Fizika fani haqida. Moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli harakati
Fizikaning rivojlanish tarihidan malumotlar
Download 0.65 Mb.
|
Fizika fani haqida
Fizikaning rivojlanish tarihidan malumotlar.
Fizik jarayonlar juda qadim zamonlardan buyon, hattoki eramizdan oldin ham odamlarning diqqat markazida bo’lgan. Moddalarning atomlardan tashkil topganligi to’g’risidagi talimot Demokrit, Epikur, Lukretsiylar tomonidan olg’a surilgan. Olamning geotsentrik sistemasi (Er olamning markazi) haqidagi ta’limot Ptolemey tomonidan yaratilgan. shuningdek eramizdan oldin qadimgi Yunonistonda richag (tayanch) to’g’risidagi, yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi va qaytishi, gidrostatikada Arhimed qonunlari yaratildi. Elektr va magnit hodisalariga aloqadar bazi sodda hodisalar kuzatildi. Bularning barisi eramizdan oldingi to’rtinchi asrda Aristotel tomonidan umumlashtirib yagona sistemaga solindi. O’n ettinchi asrga kelib italiyalik mashhur fizik G.Galiley (1564-1642) harakatni matematik tenglamalar yordamida ifodalash zarurligini tushundi. Galiley inertsiya va jismlarning erkin tushishi qonunlarini yaratdi. Yorug’likning tezligini o’lchash maqsadida tajriba o’tkazdi. shunday bo’lishiga qaramasdan o’n ettinchi asrning eng ulkan yutug’i ingliz fizigi I.Nyuton (1643-1727) tomonidan klassik mehanikaning yaratilishidir. U o’zining 1687 yilda chop etilgan «Natural filosofiyaning matematik asoslari» asarida dinamikaning uchta asosiy qonuni va butun olam tortishish qonunini bayon qildi. Fizika rivojining keyingi etapi DJ.Maksvell (1831-1879) tomonidan elektromagnit maydon nazariyasining yaratilishi bo’ldi. G.Gerts (1857-1894) elektromagnit to’lqinlarning mavjudligini tajribada isbotladi. Keyingi muhim voqealar 1895 yilda V.Rentgen (1846-1923) tomonidan o’z nomi bilan ataluvchi nurlarning, 1896 yilda A.Bekkerel (1822-1908) tomonidan tabiiy radioaktivlikning kashf qilinishidir. 1905 yilda A.Eynshteyn (1879-1955) maxsus nisbiylik nazariyasini e’lon qildi. shu yili u fotoeffekt uchun o’z formulasini yozdi. 1911 yilda E.Rezerford (1871-1937) va 1913 yilda N.Bor (1885-1962) atomning planetar modelini yaratishdi. Yuqoridagilar kvant fizikasiga asos bo’ldi. Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi vujudga keldi. Shuni qayd etish kerakki olamning hozirgi fizikaviy manzarasi hosil bo’lguncha juda ko’plab dadil g’oyalar olg’a surildi va kashfiyotlar qilindi. Fizika sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishni hohlovchilar albatta ular bilan tanishadilar. Endi esa tabiatni o’rganish ilmiga buyuk bobolarimiz, sHarq allomalarining qo’shgan hissalariga to’xtalib o’taylik. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling