Birlik aylana. Burchak va yoy tushunchasi. Burchakning gradus, radian o’lchovlari


Download 1.01 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1528960
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nazariy dars o’quv mashg’ulotining o’qitish texnalogiyasi Mavzu


Mavzu: Markaziy burchak va yoyning gradus o`lchovlari.
Reja:

  1. Birlik aylana.

  2. Burchak va yoy tushunchasi.

  3. Burchakning gradus, radian o’lchovlari.

  4. Ixtiyoriy burchakning sinusi, kosinusi, tangensi, kotangensi va ularning ba’zi burchaklardagi qiymatlarini hisoblash.

  1. Trigonametriya fanida burchakni o’lchash.

  2. Burchaklar va yoylar. Markazi О nuqtada bo'lgan R radiusli aylanadagi A va В nuqtalar uni ikki qismga — yoylarga ajratadi (1.1-rasm). Yoyning A va В nuqtalari yoyning uchlari, qolgan nuqtalari esa yoyning ichki nuqtalari deyiladi.

U chlari A va В nuqtalar bo’lgan yoy uning faqat uchlarini ko'rsatish orqali AB ko'rinishda yoki uchlari A va В nuqtalar bo‘lgan yoylarni bir-biridan farqlash uchun yoyning uchlari va yoyning biror ichki K nuqtasini ko‘rsatish orqali AKB ko‘rinishda belgilanadi (I.2-rasm).
Agar AB kesma aylananing diametri bo‘lsa, AВ yoy yarim aylana deyiladi. Agar AB kesma aylananing diametri bo‘lmasa va AB yoyning har qanday ichki nuqtasini aylananing markazi bilan tutashtiruvchi kesma AB kesmani kesib o'tsa (kesib o‘tmasa), AB yoy yarim aylanadan kichik (mos ravishda yarim aylanadan katta) deyiladi,
Aylananing markazidan chiquvchi va berilgan yoyni kesib o‘tuvchi barcha nurlardan tashkil topgan yassi burchakni berilgan yoyga mos markaziy hurchak. berilgan yoyni esa shu markaziy burchakka mos yoy deb ataymiz (1.3-rasm).
Yoy uzunligi metr (m) va uning ulushlarida, shuningdek, fut, duym, angstrem, mikronlarda ham oichanadi (1 fut = 12 duym = ~ 30,479 sm, 1 angstrem = 1  sm, 1 mikron= 1·10-3 mm)
Geometriya kursidan ma’lumki, markaziy burchakning gradus o‘lchovi va yoyning gradus o'lchovi quyidagicha aniqlanadi:

  1. yarim aylanaga mos markaziy burchak 180° ga teng (1.4-rasm);

  2. yarim aylanadan kichik AB yoyga mos markaziy burchakning



gradus o‘lchovi OA va OB nurlar hosil qilgan odatdagi burchakning gradus o‘lchoviga teng (bu yerda О aylana markazi, I.5-rasm);

  1. yarim aylanadan katta yoyga mos markaziy burchakning gradus o‘lchovi 360°  ga teng, bu yerda α - to'ldiruvchi burchak (yarim aylanadan kichik yoyga mos markaziy burchak)ning gradus o'Ichovi (I.6-rasm).

  2. yoyning gradus o‘lchovi shu yoyga mos markaziy burchakning gradus o'lchoviga teng (I.7-rasm).

Burchak va yoylarning burchak kattaligini o‘lchashda gradusning ulushlaridan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Gradus va uning ayrim ulushlari orasidagi bog‘lanishlarni keltiramiz:
  60' (minut, daqiqa),   = 60" (sekund, soniya).
Buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek o‘z asarlarida sekundning   ulushi solisa(tersiy)dan ham foydalangan. Uning asarlarida 1 daraja = 60 daqiqa, 1 daqiqa = 60 soniya, 1soniya = 60 solisa(tersiy)
ekanligi keltiriladi.
Tekislikda to‘g‘ri burchakli XOY Dekart koordinatalari sistemasi kiritilgan bo‘lsin. Markazi koordinatalar boshida bo‘lgan R radiusli aylanani qaraymiz (1.8-rasm). Bu aylana OX o'qning musbat yarim o‘qini A nuqtada kessin. OA radius boshlangich radius, A nuqta esa boshlang‘ich nuqta deb ataladi.
  o’qining musbat yarim o‘qini koordinatalar boshi (qo‘zg‘almas


nuqta) atrofida musbat yo‘nalish(soat strelkasining harakat yo‘nali- shiga qarama-qarshi yo‘nalish)da va manfiy yo‘nalish(soat strelkasi­ning harakat yo‘nalishi)da istalgancha uzluksiz siljitish (harakat- lantirish) mumkin deb hisoblaymiz.
OX musbat yarim o‘q qo‘zg‘almas О nuqta atrofida musbat yo‘nalishda siljitilsa, OA radius biror OB radiusga o'tadi. Agar О A va OB radiuslar ustma-ust tushsa (I.9-rasm), siljitish natijasida A nuqta aylanani bir yoki bir necha marta to‘liq aylanib chiqqan bo‘ladi. Bu holda biz boshlang'ich tomoni OA va oxirgi tomoni OB bo‘lgan aylanish burchagiga ega bo‘lamiz. Uning gradus o‘lchovi 360° • k ga teng, bu yerda к aylanishlar soni.
Agar OA va OB radiuslar ustma-ust tushmasa, A nuqta aylanani toiiq aylanib chiqmagan yoki aylanani bir yoki bir necha marta ayla­nib chiqib, yana   yoyni bosib o‘tgan bo‘ladi. Bu holda boshlang‘ich tomoni OA va oxirgi tomoni   bo‘lgan burish burchagiga ega bolamiz. Bu burish burchagining gradus olchovi quyidagicha aniqlanadi:

  1. A nuqta aylanani to'liq aylanib chiqmagan bo‘lsa (1.10-rasm), burish burchagining gradus o‘lchovi AB yoyning gradus oichoviga teng;

  2. A nuqta aylanani к (кN) marta aylanib chiqib, yana A В yoyni bosib o’tgan bo‘lsa (1.11-rassn), burish burchagining gradus o‘lchovi 360° • k +α ga teng, bu yerda α - shu AB yoyning gradus o‘lchovi.

E ndi OX musbat yarim o‘qni qo‘zg‘almas О nuqta atrofida manfiy yo'nalishda siljitamiz. Xuddi yuqoridagi
kabi mulohazalar yuritib, gradus
o‘lchovlari -360° • к (к — aylanishlar soni)
bo‘lgan aylanish burchaklariga hamda gradus o‘lchovlari
360° • k- α (bu yerda k€{0; 1; 2; 3; ...}) ga teng bo'lgan
burish burchaklariga ega bolamiz (1.12-va I.13-rasmlar Gradus o‘lchovi 0° ga teng burchakni



ham qaraymiz. Bu burchak boshlang‘ich nuqta o‘z o‘rnida harakatsiz turgan holatga mos keladi. Shu sababli uni burish burchagi sifatida ham, aylanish burchagi sifatida ham qarash mumkin.


  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling