Fizika-matematika fakulteti 5110100 – Mteamatika va informatika ta’lim yo’nalishi 1-kurs 104-guruhining yanvar oyidagi sonli axborot soati bayonnomasi toshkent shahar 16-yanvar 2020-yil Qatnashdilar: guruh murabbiysi N


Download 21.01 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi21.01 Kb.
#1258246
Bog'liq
Axborot soati bayonnoma


Fizika-matematika fakulteti
5110100 – Mteamatika va informatika ta’lim yo’nalishi 1-kurs 104-guruhining yanvar oyidagi _____-sonli axborot soati
BAYONNOMASI
Toshkent shahar 16-yanvar 2020-yil
Qatnashdilar:
guruh murabbiysi N.S.Xaytullayeva
Magistrant M.M.Bahromov
104-guruhning barcha talabalari.
Kun tartibi:
1.Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish.
2. “Fuqorolik burch va ma’sulyat” mavzusidagi murabbiylik soati.
3.Adabiyotlar tahlili.
Eshitildi: Guruh murabbiysi N.S.Xaytullayeva so‘zga chiqib, axborot soati materiyallaridan O‘zbekiston respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishtirdilar, yangiliklar aytib o’tdilar. Guruh faollaridan Egamshukurova Dinora bugunki kun yangilarini aytib o’tdi.
Axborot soatining Murabbiylik soatida magistrant Bahromov Mansur so`zga chiqib “Fuqorolik burch va ma’sulyat” mavzusi haqida ma’lumotlar berdi.
Magistrant Bahromov Mansur: Fuqarolarning Konstitutsiya va qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topgan asosiy huquq va burchlari. Ular davlat organlari tomonidan muhofaza etiladi va bajarilishi nazorat qilinadi . Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 2 boʻlimida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari quyidagicha turkumlanadi: 1) Shaxsiy huquq va erkinliklar; 2) Siyosiy huquqlar (qarang Siyosiy huquq va erkinliklar); 3) iqtisodiy-ijtimoiy huquklar (qarang Iktisodiy huquq va erkinliklar).
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari koʻrsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadrqimmatini hurmat qilishga; Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga; qonun bilan belgilangan soliqpar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar. Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fukarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsad etib belgilangan davrda demokratik tamoyillarni shakllantirish, fuqarolar ijtimoiy –siyosiy faolligini oshirish, shaxs erkinligini amalda joriy etish, siyosiy jarayonlarni erkinlashtirish, demokratik me’yorlar asosida ko‘ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish, jamiyat hayotida jamoat va nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish kabi vazifalar umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida ifoda etgan holda fuqarolik madaniyati bilan tutashadi. Agar fuqarolik jamiyatini yuksak fuqarolik madaniyatini oshkor etish imkoniyati sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, fuqarolarning ma’naviy etukligi bunday jamiyatdagi demokratik tamoyillarni to‘liq anglash omili ekanligini tushunamiz. Chunki fuqarolik jamiyatida insonni oliy qadriyat darajada tushunish bevosita har bir fuqaroning o‘z madaniyat darajasini qanchalik anglashi va unga sodiqligi bilan xarakterlanadi.
Yuqoridagi ko’rilgan masalalar yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1. “2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturini mukammal o‘rganib, takliflar tayyorlash.
2. Yangiliklardan muntazam ravishda xabardor bo’lib turish.
3. Badiiy asarlarni muntazam ravishda mutolaa qilish.
Download 21.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling