KIRISH.
Qand eritmasida yassi qutblangan yorug`lik
tebranishlar tekisligining
burilish hodisasi kuzatiladi. Burilish burchagi
eritma solingan idishning uzunligi
ga va eritmaning kontsentratsiyasi C ga to`g`ri proporsional bo`ladi, ya`ni
lc
]
[
(1)
Bunda [ ] - solishtirma burilish doimiysi bo`lib,u taxminan yorug`lik to`lqin
uzunligi kvadratiga teskari proporsionaldir:
[ ]~
Tajribalarda monoxromatik yorug`likdan foydalanilgan holda [
]
= const deb
olinadi.
Qutblanish tekisligining burilish burchagini o`lchash
uchun ishlatiladigan
asboblarga polyarimetrlar deyiladi.
Agar qand eritmasi quyilgan idish bosh tekisliklari o`zaro
perpendikulyar
bo`lgan polyarizator va analizator orasiga joylashtirilsa (monoxromatik
yorug`likda), polyarizatordan o`tgan yassi qutblangan yorug`likning tebranishlar
tekisligi
qandaydir
burchakka burilshi natijasida maydon ravshanlashadi. Bu
ravshanlikni analizatorni o`ng yoqi chap tomonga
shu burchakka burish bilan
yo`qotish mumkin. Bunday yo`l bilan
burchakni topish taxminiy bo`ladi,
chunki inson ko`zi kurish maydonining analizator yordamida to`la qorong`ilikka
to`g`rilangan vaziyatini aniq payqay olmaydi. Shuning uchun o`lchashlarda
ko`rish maydonini to`la qorong`ilikka emas, balki uning
turli qismlarini bir xil
ravshanlikkka to`g`rilovchi yarim soyali polyarimetrlar ishlatiladi.
Kerakli asboblar: bir nechta ma'lum va noma`lum
kontsentrotsiyali qand
eritmalari, polyarimetr.
Do'stlaringiz bilan baham: