5, O’QUVCHILARNING FIZIKADAN MUSTAQIL UY ISHLARINI TASHKILLASH.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda kompyuterning ahamiyati beqiyos ekanligini ko’rdik.
Ma’ruza va amaliy darslardagi mustaqil ishlarni tashkil etishda yahshi samara beradi.Ayrim labarotoriya ishlarida ham kompyuterdan voz kecholmaymiz.
Lekin amalda bajarsa bo’ladigan tajribalarni kompyuterda bajarsa aslidagidek bo’lmaydi.
Chunki “Aytsang unutaman, ko’rsatsang esda saqlayman, o’zim bajarsam idrok qilaman” degan gap bor.
XULOSA.
Hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki avvalo o’quvchilarni
mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar bajarishlari tushiniladi.
O’quvchilarni fizikadan o’quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlarga o’rgatish orqali o’quvchilarni fizika faniga qiziqishlarini oshirish.
Qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish.
O’quvchilarni mustaqil ishlar bilan ishlashlari orqali izlanishga undash.
Masala yechishda turli ish shakllardan foydalanish.
Sxemalar bilan ishlash.
AT dan foydalanib slaydlar va boshqa dasturlar bilan mustaqil ishlashlarini ko’rish mumkin.
Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlar bajarilishi mumkin:
-O’quv va ma’lumotnoma adabiyotlari bilan ishlash
-Masala yechishda turli ish shakllari
-Labaratoriyadagi ishlar
-Tarqatma materiallari bilan ishlash
-Sxemalar bilan ishlash
-Asbob va ko’rgazmalar tayyorlash
Mustaqil ish qanday bo’lishidan qat’iy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi.U mustaqil ish hajmini va mazmunini,darsdagi o’rnini,uslubini aniqlaydi,vazifa tuzadi,o’quvchilarga yo’llanma beradi,o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |