Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
10-ISH: PRIZMA YORDAMIDA YORUG`LIK DISPERSIYASINI O`RGANISH. Ishning maqsadi: Prizmaning sindirish burchagi va yorug`likning eng kichik og`ish burchagini aniqlash. Shisha sindirish ko`rsatkichining yorug`lik to`lqinlari chastotasiga bog`likligini tekishirish. K I R I SH . Moddaning sindirish ko`rsatkichini yorug`lik to`lqinlarining chastotasi (yoqi uzunligi) ga bog`liqligi bilan yuzvaga keluvchi hodisalarga yorug`lik dispersiyasi deyiladi.Bu bog`lanishni n=f( Ѵ) (1) funksiya bilan harakterlash mumkin. Bu erda Ѵ - yorug`lik to`lqinining chastotasi, n - modda sindirish ko`rsatkichi. Yorug`lik dispersiyasini tajribada o`rganish uchun odatda yorug`likning shisha prizmada sinishidan foydalaniladi. Prizmaning sindiruvchi yoqlari orasidagi burchak uning sindiruvchi burchagi deb ataladi (rasm - l). Shu yoqlarning kesishish chizig`i sindiruvchi qirra,sindiruvchi qirraga perpendikulyar tekislik esa prizmaning bosh kesimi deyiladi. Agar tushuvchi nur bosh kesimda yotsa( prizmadan chiqqan nur ham shu tekis- likda yotadi. Tushuvchi va chiqqan nurlarning yo`nalishlari orasidagi δ burchak og`ish burchagi deb yuritiladi. Agar yorug`lik nurining yo`li prizmaning yoqlariga nisbatan snmmetrik bulsa (ya`ni і 1 = r 2 bo`lib, nur prizma ichida uning asosiga parallel yo`nalsa), og`ish burchagi δ minimal bo`ladi. Bu holda prizma yasalgan moddaning sindirish ko`rsatkichi quyidagi ifoda orqali topiladi: n= (2) Tajribada va δ larni o`lchab,yorug`lik to`lqinlarining turli chastotalari uchun n hisoblanadi va shu bilan n = f ( Ѵ) bog`lanish topiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling