekskursiya bu diqqatga sazovor tarixiy joylarni ko`rsatish va ularning ushbu o`lka iqtisodiyoti , madaniyati, tabiatiga tutgan o`rni haqida hikoya qilish bilan harakterlanadi. Ekskursiyaning bu ikki elementi bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. u yoki bu obyektlarning mavjudligi hikoya mazmunini belgilaydi, hikoyaning o`zi esa, ko`rsatish uchun aniq obyektning mavjudligini talab qiladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya uchun eng muhimi ko`rsatish, namoyish etishdir. U aniq bir reja texnalogik xarita asosida olib boriladi. Namoyish etish obyektlar tahlili, zaruriy tushuntirishlar, xulosalar bilan to`ldiriladi. "Ekskursiya" so'zi lotin tilidan kelib chiqqan bo'lib, yurish yoki sayohat degan ma'noni ifodalaydi. Bu tushuncha individual yurish yoki sayohatni anglatadi diqqatga sazavor joylar, ilmiy, ta'lim yoki kongilochar nuqtai nazardan qiziqish. Ekskursiyada uchta element ishtirok etadi va ekskursiya ob'ekti (yoki predmeti).Ekskursiya ob'ekti tarixiy, madaniy, estetik yoki ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan ob'iekt yoki hodisadir. Diqqatga sazovor joyga tashrif gid tomonidan nazorat qilinadi. Ob'iektni ko'zdan kechirishda ekskursiya turiga qarab bir yoki bir necha ekskursionist ishtirok etadi. Ekskursiyani o'tkazish maqsadi uning yo'nalishini belgilaydi. Ko'pincha sayohat qiziqarli bo'ladi. Bunday sayohatlar ajralmas qism hisoblanadi.Aks holda ekskursiya tarbiyaviy hodisaga aylanadi. Ekskursiyaning muhim farqlovchi xususiyati ob'iekt haqida fikr yuritish va u haqida ma'lumot olish imkoniyatini yaratadilar. Tafakkursiz ekskursiya ma'ruzaga, informacion jihati bo'lmasa, ekskursiya tekshiruvga aylanadi. Bolalarni tabiat qo`yniga sayohatga olib borishda eng ko`p ma’sulyat o`qituvchi bo`ynida bo`ladi. Shu bois, har bir bola bilan to`gri ishlashish, ularning xulq-atvorini to`gri tahlil qilish kerak. O`quvchilarni tabiatga sayr qildirish ularning ijodiy qobiliyatining ham bevosita rivojlanishida ahamiyati katta. Faqat to`rtta devor ichida an’anaviy tarzda dars tashkillashtirmasdan ona-tabiat qo`ynilarida, bog`-u xiyobonlarda ham o`tkazsak bo`ladi. Undagi ko`zlanadigan foyda o`quvchilar ruhlanib, yaxshi kayfiyatda darslarni o`zlashtiradilar. Ekskursiyadan qaytgandan so`ng o`quvchilar sinflarida o`zaro muloqot o`tkazishadi. Ularga nmalar yoqqani haqida ekskursiyadan olgan taassurotlarini sinfdoshlari bilan o`rtoqlashadi. Download 210.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling