Fizika fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy
Download 0.56 Mb.
|
3-virtual lab (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash usuli va tartibi
Kirxgofning ikkinchi qoidasi: Zanjirdan xayolan ajratib olingan istalgan yopiq konturdagi kuchlanishlar tushishining algebraik yig‘indisi, shu konturda ta’sir qilayotgan EYUK ning algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladi
n n I k Rk i k 1 i 1 Tarmoqlangan zanjirni tahlil qilishda, barcha ketma‐ket ulangan elementlar orqali bir tugundan ikkinchisiga oqayotgan toCarni bir xil indeks bilan belgilash lozim. Har bir tokning yo‘nalishi ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Kirxgofning ikkinchi qoidasi asosida tenglamalar tuzishda, tanlangan aylanib chiqish yo‘nalishiga qarab, tok va EYUK lar musbat yoki manfiy ishorali deb olinadi: agar tokning yo‘nalishi aylanib chiqish yo‘nalishi bilan mos tushsa, tokni musbat deb, qarama‐qarshi bo‘lsa manfiy deb hisoblash qabul qilingan; agar EYUK ning ta’sir yo‘nalishi (u hosil qilayotgan tokning yo‘nalishi) aylanib chiqish yo‘nalishi bilan mos tushsa, EYUK musbat ishorali deb hisoblanadi. Kirxgofning birinchi qoidasi asosidagi tenglamalar soni zanjirdagi tugunlar sonidan bitta kam bo‘lishi kerak. Kirxgofning ikkinchi qoidasi asosidagi mustaqil tenglamalar soni shunday bo‘lishi kerakki, bunda tenglamalarning umumiy soni turli toCar soniga teng bo‘lishi lozim. Har bir yangi kontur hech bo‘lmaganda oldin ko‘rib chiqilgan konturlarga kirmagan zanjirning bir qismini o‘z ichiga olishi kerak. 32 O‘lchash usuli va tartibi Ushbu laboratoriya ishida bitta rezistorga parallel ulangan uchta EYUK manbasi mavjud bo‘lgan tarmoqlangan oddiy elektr zanjiri modeli tekshiriladi. Rasmni diqqat bilan o‘rganib chiqing, barcha regulyatorlar va boshqa asosiy elementlarni toping va ularni daftaringizga chizib oling. Manbalarni tagma‐tag joylashtirib, har bir manbaning ichki qarshiligi mavjudligini hisobga olgan holda konspektingizga zanjirning ekvivalent sxemasini chizing. Zanjirning har bir qismidagi toCarning yo‘nalishini, EYUK ishoralarini va har qaysi yopiq konturni aylanib chiqish yo‘nalishlarini ko‘rsating. Zanjirning har bir qismidagi tokni topish uchun tenglamalar tizimini tuzing. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling