Fizika fani mavzusini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar berishdagi arduino platformasining o’rni
Download 0.8 Mb.
|
M.Maraimova
Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning asosini shaxsiy faoliyatli yondashuv, tanqidiy-ijodiy fikrlash, muammolarni hal etish, qaror qabul qilish va jamoada hamkorlikni qaror toptirishga oid pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish extiyoji yuzaga kelmoqda. Ayni vaqtda ta’lim muassasalarida quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Muammoli ta’lim. Bu texnologiyaning maqsadi talabalarning bilish faolligini va ijodiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim oluvchilarda ketma-ket va maqsadli ravishda bilimlarni o‘zlashtirish borasidagi faollikni yuzaga keltirishga xizmat qiluvchi tadqiqotchilik metodlari va bilish faoliyatiga yo‘naltirilgan masalalarni yechishga qaratilgan.
Differensial ta’lim. O‘quvchilarning layoqati, qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, talabalarning turli o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha majburiy me’yordan kam bo‘lmagan hajmdagi dastur materiallarini o‘zlashtirishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling