Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Eksperimental qurilmaning tavsifi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`lchashlar va natijalar ustida ishlash.
Eksperimental qurilmaning tavsifi.
Kerakli asboblar: LG - 209 tipidagi geliy - neon lazeri, FD-1 tipidagi fotoelement (fotodiod), aylanuvchi opravaga va graduslarda darajalangan shkalaga ega bo`lgan polyaroid, CI-I5 tipidagi stsillograf, yorug`liknina qisqa vaqtli signallarini olish uchun xizmat kiladigan tishli aylanuvchi disk, linza, optik skam'ya, urnatgichlar. Polyaroidning o`tkazish koeffitsientini aniqlash va Malyus qonunini tekshirish uchun qo`llaniladigan qurilmaning blok-sxemasi 1-rasmda ko`rsatilgan. Qurilma He -Ne lazeri (1), yorug`lik nurlarini “o`zgich"- tishli disk (2), polyaroid (3),fotoelement (4),linza (5) va ostsillograf (6) dan tashqil topgan. Bu asboblarning barchasi maxsus o`rnatgichlar yordamida optic Rasm-1. Qurilmaning blok-sxemasi skamya (rels) ga bir optik o`qda yotadigan qilib o`rnatilgan bo`ladi. Polyaroid aylanuvchi opravaga o`rnatilgan bo`lib, uning burilish burchagi shu opravaga mahkamlangan maxsus shkala yordamida o`lchaniladi. He-Ne lazeridan chiqayotgan I 0 intensivlikli yassi qutblangan yorug`lik nuri tishli disk orqali polyaroidga tushadi. Polyaroiddan o`tgan I intensivlikli yorug`lik foto- elementga tushib unda bevosita elektr signallariga aylanadi. Natijada ostsillograf ekranida davriy ravishda takrorlanuvchi tipidagi signallar kuzatiladi. Fotoelement ishchi sirtining to`la va bir tekis yoritilishini ta'minlash maqsadida fokus oralig`i yetarlicha katta bo`lgan linza (4) dan foydalaniladi. Ostsillograf ekranida kuzatilayotgan signallar amplitudasi A o`lchanilib, I A 2 bog`lanish yordamida fotoelementga tushayotgan yorug`lik intensivligi I (nisbiy birliklarda) aniqlanadi. O`lchashlar va natijalar ustida ishlash. I - MASHQ. Polyaroidning O`tkazish koeffitsientini aniqlash. I. Blok-sxemasi I-rasmda ko`rsatilgan qurilmada barcha optik asboblar bitta optik o`q bo`ylab joylashganligiga ishonch hosil qilinadi. 2. Optik kvant generatori ( He-Ne lazeri), ostsillograf, tishli disk o`rnatilgan elektromotorlarning ta'minlovchi shnurlari tok manbai (~ 220 B) ga ulanadi va ularning viklyuchatellari " “Vkl" xolatiga o`tkaziladi. 3. Polyaroid o`rnatgichi bilan birgalikda optik skamya (rels) dan olib qo`yilib, linzani siljitish yo`li bilan fotoelement ishchi sirtining to`la yoritilishi ta'minlanadi. 4. Ostsillograf ekranida tipidagi signallar kuzatiladi va optik kvant generatorining "Yarkost'" tutgichini burash yo`li bilan bu signallarning ma`lum amplitudasi A 0 yozib olinadi. . 5. Polyaroid o`z joyiga o`rnatiladi va uning orpavasidagi maxsus belgi (strelka) graduslarda darajalangan shkalaning 0° si qarshisiga keltiriladi. Polyaroidning bu xolati unga tushayotgan yorug`lik tebranishlar tekisligi bilan polyaroid bosh tekisligi oralig`idagi burchak 0 0 ekanligini ko`rsatadi.Polyaroidning ana shu xolatida ostsillograf ekranida kuzatilayotgan signallarning A amplitudasi yozib olinadi. 6. Tajriba A 0 ning bir nechta qiymatlarida takrorlanadi. 7. Bog`lanish orqali amplitudadan intensivlikka utilib, I/I 0 nisbat (prosentlarda) ya`ni polyaroidning o`tkazish koeffitsienti topiladi. O`lchashlar natijasi I - jadvalga yoziladi. № A 0 A I 0 I (I/I 2 )x100% ),% 1 2 3 2-mashq. Malyus qonunini tekshirish. I. Polyaroid optik skamyadan olib qo`yiladi. Linzani siljitish va optik kvant generatorining "Yarkost'" tutgichini burash yo`li bilan ostsillograf ekranida kuzatilayotgan signallar A 0 amplitudasining maksimal qiymati; hosil qilinadi. 2. Polyaroid o`z o`rniga qo`yiladi. Mashqni polyaroid bosh tekisligi, bilan unga tushayotgan yorug`likning tebranishlar tekisligi orasidagi 9 burchakning ixtiyoriy qiymatlaridan boshlab bajarish mumkin. Biroq qulaylik uchun tajriba polyaroidning 0 0 ga mos keladigan holatidan boshlanadi. 3. Polyaroidni nur atrofida burash yo`li bilan 0 0 0 0 90 ,..., 20 , 10 , 0 qiymatlarida otsillograf ekranida kuzatilayotgan signallarning amplitudalari yozib olinadi. 4. O`lchashlar 0 0 0 0 ,..., 80 , 90 (teskari y`onalishda) (qiymatlarda takrorlanadi va ostsillograf ekranidagi signallarning amplitudalari topiladi. 5. I A 2 bog`lanishga binoan signallarning va amplitudaviy qiymatlaridan intensivliklar va larga o’tiladi 6. = va kattaliklar hisoblanadi. Bu yerda I max - polyaroid bosh tekisligi bilan unga tushayotgan yassi-qutblangan yorug`lik tebranishlar tekisligi parallel bo`lgan holdagi ya`ni 0 0 dagi in- tensivlik hisoblanadi. O`lchash natijalari 2 - jadvalga yoziladi. Jadval - 2. № 0 0 10 0 20 0 30 0 40 0 50 0 60 0 70 0 80 0 90 0 7. ) ( max f I I bog`lanish grafigi chiziladi. Xuddi shu grafikning o`zida ) ( 2 f Cos bog`lanish egriligi chiziladi. Hosil qilingan bu 2 ta egri chiziqlarni solishtirish polyaroiddan yorug`likning o`tishi qanchalik Malyus qonuniga buysunishligini ko`rsatadi. NAZORAT SAVOLLAR. 1. Qutblangan yorug`lik deb qanday yorug`likka aytiladi? qanday yorug`lik yassi qutblangan deyiladi? 2. Malyus qonunini tushuntiring. 3. Kristallaing optik o`qi nima? -Polyarizatorning bosh tekisligi deb qanday tekislikka aytiladi? 4. Nima uchun yorug`lik intensivligi yorug`lik vektori amplitudasi kvadrat iga proporsional? 5.Yorug`likning dielektrik sirtidan qaytishi va sinishida qutblanishini tushuntiring. Adabiyotlar / 1,2,3,12,15 /. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling