Fizika” ta’lim yo’nalishi 3-bosqichi F2 guruh talabasi Jabborov Shuxratbek


Miqdorlarga doir masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati


Download 55.56 Kb.
bet11/12
Sana16.01.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1095384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI JABBOROV SHUXRATBEK

Miqdorlarga doir masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to‘g‘ri va puxta shakllantirishda ko‘rgazmalilikning turli vositalari ya’ni geometrik figuralar modellari-yu har xil chizmachilik o‘lchash asboblaridan keng foydalanish kerak. Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo‘yicha taqqoslash asosida kiritiladi. Masalan: o‘qituvchi bolalarga 2 bo‘lak lentani ixtiyoriy uzunlikdagi 2 ta qog‘oz palaska va hakazolarni ustma-ust qo‘yish yo‘li bilan taqqoslashni taklif qilish mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so‘zlar yordamida ifodalari bilan kuzatiladi. Uzunliklar bo‘yicha “teng”, uzunliklari bo‘yicha “teng emas” so‘zlarining mazmunlari “Bir xil”, “Uzunroq”, “Qisqaroq” kabi tushunarliroq so‘zlar orqali aniqlanadi.
O‘quvchilar santimetr haqida ayoniy tasavvur olishlari uchun, ular o‘qituvchi raxbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim. Buning uchun katakli qog‘oz varog‘idan eng bir katta teng bo‘lgan uzun paloska qirqishlari kerak. Paloskalarni ustma-ust qo‘yib, bolalar ular o‘zaro teng ekaniga ishonch xosil qiladilar. Bunday paloskalarning har biri santimetrning modeli ekanligini tushuntiriladi. Santimetr modeli yordamida o‘quvchilar
1. Berilgan kesmani o‘lchash
2. Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash malakasini xal qilishni o‘rganib olishlari kerak.
O‘qituvchi 1 metrni yog‘och chizg‘ichni ko‘rsatadi va bu chizg‘ich metrning modeli ekanligini aytadi. Metr bilan tanishtrishda o’quvchilarga 1 metrli yog‘och chizg‘ichni ko‘rsatibgina qolmay u bilan qanday o‘lchashni ko‘rsatishi bunda o’quvchilarning o‘zlari sinfning doskaning, eshikning eni va bo‘yini mustaqil topa oladigan bo‘lishi muhimdir. O’quvchilar millimetr bilan keyinroq esa kilometr bilan tanishadilar. Kilometr bilan tanishtirilganda uzunlik o‘lchovining bu birligi haqida tasavvurni shakllantirish maqsadida er ustida amaliy ishlar o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu maqsadda o‘quvchilar o‘qituvchi boshchiligida 1 kilometrga yoki 500 metrga teng masofani o‘tishlari va bu masofani qancha vaqtda o‘tganliklarini aniqlashlari foydalidir.
O‘tilgan masofani yo qadamlar bilan ruletka o‘lchov lentasi bilan o‘lchaydilar.
1 km = 1000 m 1 dm = 10 sm
1 m = 10 dm 1 sm = 10 mm
1 m = 100mm = 1000 mm
Bu jadvalni o‘quvchilar esda saqlab qolishlari kerak. Har – xil predmetlarning so‘zlar orqali ifodalari bilan kuzatib borishgan. “Engil”, “Og‘irroq”, “Bir xil og‘irlikda”. Bolalar 6 - sinfda tanishadigan birinchi massa birligi kilogrammdir. Birinchi darsning o‘zidayoq pallali tarozida har – xil predmetlrni 1, 2, 5 kg li toshlari naborida foydalanib tortish bilan tanishtirish kerak.
Navbatdagi darsda xajm (sig‘im) o‘lchov birligi “litr” bilan tanishadilar ya’ni 1 litrli banka krujka kabilar bo‘lishi kerak. 6 – sinfda o‘quvchilarni savdo tarozisini tanishtirish tavsiya etiladi. Oziq – ovqat magaziniga ekskursiyaga olib chiqib “Massa o‘lchovlari” kg, s, tonna kabilar bilan tanshadi. “Vaqt o‘lchovlari” mavzusini o‘rganishda o’quvchilar vaqt o‘lchovining asosiy birliklari haqida aniq tasavvurgaega bo‘lishlari kerak. Bular yil, oy, xafta, sutka, soat, minut.
1. Tabel kalendar. Bu har bir o‘quvchida bo‘lishi kerak. Joriy yil uchun bunday tabel kalendarni o‘quvchilarni o‘zlari o‘qituvchilarni rahbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.
2. Soatlar demonstratsion modeli darslikda berilgan mashqlarni ko‘pchiligi siferblash bilan ishlashni talab qilganligi uchun har bir o‘quvchi modellarni tayyyorlagan bo‘lishi kerak.
3. Maktab o‘quvchilarn kundalik rejimi jadvallari “Vaqt” o‘lchovlari mavzusini o‘rganish vaqtiga qadar o‘quvchilar xafta bilan tanish bo‘ladilar.
- Bu yil 1 yanvar, 21 mart, 1 sentyabr xaftaning nechanchi kuniga to‘g‘ri keladi.
- Yilda uchinchi bo‘lib keluvchi oyning nomi nima? kabi
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklar bo‘lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. Mamlakatimiz xayotidan olingan misollar, zavod va fabrikalar 1-minutda bir ish kunida qancha maxsulot ishlab chiqarish haqidagi son ma’lumotlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
1 asr – 100 yil 1 sutka – 24 soat
1 yil – 12 oy 1 soat – 60 minut
1 oy - 30 yoki 31 sutka 1 minut – 60 sekund
Fevral oyi 28 yoki 29 sutka.

Xulosa
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftihor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi”dеgan edi.
Jamiyatda layoqatli, ishbilarmon, еtuk kadrlarga hamisha zarurat tug’iladi. Insoniyat rivojining tarixi uning talablarini qondirish va mavjud muammolarni hal etishga qodir munosib kadrlarga ehtiyoj sеzib kеlganidan guvohlik bеradi. Bu jamiyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida ham dolzarb masalalardan biri bo’lib kеlmoqda. Buning uchun esa kadrlar siyosati nеgizida ma'naviyat va ma'rifat, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish talab etiladi. Komil inson dеganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz.
Mustaqillikning dastlabki yilaridanoq yurtimizda ma'naviyatni yuksaltirishga juda katta e'tibor bеrilishi bеjiz emas, iqtisodiyotni rivojlantirish, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni jarayon siyosati saqnasiga olib chiqish kabi vazifalarni ma'naviyatni yuksaltirmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Ma'naviyatni yuksaltirish sohada muayyan muvafaqqiyatlarga eishilgach, jumladan, milliy tariximizni, xalqimizning g’ururi bo’lgan o’nlab va yuzlab allomalar xotirasini qayta tiklash, milliy an'ana va marosimlarni el-yurtimizga qaytarish kabi xayrli ishlar amalga oshirilgach, milliy mafkura va milliy istiqlol g’oyasi va mafkura masalalarini kun tartibiga qo’yish uchun ma'naviy asos yaratildi. Ana shu ma'naviy asos mamlakat taraqqiyotini ta'minlovchi yosh avlodni ma'naviy kamol toptirish, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash jarayonida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish komil insonni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanamiz.
Fizikada o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Shuning uchun “Fizika miqdorlar haqidagi fan, u miqdor tushunchasidan kelib chiqadi” deb bejiz aytilmagan. 6-7 sinfda quyidagi miqdorlar qaraladi: uzunlik, yuz, massa, hajm, vaqt va boshqalar.
6-7 sinflarda asosiy miqdorlarni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan “o’lchashni o’rgatish sanashni o’rgatish bilanbog’lanadi; yangi o’lchov birliklari tegishli sanoq birliklari kiritilgandan so’ng kiritiladi; ismli sonlarni yozilishi va o’qilishi sonlarni nomerlash bilan parallel o’rganiladi; arifmetik amallar abstrakt sonlar ustida va isimli sonlar ustida bajariladi. O’quvchilarning o‘lchov birliklari to‘g‘risidagi bilimlari va tasavvurlari ko’rgazmalilikning turli vositalari yani geometrik figuralarning modellari, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish, kuzatishlar asosida va har qaysi o‘quvchining alohida miqdorlarni o‘lchashga doir amaliy mashqlar ish natijalari asosida xulosa chiqarish o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Atrof-borliqni o’z kashfiyotlari orqali bilib olish o’quvchilar uchun juda qiziqarlidir.
Fizikani tevarak atrof, kundalik turmush bilan bog’lab o’qitishda yetuk olimlar, metodistlar, didaktiklar tomonidan asoslab berilgan nazariyalar hamda ilg‘or tajribali o‘qituvchilarni dars jarayonida olib borgan amaliy ishlariga tayanib bu mavzuni yoritib berishdagi 4 ta asosiy sabablarini ta’kidlab o’tish lozim:
1. Mahalliy materiallardan foydalanib darsni xayotiyligini ta’minlash.
2. Miqdorlar ustida ishlashda bu miqdorlarni turmush hayot bilan bog’lash.
3. Turli masalalar tuzish va yechish fizikani hayot bilan bog’lashdagi muhim vosita ekanligi.

4. O’quvchilarni jamoa va yakka tartibdagi ishlarini tashkil qilish uchun yahshi sharoit yaratadi.




Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling