Fizika matematika


Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari


Download 1.96 Mb.
bet2/2
Sana09.05.2020
Hajmi1.96 Mb.
#104370
1   2
Bog'liq
Abdurazzoqov Ilhom


2.1 Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari.

Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hakozo amallar tezda va yakkol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning uzida bir necha kataloglar bilan ishlash ikoniyatiga ega.

Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey (adapter) bilan ishlash, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega.

Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli versiyalari dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.



Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilar e’tiborini o’ziga jalb etmoqda. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida doimo ishlamoqda. Shu bilan birga turli dastur ilovalarining yaratilishi Windowsning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, CorelDraw va hakozolardir.

Windowsning imkoniyatlari.

Windows operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega:



  • Universal grafika - Windows dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotga bog’liqsizligini ta’minlaydi.

  • Yagona interfeys - Windowsda foylalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.

  • Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOSning barcha amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.

  • Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.

  • Mavjud operativ xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati - Windows mavjud operativ xotiradan to’la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi.

  • Ma’lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatlariga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki DDE (ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.

Windowsning ishlash shartlari.

Windows 2 xil xil ishlash rejimiga ega:



  • Standart.

  • 386ga kengaytirilgan.

Rejimning tanlanishi kurilma turiga bog’liq. Windows standart rejimda protsessorning himoyalangan rejimida ishlaydi. 386ga kengaytirilgan rejimda ishlash uchun 80386 protsessor va 2 M bayt operativ xotira zarur.

Standart rejimda ishlash uchun rejim belgisi «G’s», kengaytirilgan rejim uchun «G’3» o’rnatiladi. Rejim belgisi ko’rsatilmasa, kengaytirilgan rejim tushuniladi. Shaxsiy kompyuterda Windows o’rtanilish shartlari.



  • MS DOSning kamida 3.1 versiyasi bo’lishi.

  • 20 Mbayt bo’sh joyli qattiq disk - HDD (Windowsning o’zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o’qish uchun qurilma - diskovod.

  • Video adapter (EGA, VGA, Curillic VGA yaxshisi SVGA yoki TVGA va shunga o’xshash modeldagi adapterlar).

  • Chop etish qurilmasi - printer.

  • Sichqoncha (Mouse).

  • 2 M bayt operativ xotira Windows uchun yetarli, lekin 4 Mbayt va undan ortiq xotiradan foydalangan maqsadga muvofiq.

Windowsning asosiy elementlari. Dastur darchasi.

Windowsda ekran «Desktop» deb ataladi. Barcha amallar unda bajariladi. Windows so’zining ma’nosi «Darchalar». Shuning uchun Windowsga kirganda dasturlar darchalarda bajariladi. Darchalarni joyini va o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Agar bir nechta dastur bajarilayotgan bo’lsa, darchalarni piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu esa ekrandan unumli foydalanish imkonini beradi.

Darchalar 3 xil bo’ladi.


  • dasturlar darchasi;

  • xujjatlar darchasi;

  • muloqotlar darchasi.

  • Dasturlar darchasida bajarilayotgan dasturlar joylashadi. Darchaning yuqori qismida dastur nomi va menyu ko’rsatiladi. Dastur darchasi ekranning ixtiyoriy qismida bo’lishi mumkin.

  • Хujjat darchalarni dasturlar ochadi. Masalan: taxrirlagichlar darchada xujjatlarni hosil qiladi. Darcha sarlavhasida xujjat nomi yoziladi.

  • Muloqot darchalari foydalanuvchining ayrim komandalariga javoban savollarni chiqarishda foydalaniladi.

Darcha qismlari.

Har bir darcha umumiy qismlarga ega bo’lishi mumkin:



Bunda:

A - Sistemali menyu B - Kursor



V - Menyu satri G - Sarlavha satri

D - Darcha nomi Ye - Darchaning ish maydoni

J - Darcha hoshiyalari Z - Kichraytirish tugmasi

I - Kattaltirish tugmasi K – Sichqoncha belgisi

M - Gorizontal o’tkazgich N - Vertikal o’tkazgich


  • Sistemali menyu - darcha o’lchamlarini o’zgartirish, joyni almashtirish, yopish va masalalar ro’yxatiga o’tish imkonini beradi.

  • Sarlavxa satrida - dastur yoki xujjat nomi sistemali menyu, kichraytirish-kattalashtirish tugmachalari joylashadi. Agar ekranda bir necha darcha bo’lsa, joriy darcha sarlavo’a satri rangi va tusi bilan farqlanadi.

  • Darcha nomi - uning turiga bog’liq bo’lib, dastur yoki xujjat nomi, guruh, katalog nomidan iborat bo’lishi mumkin. Agar xujjat xotiraga yozilmagan bo’lsa, odatda unda «Bez imeni» (nomsiz) yozuvi turadi.

  • Menyu satrida mavjud menyu ro’yxati keltiriladi. Odatda dasturlar Fayl, Pravka yoki Redaktirovaniye (taxrirlagich), ? yoki Spravka (Yordam yoki ko’rsatma) va boshqa maxsus menyularga ega.

  • O’tkazgich-xujjatning darchaga sig’magan qismlarini ko’rish imkonini beradi.

  • Kichraytirish va kattalashtirish tugmalari yordamida joriy darcha o’lchamini piktogrammaga kichraytirish yoki yoyish mumkin.

  • Darcha xoshiyasi - darchaning tashki cheti. Uning yordamida darchani eniga yoki bo’yiga kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin.

  • Darcha burchagi - darcha yuzasini kichraytiradi va kattalashtiradi.

  • Darchaning ish maydoni - ekranning dastur ishlayotgan qismi.

  • Kursor - ayni daqiqada ishlash mumkin bo’lgan joyni ko’rsatadi. Belgilangan joyga matn kiritiladi yoki rasm chiziladi.

  • Sichqoncha belgisi - kompyuterga sichqoncha o’rnatilgan bo’lsa hosil bo’ladi. Sichqoncha orqali yuqoridagi amallarni osongina bajarish mumkin.

Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, shu bilan birga uning ko’p amallarini tugmalar yordamida ham bajarish mumkin. Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows 98/2000 operasion tizim bo’lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda quyidagi ko’rinishga o’xshash oyna paydo bo’ladi:

Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog’ozlari, kitoblar, ma’ruza matnlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar joylashtiriladi.Ish stoli ko’rinishi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirib turilishi mumkin.U foydalanuvchi ko’p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo’llaniladi.



Windows ish stoli

Кompyuter ekranida Windows yuklangandan keyin paydo bo’ladigan tasvir ish stoli deyiladi. Ish stolida joylashtirilgan OB’EKTlar to’plami kompyuterning sozlanganliga bog’liq–ish stolining mumkin bo’lgan variantlaridan biri ko’satilgan.Ish stolida kichraytirilgan (belgichalar) va me’yoridagi oynalar joylashtiriladi, ular foydalanuvchining qiziqtirgan turli xil papkalar, dasturlar, xujjatlar, tarmoqli qurilmalarga tezda murojat qilishni ta’minlaydi, ekran pastida esa, indamaslik bo’yicha, ishga tushirish tugmasini va ochilgan ob’ektlar belgichasini (shu jumladan ochilgan, lekin oynalarning belgichalariga o’ralgan) o’z ichiga olgan masalalar paneli satri joylashadi.

“Pusk” (ishga tushirish) tugmasi ekranga bosh menyuni chiqarish uchun ishlatiladi, u turli amallarni bajarish imkonini beradi: dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, ma’lumotnomani olish, kerakli ob’ektni qidirishni amalga oshirish, kompterni sozlash uchun boshqarish panelini chaqirish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin. Bosh menyuning variantlaridan biri keltirilgan, menyuning ba’zi bir variantlari o’ngidagi strelkalar menyuning bu punktlari uchun ko’shimcha qism menyulari borligini bildiradi.

Bosh menyuni ko’rinishini foydalanuvchini istagi bo’yicha mos sozlash yo’li bilan o’zgartirish mumkin. Windows ishlashni aynan shu menyuni chaqirish bilan boshlash mumkin, bu to’g’rida yo’l ko’rsatuvchi:

”Ishni shu tugmani bosish bilan boshlang (Click fure to begin)” yozuvi ko’rinadigan strelka ham eslatib turadi.



Bosh menyu holatlariga doir qisqacha tushintirish.

Windows ish stolining elementlar to’plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog’liq. Windows da ko’plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo’lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo’yiladi. Ularni ko’pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. Hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o’sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko’rsatiladi.



II bob. Windows 8 operatsion sistemasi va uning imkoniyatlari.

2.1 Windows 8 operatsion sistemasinining foydalanuvchi uchun qulayliklari.

Bizga ma’lumki har bir sohada va texnikada vaqt o`tishi bilan zamon talablariga mos vazifalarni bajarishi talab etiladi. Bundan ko`rinib turibdiki Microsoft kompaniyasi ham o`zining olamshumul mahsuloti Windows OTni o`zining yangidan yangi imkoniyatlari va zamon talablarini hisobga olgan holda tinimsiz ish olib bormoqdalar.




Windows 8 – OS Microsoft Windows oylasiga tegishli va yangi operatsion tizimining kod nomi ya’ni boshqa so`z bilan aytganda, Windows 7 dan keyingi bo`lgan operatsion tizim versiyasi hisoblanadi. Windows 8 operatsion tizmi o`zida bir necha yangi imkoniyatlarni umumlashtirgan va qo`shimcha dasturlar multimediali vositalar bilan ishlashda foydalanuvchi uchun juda qulay hisoblanadi.

Microsoft kompaniyasining Windows operatsion tizm haqidagi xabarlariga qaraganda, Windows 8 da asosiy diqqat ovozni aniqlash va ovozli boshqaruvga qaratilgan. Hamda, boshqa imkoniyatlarni ham eski operatsion sistemalar ishlash jarayonidan kelib chiqib yangi o`zgarishlar kiritgan. Microsoft kompaniyasining eng asosiy yaqin kelajakdagi maqsadlaridan biri – bu butun operattsion tizimni virtual operatsion tizmga aylantirishdir.



Windows 8 operatsion tizimida quydagi yangi o`zgarishlarni ko`rish mumkin.

Operatsion sistemada yangi gibernatsiya va tiklash tizimi yangilanadi.

Windows 8 OTning xafsizligining yangi funksialariga bir qator o`zgarishlar amalga oshirildi.

Windows 8 Operatsion sistemaning oldingi operatsion tizimlariga qaraganda yuklash va o`chirish vaqtlari qisqartiriganligi.

Operatsion sistemaning Yana bir e’tiborli tomoni energiya iste`moliga va samardorligiga moslashtirilganligi.

Yana bir yangiliklarga ko`ra, operatsion tizim web-kamera orqali foydalanuvchi yuzini aniqlab beradi. Windows 8 da pusk menyusi ham o`ziga hos ko`rinishga ega ekanligida.

Windows 8 da xafsizlik tamirlovchi asboblar bo`ladi, ular diagnostika qilishadi va xatolarni olib tashlashadi.

Operatsion sistemaning yana muhim yangi imkoniyatlaridan biri “Tizimni chiqarib yuborish” xizmati bo`lib, u  Windows 8 dagi butun foydalanuvchi faylarini saqlab qaytadan o`rnatishga yordam beradi



Bunday o`zgarishlarni juda ko`plab aytib o`tishimiz mumkin .Microsoft kompaniyasi shu jumladan windows 8 operatsion tizmining ham o`zining bir nechta yangilashgan bir-biridan ishlash tezligidan farq qiluvchi versiyalarini ham yaratib bormoqdadir.

Windows 8 Server ga qaraganda, Windows 8 Advanced Server serverli tarmoqli ОS ancha kuchli, yuqori ishоnchli, mashtablashtiradigan klaster sistemalarni yaratish imkoniyatini ta’minlaydi. Bu sistema - qori intensivli so‘rov ma’lumotlarni bazasini qurish uchun unumli xal etuvchisi, yuqori unumdorlikni, ishonchligini ta’minlaydi va sistema komponentlarini tarmoq yuklanishini taqsimlash imkoniyati bor. Ta’kidlash kerakki, Windows 8 Advanced Server ni ishlatish uchun haqiqatdan ham sabablari bo‘lishi kerak, Masalan, Ko‘p protsessorli sistemalarni borligi (4 protsessordan Ko‘p), klasterlar yoki tarmoq yuklanishini taqsimlash zarurligi. Bo‘lmasa bu sistemani ishlatish mutlaqo maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, chnuki Windows 8 Serverga taqqoslaganda uning ustunligi yo‘q.Microsoft kоmpаniyasi taklif qilganlari ichida Windows 8 Datacenter Server – eng kuchli va bajariladigan funksiyalari to‘liq bo‘lgan . Bu sistemaning standart imkoniyatlardan Windows 8 Advanced Server ga o‘xshab klasterizatsiya xizmati va muvozanatli yuklanishi hisoblanadi. Bundan tashqari, Windows 8 Datacenter Server sistemasi katta ma’lumotlar omborlari uchun ekonometrik taxlili uchun, yiрik masshtabli ilmiy va muxandislik modellashtirish uchun, tranzaksiyalarni operativ qayta ishlash uchun, ko‘p sеrvеrli va katta dasturlashlar veb-loyixalari uchun optimallashgan.

Windows 8 Server – Bu ko‘p funksiyali ОС (keyinchalik ОС deymiz), fayllar serverining funksiyalarini va matbuotni, ilovalar serverini, veb-serverini va kommunikatsion serverini ta’minlaydi. Yangi sistema oldingisiga yuqori ishonchlikni, tez ishlashni va boshqarish osonligini ta’minlaydi. Yana muximi - Windows 8 Server da taqsimlangan xizmatlarning katta to‘plami bor, Active Directiry bazasida qurilgan – ko‘p maqsadli, masshtablashtiradigan katalog, uni internet-texnologiyalaridan foydalanib yaratilgan va sistema bilan to‘liq integrallashgan. Active Directory sistemalarni boshqarishni va korporativ tarmoqda resurslarni qidirishni ancha soddalashtiradi. Windows 8 Server tarkibiga kiradigan internet-xizmatlarning ko‘pchiligi tashkilotlarga Internet-texnologiyalarni keng ishlatishga imkon yaratadi – murakkab veb ilovalar va informatsiyalar oqimini tarqаtish xizmatlari (audio, video va h.k.), shuningdek Windows 8 Server bazasida intertarmoqlarni qurish.



2.2 Windows 8 operatsion sistemasi kompyuterga o`rnatish va imkoniyatlardan foydalanish

Hozirgi ko'rsatiladigan usulda nafaqat windows 8, Win XP, 7, 10 lar ham shunday uslubda o'rnatiladi.

Windows OS larni asosan o’rnatuvchi disk yoki fleshkani o’rnatish uchun tayyorlab o’rnatish mumkun. Ikkala holatda ham windows kerakligicha o’rnatiladi. Biz hozir windows 8 ni ustonovichniy disk orqali o’rnatishni ko’rib chiqamiz.  



  1. Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni biosda ko‘rsatib o‘tamiz, ya’ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bunday qilish qo‘lingizdan kelmasa, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomat disk o‘qiladi(ko‘p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi. Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishini tasdiqlaymiz. Kompyuter avtomatik tarzda  diskovoddagi ustonovichniy diskni o’qishni boshlaydi. 

  2.  Bu yerdan OS o’rnatiladigan til, soat formati va klaviatura tili tanlanadi. Russkiyni tanlaymiz va Далее ni bosamiz. 

  3. Установить ni tanlaymiz va Далее ni bosamiz.

  4. Bu yerda Windows 8 OS pullik dasturiy mahsulot bo’lganligi sababli, windows 8 OS uchun sotib olingan kalitni kiritishni so’ramoqda. Kerakli kalitni kiritamiz va Далее ni bosamiz. (Eslatma! Windows 8 kalitni kiritmaguncha ishga tushmaydi, Lekin ayrim kreklangan versiyalarida kalit soramaydi, lekin aktivatsiya so'raydi).

  5.  Bu bo’limda windows 8 OS dasturiy ta’minotidan foydalanish haqida litsenziya shartlari bilan tanishib chiqishimiz mumkun. Biz litsenziya shartlariga rozi bo’lgan holda Далее ni bosamiz.

  6. Yangilash yoki to‘liq o‘rnatishdan biri tanlish kerak bo‘ladi, biz «Полная установка«bo‘limini tanlaymiz. Chunki o‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerak.

  7. Bu oynada kompyuterimiz qattiq diskida mavjud bo’lingan mantiqiy hamda sistemniy disklar  paydo bo’ladi. Ko’pgina kompyuterlarda  2 ta razdel disk paydo bo’ladi. Biz o’zimizga kerakli diskni tanlaymiz va formatirovni ezib ( C diskni adashtirib yubormaslik kerak. Aks holda ma'lumotlarimiz o'chib ketishi mumkun)  Далее ni bosamiz. 

8. O’rnatilsih jarayoni boshlanadi. O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi

9. Shundan so‘ng, foydalanuvchi nomi va  parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi. Далее ni bosamiz. 



10. Shundan so’ng  windows 8 ni o’rnatish oxirgi bosqichi jarayoni boshlanadi. Bir necha minut o’z interfeysi sozlanmalarini o’rnatadi va ishchi stol oynasiga o’tiladi. 

11. O’rnatilish yakuniga yetdi. Windows 8 ishchi stoli avtomatik tarzda ishga tushadi. Bemolol unga qo’shimcha dasturlar o’rnatib undan foydalanishingiz mumkun.  

Windowsni yuklash uchun MS DOS operatsion tizimi buyuruqlar satrida win buyrugi klaviatura orqali kiritilib Enter bosiladi yoki NCdarachasidan WINDOWS katalogiga kirib,win.com fayli ustiga ko’rsatkich keltirib Enter bosiladi. Natijada ekranda dastlab WINDOWS belgisi tushurilgan zarvaraq, so’ngra taminlash dasturi ochiladi. Zamonaviy kompyuterlarda Windowsning zikr etilgan oxirgi versiyalari ishlatilyotganligi sababli ular asosiy operatsion tizimiga aylangan MS DOS operatsion tizimi va NC qobiq dasturlari va ular asnosida yaratilgan dasturlarga extiyoj bir oz susaydi. Shu bois ko’pchilik kompyuterlar yuklanishi bilan Windows 8 operatsion tizmi bevosita ishga tushadi.Uning tartibidagi boshqa dasturlarga murojat etish Pusk (yuklash) tuugmasi yordamida bajariladi.

Windowsdan chiqish uchun Pusk tugmasinig Zaversheniye raboto bandiga kirib u yerda kompyuterni o’chirish, qaytadan ishga tushurish, MS DOS rejimida ishga tushurish,yoki kompyuter ishlashni vaqtincha to’xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. Alt-F4 tugmalarni birgalikda bosib Windowsdan chiqish xam mumkin,bunda chiqish haqidagi kompyuter so’roviga OK (Ha)ni "sichqoncha" ko’rsatkichi bilan tanlab javob berish zarur.

Eslatma. Ayrim kompyuterlarda yuklash jarayoni foydalanuvchi tomonidan o’zgartirlgan bo’lishi ham mumkin.



Windows 8 ish stoli va uning yorliqlari. Windows dasturi yuklanganidan keyin ekranda Windows 8 dasturining taminlash darchasida "Ish stoli" xosil buladi.

Ish stolida tizim va amaliy dasturlarga mos keluvchi yorliqlarning turli ko`rinishlari xosil bo`ladi. «MOY KOMPYUТER» (Mening kompyuterim)-disklar bilan ishlash,yangi fayl va kataloglar yaratish, kompyuterning va tashqi qurilmalarni sozlash kabi vazifalarni bajaradi.



«MOY DOKUMENТI»(Mening xujjatlarim)-Foydalanuvchining amaliy ishlangan xujjatlari jamlanadi.

«PROVODNIK» (Boshlovchi )-fayl va kataloglar ustida amallar, fayllarni izlash va ishga tushurish kabi vazifalarni bajrishga mo’ljallangan.

«PORТFEL»- Internet tizimida foydalanish uchun tanlangan hujjatlar saqlanadi.

«KORZINKA»-nokerak dasturlar, fayllar va kataloglar uzil-kesil yo’qotilishi oldidan vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan dastur .

Ayni vaqtda kompyuteringzda Windowsning ingilizcha yoki ruscha versiyasi o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Windows ning ingilizcha versiyasi kompyuteringizda o’rnatilgagn bo’lsa, tizim va tatbiqiy dasturlar yorliqlari ingilizcha tavsifda berilgan bo’ladi.

Shuni eslatib o’tamizki, Windows 8 versiyalarining taminlash dasturi Windows 98, XP va Windows7 versiyalaridan farq qiladi .

Ish stoliga yangi jild yoki yoriqlarni qo’shish uchun "sichqoncha" ning o’ng tugmasi biror bo’sh joyda bosiladi va hosil bo`lgan muloqot darchasidan Sozdat bandi faollashtiriladi. Natijada hosil bo’lgan ikkilamchi muloqot darajasidan kerakli bo’limi tanlab olinib, ish stolida tizim bo’yicha yangi yorliq yoki jild hosil qilinadi.So’ngra ularga zaruriy dasturlar majmuasini joylashtirish va nom berish orqali foydalanishimiz mumkin.



Windows 8 OT ning Pusk tugmasi va uning bo’limlari va u bilan ishlash.

Ish stolida mavjud yorliq va jildlardan foydalangan holda tizim yoki amaliy dasturlarni bevosita faollashtirish va yuklash imkoniyatiga ega bo’lamiz.Shu bilan birga kompyuter xotirasida mavjud barcha dasturlarni ish stolida hosil qilish maqsadga muvofq emas. Bu dasturlarga murojaat etishning samarali usuli Pusk (Yuklash) tugmasini ishga tushirishdir.



Pusk tugmasi yordamida Все программиы bo’limiga murojaat etilganda, ikkilamchi daraja hosil bo’lib, unda foydalanuvchi o’zi uchun zarur deb hisoblagan dasturlarni tanlashi mumkin. Bu dasturlar orasida asosiylari virusdan kompyuterlarni himoyalovchi, fayllarni arxivlashtiruvchi, Office, standart, boshlovchi va amaliy dasturlar hisoblanadi. Mazkur menyuga yangi bo’limlar yoki bandlar qo’shish uchun Nastroyka bo’limida Panel zadachi menyu "Pust" bandi orqali Panel zadach muloqatli darchasiga kirib, Nastroyka menyu qismiga o’tiladi. Bu yerda Obzor.... tugmasi orqali kerakli dastur taklif etilgan jadvaldan tanlab olinib mos keluvchi yorliqlar qo’yiladi.

III.bob. Mavzusini o`qitishda modulli, didaktik o`yinli texnologiyalardan foydalanish.

3.1 Darsni tushintirish jarayonida turli xil pedagogik modulli didaktik o`yinlardan foydalanish

Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiya­larini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masala­ning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasi­ga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda. Hozirgi kunda barcha sohalarga jadal joriy etilib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan «Informatika» fani samarali o‘qitilyaptimi? O‘quvchilar kasbiy faoliyati sohalari uchun zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lib borayaptilarmi? Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini to‘g‘ri loyihalay oladimi? Dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omil­larga bog‘liq? Bu kabi savollarga hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli holdir. O‘tkazilgan anketa tekshiruvlariga ko‘ra Namangan shahridagi ayrim ta’lim muassasalarining aniq bir guruhlari­da informatika fanidan olingan nazorat ishida o‘quvchilar nisbatan past baholanganlar. Bu past sifat ko‘rsatkichidir. O‘quvchi bugungi kunda ta’lim sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini davom ettirishi uchun zamonaviy dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan samarali foydalana olish salohiyatiga ega bo‘lishi, xususan: zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda axborot va axborot texnolo­giyalarining o‘rnini bilishi; axborotni boshqarish vositasi sifatida axborotlarni olish, yig‘ish, qayta ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; global kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular orqali foydali axborotlar olish va ulardan ijodiy fikrlashni o‘stirishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.

Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiya­larni talab etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq?

Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassa­salarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari bo‘yicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:


  • o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;

  • fanning hajmi va mazmunini aniqlash;

  • zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;

  • fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;

  • ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;

  • o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.

Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u yoki bu aniq bir usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim usullarinigina qo‘llashni maqsad qilgan bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. Maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li, bu dars mashg‘ulotini loyihalashda integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning qu­yidagi metodlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. O‘yinli texnologiyalar; muammoli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyu­terlashtirilgan o‘qitish; modulli o‘qitish.

Bu texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib chiqib, darsning turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni o‘qitishda g‘oyat samarali bo‘lgan qator o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: mehnat faoliyati, o‘yin fao­liyati, o‘quv faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi o‘quv materiallari asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish to‘g‘ri emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish faolligini oshiradi, xolos. O‘quvchini aqliy rivojlantirishga yordam beruvchi quyidagi guruhdagi o‘yinlarni ajratish mumkin.



1-guruh. Buyumlar va predmetlarga bog‘liq bo‘lgan predmetli o‘yinlar. Bunda o‘quvchi o‘yinchoq-predmet orqali moddiy olamni, ularning xususiyatini anglashi mumkin.

2-guruh. Intellektual faoliyatni shakllantiruvchi sujetli — rolli ijodiy o‘yinlar. Masalan, «Baxtli tasodif», «Nima? Qayerda? Qachon?» va boshqalar. Bunday o‘yinlar nafaqat ko‘ngil ochuvchi vosita, balki ulkan evristik va ishontiruvchi energiya manbaidir.

3-guruh. O‘quvchining aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi tay­yor qoidalarga asoslangan didaktik o‘yinlar. Qoidalarga ko‘ra, u o‘quvchidan anglashni, taqqoslashni, qismlarga ajratishni, umumlashtirishni, muhimi bilishni talab etadi.

4-guruh. Kattalarning kasbiy faoliyatlarini ifodalovchi texnik-konstruktorlik o‘yinlari. Ular o‘quvchida o‘z ishini rivojlantirish, zaruriy materialni yig‘ish, o‘zini va o‘zgalar faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlarini hosil qiladi. Mehnat faolligi bilish faolligiga undaydi.

5-guruh. Psixik muhitda sodir bo‘luvchi intellektual o‘yinlar. O‘quvchilarning tayyorgarlik darajalarini ko‘rsatuvchi taqqoslash imkonini beruvchi, musobaqa asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar. Ular o‘zini shakl­lantirishga va demak, aqliy faollikka undaydi. Yuqorida tavsiflangan o‘yinlarni o‘quv jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchilarni o‘quv bilim faoliyatlarini keng boshqarish imkoniyatlari hosil bo‘ladi.

3.2 Informatika faniga doir turli xil o`yin metodlari va ularning o`quvchilarning bilish jarayonidagi o`rni

Biz bu sohada juda ko`plab usul va vositalarni aytib o`tishimiz mumkin. Tajribalardan kelib chiqib, quyida Informatika fanini o‘qitishda samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan quyidagi o‘yinli texnologiyalardan namunalar keltirib o‘tamiz:



Breyn-ring. Bu o‘yin 2-guruhga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi qatnashgan jamoalar soni 2 tadan 5 tagacha bo‘lishi mumkin. Boshlovchi har bir guruhga qisqa javobli savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib boradi. Agar to‘plangan balni vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay, o‘yin davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha ballar kuyib ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi va to‘plagan balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi boshqa ishtirokchilar javob berishi lozim va ular ham o‘z jamoalari hisobiga ball to‘plash imkoniga ega bo‘ladilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball.

Anagramma. O‘yin 3-guruhga mansub bo‘lib, unda jamoalar Informatikaga oid so‘zlarni hosil qilishlari lozim bo‘ladi. Masalan: informatizatsiyalashtirish davri so‘zidan 5 daqiqa ichida AKT sohasiga oid so‘zlarni hosil qilish kerak. Bir marta olingan harf boshqa ishlatilmaydi, Mumkin bo‘lgan imkoniyatlar:



O‘lchov birliklari. Bu o‘yin ham 3-guruhga tegishli bo‘lib, aso­siy tushunchalar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlashga qaratilgan. Mi­sol sifatida, kompyuterning texnik ko‘rsatkichlarini belgilovchi kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari orasidagi mosliklarni aniqlash o‘quvchilar guruhlariga topshiriq qilib berilishi mumkin. Guruhlar ular orasidagi muvofiqlikni tez va to‘g‘ri aniqlashlari lozim.

Javoblar: 1-8, 2-7, 3-4, 4-6, 5-2, 6-9, 7-1, 8-3, 9-5



Ishonarli tarix. O‘yin 2-guruhga tegishli bo‘lib, o‘quvchilar xotira­sini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan. Bunda ular kelti­rilgan tarixiy voqeani diqqat bilan o‘rganib chiqib, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Misol: a) Microsoft firmasining asoschilari Bill Geyts va Pol Allen dastur tuzish uchun dastlabki buyurtmani olganlarida endigina 9-sinf o‘quvchilari bo‘lib, o‘zlarining yoshlarini sir tutishga majbur bo‘lganlar. Shu to‘g‘rimi? (Ha). b) Bill Geyts va Pol Allen «Altair» mashinasi uchun Beysik interpretatorini aynan o‘zlari yozganlar va uni barcha «Altair» foydalanuvchilari uchun bepul tarqatganlar. Shu to‘g‘rimi? (Yo‘q). s) Mark Sukenburg 2004-yil 4-fevralda «The Facebook» nomli saytini tashkil etadi. 2010-yilda u «Eng yosh milliarder» nomiga sazovor bo‘ladi. Shu rostmi?(Ha).

Domino o‘yini. O‘yin 5-guruhga tegishli bo‘lib, unda ikki kishi ishtirok etadi. O‘yinchilarga quyida tayyorlangan kartochkalar aralashtirilib, tarqatib beriladi. Har bir kartochka uchun berilgan savollarga mos javob noto‘g‘ri tashlanguncha o‘yin davom etadi. Noto‘g‘ri javob bergan o‘quvchi mag‘lub hisoblanadi. Agar o‘yinning oxirigacha barcha javoblar to‘g‘ri tashlansa, qo‘lida kartochka qolib ketgan talabani mag‘lub deyish mumkin.



Zanjir o‘yini. Guruh 4ga bo‘linib, har bir guruhdan 1 o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. 1 o‘quvchi fanga tegishli atamani aytadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi aytganini va o‘zinikini qo‘shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2 o‘quvchi aytgan atamalarga yana o‘zi yangisini qo‘shib aytadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi, eng oxiri o‘yindan chiqib ketmay qolgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. O‘yin xotirani mustahkamlashga juda qo‘l keladi.

Karrali sonlar. O‘yinda ishtirok etuvchi guruh talabalaridan tuzilgan jamoa o‘yinga shay turadi. Navbati bilan sonlar tartibi kel­tiriladi. Lekin to‘rtga karrali sonning navbati etganda, shu sonning o‘rnida talaba, albatta kompyuterning bironta buyrug‘ini yoki yordamchi klavishning vazifasini aytishi shart. Qoidani buzgan har bir o‘quvchi o‘yinni tark etadi. Ma’lum vaqt davomida o‘yinni faol davom ettirgan ishtirokchi g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani charxlashda juda samarali hisoblanadi.

Do‘stlar davrasida. O‘yin 3-guruhga tegishli bo‘lib, talabalar­ning bir necha nafari kompyuterning turli xil qurilmalari yoki opera­tsion tizimning turli xil buyruqlari vazifasini bajaradilar. Ular o‘zlarining do‘stlari ishtirok etgan davrani topib olishlari kerak. Buning uchun kompyuterning tashqi va asosiy qurilmalari yoki ichki va tashqi buyruq­lar bir-birini topib olishi kerak. Do‘stlar qo‘l ushlashib davra quradilar va o‘zlarini tavsiflab beradilar. Bu o‘yin bilimlarni mustahkamlaydi va talabalarda bir-birlariga bo‘lgan yordam hissini shakllantiradi.

Kim chaqqon? Guruh ikkiga bo‘linib, har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. Bir o‘quvchi fanga tegishli atamani o‘zining maydoniga yozadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi yozmagan qo‘shimcha atamani ishlatadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Kimning maydonida eng ko‘p to‘g‘ri, mantiqiy bog‘langan tushunchalar paydo bo‘lsa, shu jamoa g‘olib sa­naladi. O‘yin xotirani mustahkamlashda va takrorlashda qo‘llaniladi.

Men kimman? Bu kompyuterning qurilmalarini tavsiflashda eng yaxshi usuldir. Bir o‘quvchi o‘zining «Kimligini topolmayapti?» Unga boshqa o‘quvchilar yordamga keladi. «Men qanday qurilmaman?», «Men qayerda ishlatilaman?», «Eng yaxshi qobiliyatim qachon namo­yon bo‘ladi?», «Qaysi qurilmalar men bilan hamohang ishlaydi?» va hokazo. Qanchalik ko‘p savol berilib, sharhlar so‘ralsa, shunchalik o‘quvchi bali kamayadi. Kim topqirroq bo‘lsa, tezroq jumboqni yechishi kerak bo‘ladi. Nafaqat qurilmalarda keyinchalik dasturiy ta’minotlar, menyu bo‘limlarining vazifalarini tavsiflashda ham o‘yindan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. O‘yin o‘quvchida obyektlarning xususiyatlarini anglashda, xotirani rivojlantirishda, bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dasturchi va buyurtmachi. Dasturlash bo‘yicha o‘tiladigan dars mashg‘ulotlarida «Dasturchi va buyurtmachi» roli o‘yinini qo‘llashni tavsiya qilamiz. Unda buyurtmachi dasturchilar kompaniyasiga kelib, buyurtma qilinadigan dasturga bo‘lgan talablarni tavsiflaydi. «Menga muzqaymoqni reklama qiluvchi stend kerak», «Menga zamonaviy uyning loyihasi kerak». Mazkur topshiriq bo‘yicha kompaniya, ya’ni guruh a’zolari jamoalarga bo‘linib, vazifalarni taqsimlab oladi­lar. Uni talab darajasida bajaradilar. Ekspertlar guruhi topshiriqni bajarilish sifatini va kompaniya ishini baholashlari mumkin. O‘yin 4-guruhga mansub bo‘lib, o‘quvchida ijodiy fikrlash va o‘z qobiliyatlarini amaliy ishda sinab ko‘rish imkonini beradi.

Yuqoridagi barcha mulohazalarni umumlashtirib, o‘yinli texno­logiyalarni qo‘llash natijasida quyidagi mulohazalarni tavsiya etamiz:



  1. O‘yin turli yoshdagi bolalar faoliyatini rivojlantirishning mustaqil shakli hisoblanadi.

  2. O‘yinlar ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash faolligini oshirishdagi eng erkin shakldir.

  3. O‘yin rivojlantiruvchi amaliyot, sababi: bolalar o‘ynaganlari uchun rivojlanadilar, rivojlanish uchun o‘ynaydilar.

  4. O‘yin o‘z-o‘zini anglashda, o‘z-o‘zini boshqarishda aql va ijodda erkinlikdir.

  5. O‘yinda o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar, hodisalar va fanning mavjud xususiyatlarini tushuntirish uchun savollarni aniq ifodalay boshlaydilar.

  6. O‘yinda o‘quvchilar o‘z fikrini bayon eta va himoya qila oladilar.

  7. O‘yin bolalarning asosiy muloqot maydoni bo‘lib, unda o‘zaro shaxsiy muammolar hal etiladi. Insonlar orasidagi o‘zaro muno­sabatlar shakllanadi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o‘stiruvchi oddiy o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan intellektual o‘yinlardan iborat bir qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha o‘yinlarda o‘yinchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlash­tiradi va o‘ziga belgilangan vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining maqbul qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi bilgan va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida shakllanadi deb aytaolaman.

Xulosa.

Men bu mavzuni yoritishda o`z xulosam deb shuni ayta olamanki ma`lumki, insoniyat ibtidoiy jamoa tuzumi davridanoq o`zining jismoniy mеhnatini yengillatish maqsadida ko`plab tеxnologiyalarni vujudga kеltirgan ya’ni ular qo`l mеhnatini yengillatish uchun qurol yasab tеxnik mеxanizmlar yaratishga asos soldi. Jamiyat taraqqiyotining olg`a siljishi eng avvalo inson omiliga bog`liqdir. Shuning uchun ham inson o`z tafakkuri aql-zakovatini ko`proq ijodiy ishlariga jalb qilish shartligi e`tirof etilmoqda. yangidan yangi tеxnik qurilma va vositalarni kashf qilish insonni o`z yashash sharoitiga, qilayotgan ishiga, ilmiy-tеxnik izlanishlariga ijodiy yondashish samarasidir. XX asrga kеlib insoniyat qo`l mеhnatinigina emas, balki aqliy mеhnatini ham yengillatish ustida anchagina izlanish olib bordi. bu yo`lda ko`plab tеxnik qurilmalar yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi. Xuddi shunday tеxnik qurilmalardan biri kompyutеr – elеktr hisoblash mashinalari (EHM) dir.

Har birimizga ma`lumki ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiya­larini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masala­ning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasi­ga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.



Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari


1. Mirziyoyev . Sh. M. ” Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.:O’zbekiston 2017-y

2.Тayloqov.N va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari». 1-2 qismlar,

Тoshkent, «O’qituvchi». 2012 yil

3. Abduqodirov va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari» . 8-9 sinflar uchun. Тoshkent, «O’qituvchi»,2006 .

4. B.Boltayev va bosh. – «Informatika darsliklari» Тoshkent-2014

5. Azlarov Т. – «Informatikadan davlat ta’lim standartlari» Figurnov V.E. «IBM dlya polzovatelya». Moskva 2010



Internet saytlari.

1. www.Ziyonet.uz

2. arxiv.uz.com

3. www.acm.timus.ru

4.www.codeforces.ru




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling