Fizika fani haqida. Moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli harakati
Tabiatni o’rganish ilmiga sharqning buyuk allomalarining hissalari
Download 0.65 Mb.
|
Fizika fani haqida
Tabiatni o’rganish ilmiga sharqning buyuk allomalarining hissalari.
O’zbekiston – ilm-fan va madaniyati qadimdan taraqqiy topgan mamlakatlardan biri. Ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to’qimachilik, memorchilik, madanshunoslik, kulolchilik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik yahshi rivojlangan. Abu Adulloh Muhammad Ibn Muso al-Horazmiy 780 y.da Hivada tug’ilgan va 850 y.da Bog’dodda vafot etgan. U matematika, astronomiya, geografiya sohasida ko’pgina asarlar yaratgan. «Al-jabr» (algebra) fani va «algoritm» tushunchasiga asos solgan. Uning «Hisobal-Hind» asarlari va «Astronomik jadvallari» o’n ikkinchi asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, Evropada keng tarqalgan unli sanoq sistemasi va algoritm tushunchasining yoyilishiga olib kelgan. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kashr al-Farag’oniy ham astronomiya, geografiya, matematika fanlari bilan shug’ullangan.U 790 y.da Farg’ona vodiysida tug’ilgan va 865y.da Bog’dodda vafot etgan. Farg’oniy quyosh tutilishini oldindan hisoblab chiqqan. Yerning sharsimon ekanligini ilmiy isbotlagan, merediani uzunligini hisoblagan. Nil daryosining oqimini o’lchash uchun asbob yasagan va unga risolalar yaratgan. O’n birinchi asrda Horazm poytahti Urganchda ham «Bilimdonlar uyi»-«akademiya» tashkil etilgan bo’lib falsafa, matematika va tib ilmlari muhokoma qilingan. Buyuk mutafakkirlar Ibn sino, Beruniy, Abu Nasr Arroq va boshqalar bu akademiyaning azolari bo’lishgan. Qomusiy olim va mutafakkir Abu Rayhon Muhammad Ibn Ahmad al-Beruniy-973 y.da Horazmda tug’ilgan va 1048 yilda Gaznada vafot etgan. Dunyoda birinchi globusni yasagan. 150 dan.ortik kitob va risolalar yozgan. Geliotsentrik sistema to’g’risidagi fikrlari fan taraqqiyotiga katta tasir ko’rsatgan. Abu Ali ibn Abdullo ibn sino-komusiy olim, mutafakkir, faylasuf, shoir.U 980 y da Buhoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan.1037 y.da Isfahonda vafot etgan. Asarlarining soni 280 dan ziyod. Ulardan 40 dan ko’prog’i tibbiyotga, 30 dan ortig’i tabiiy fanlar va musiqaga oid, qolganlari falsafa, mantiq, ahloq, ilohiyot, ijtimoiy-siyosiy mavzularda . O’n beshinchi asrda Mirzo Ulug’bek samarqandda akademiya tashkil qildi. Uning qoshida yahshi jihozlangan rasadhona, boy kutubhona va oliy o’quv yurti-madrasa bor edi. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek 1394 yilda Temurning harbiy yurishi vaqtida sultoniya shahrida tug’ilgan, 1449 yilda o’ldirilgan .U dunyodagi eng yirik astronomiya maktabini tuzgan. Katta ilmiy va madaniy meros koldirgan. shulardan biri «Ulugbek ziji» («Ziji Kuragoniy»)dir. shogirdlari bilan mingdan ortiq yo’lduzlar ruyhatini tuzgan. Matematik va astronom Kozizoda Rumiy (salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Muhammad) (1360-1437) Mirzo Ulugbekning ustozi bo’lgan. Rumiy «Aflotuni zamon» (uz davrining Platoni ) nomini olgan. Atoqli matematik va astronom al-Qoshiy (Giyosiddin Jamshid Koshiy ) (tahminan 1430 y.da vafot etgan). Birinchi bo’lib matematikaga unli kasrlarni kiritdi va nazariy asosladi, sinus va π sonini o’nli sistemada 17 honagacha aniqlik bilan hisobladi. Mashhur astronom Ali Qushchi (Mavlano Aloudddin Ali bin Muhammad Qushchi) (1403-1474)-matematika va astranomiyaga doir risolalar yozgan. U fasllar almashinuvi, oy va quyosh tutilishini ilmiy-tabiiy jihatdan to’g’ri tushuntirgan. Yuqorida nomlari qayd etilgan buyuk mutafakkirlarning tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, falsafa, tilshunoslik va boshqa sohalardagi ishlari, kashfiyotlari butun dunyo ilmu-fanining taraqqiyotiga katta hissa bo’lib, ayrim fan sohalarining yuqori bosqichga ko’tarilishiga, yangi yo’nalishlar paydo bo’lishiga olib keldi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling