Fizika mustaqil


Download 128.92 Kb.
bet3/5
Sana27.03.2023
Hajmi128.92 Kb.
#1298826
1   2   3   4   5
Bog'liq
fizika

TOVUSH CHASTOTASI (Hz):


Tovush hodisalarini o’rganuvchi fizika bo’limiga akustika deyiladi. Akustika umumiy fiziologik (bioakustika), arxitekturik, musiqiy va hakozo bo’limlarga bo’linadi.Tovush – (bu zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir) qulog’imiz seza oladigan chastotalarda zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir, ya’ni 16 – 2·104 Gs chastotadagi diapazondir. 16 Gs chastotadan kichik tebranishlarga infratovush (IT), 2·104 Gs dan kattalarini ultratovush (UT) deb ataladi. ITva UT larni qulog’imiz qabul qilmaydi.
Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo‘ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan.
Tovushning qattiqligi. 2-rasmdagi kamertonning sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg‘a bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha ma’lum uzoqlikka borib keladi. Bolg‘a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi.
Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlash ishiga tebranishlar amplitudasi deyiladi.
Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha kata bo’ladi.
2-rasm Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma’lum kattalikdan kichik bo‘lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1m2 yuzaga to’g’ri kelgan tovush quvvati 0.000001mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush quvvati 1 W/m2 ga borganda, inson qulog‘ida og‘riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi.
Tovushning qattiqligini 1858-yilda nemis fiziklari V.Veter va G.Fexner tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan G.Bell sharafiga qo’yilgan. Og’riq sezish bo’sag’asini 130dB deb qabul qilingan
(1 detsi bel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko’ra sekin suhbatniki 40dB, shovqinniki 80dB, samolyotniki 110–120 dB ga teng. Tovushning balandligini mexanik va elektr
qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. Masalan, karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo‘naltirib, tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (3-rasm)
ham shunday tovushni yo‘naltirib beradi.
3-rasm Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi
apparatlar bo‘lmaganida, «qulog’i og’ir» odamlar ruporni qulog‘iga qo‘yib eshitganlar.

Download 128.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling