Fizika texnika fakulteti
Kurs ishining dolzarbligi
Download 348.75 Kb.
|
Xudoyberdiyeva Surayyo... (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi.
- Kurs ishining predmeti
Kurs ishining dolzarbligi. Hamma yengil atomlarning Kompton hodisasida o’zini bir hil tutishi sochish prosessi fotonlarning elektronlar bilan to’qnashishidan iborat ekanligidan habar beradi. Haqiqatdan ham, yengil atomlarda elektronlar zaif bog’langan va Rentgen nurlarining ta’sirida o’z atomlaridan oson ajralgan. Shuning uchun birinchi taxminda Kompton prosesi fotonlarini erkin elektronlar sochib yuborishi deb hisoblash mumkin. Bu kurs ishining dolzarb masalasidir.
Kurs ishining maqsadi. hodisasi va Yorug’lik bosimi haqida ma’lumotlar berish. Harakatlanuvchi muhitlar tushunchasi va optikasi haqida yoritib berish. Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish; Kompton hodisasi va yorug'lik bosimi haqida ma’lumotlar berish; Kurs ishining predmeti: Mavzuga oid ilmiy va metodik adabiyotlarni o‘rganish va taxlil qilish, mavzuni o‘rganish davomida bilim va ko‘nikmalarni oshirish. Kurs ishining tuzilmasi: Ushbu “KOMPTON HODISASI” mavzusidagi kurs ishi: kirish, 3 ta bob, 11 ta reja, 5 ta rasm, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. I.BOB.KOMPTON HODISASI 1.1. Kompton hodisasining mohiyati va uning qonunlari Rentgen nurlarining modda tomonidan sochilishini o’rganish natijasida Kompton 1923-yilda muhum hodisa kash etdi. Bu hodisa bizning fotonlar haqidagi tasavvurlarimizni ancha chuqurlashtirdi. Kompton hodisasi shundan iboratki, Rentgen nurlarini yengil atomlar sochib yuborganda, bu nurlarning to’lqin uzunliklari o’zgaradi. Rentgen nurlarini og’ir atomlar sochib yuborganda ham yuz berishi aniqlandi, biroq bu hodisa murakkabroq bo’lib chiqdi. To’lqin nuqtai nazaridan rentgen nurlarining sochilishi moddada elektronlarning majburiy tebranishlariga aloqador bo’lib, bunda sochilgan yorug’likning chastotasi tushayotgan yorug’likning chastotasiga teng bo’lishi kerak. Kompton o’tkazgan puxta o’lchashlar shuni ko’rsatadiki, sochilgan rentgen nurlari orasida to’lqin uzunligi o’zgarmagan nurlardan tashqari to’lqin uzunligi kattaroq bo’lgan nurlar ham bo’lar ekan. Kompton tajribasining sxemasining 33.1-rasmda ko’rsatilgan. Rentgen nurlarining D1, D2 diafragmalar ajratilgan ensiz dastasini atomlari yengil bo’lgan modda (ko’mir, paraffin va boshqa moddalar) sochib yuboradi. Birlamchi dasta tarkibidagi to’lqin uzunligi ƛ ga teng bo’lgan monoxramatik rentgen nurlarigina bo’lsin. U holda sochilgan nurlar tarkibida ƛ bilan bir qatorda undan kattaroq ƛ’>ƛ to’lqin uzunligi ham bo’lar ekan. 33.2-rasm sochilgan Rentgen nurlarining sepektori haqida tassavur berdi. To’lqin uzunligining kuzatilgan Δƛ=ƛ’-ƛ o’zgarishi sochilayotgan Rentgen nurlarining to’lqin uzunligiga va sochayotgan jismning materialiga bog’liq emas, lekin sochilish yo’nalishiga bog’liq. Agar birlamchi dastaning sochilish yo’nalishi bilan sochilgan yorug’lik yo’nalishi orasidagi burchak debb belgilasak, to’lqin uzunlik o’zgarishining burchakka bog’lanishini quyidagicha ifodalash mumkin. , (182.1) Bu yerda k=0.0241 A tajribada aniqlangan doimiy bo’lib, to’g’ri burchak ostida sochilgan vaqtda to’lqin uzunligi o’zgarishini kattaligini ko’rsatadi. Shuni aytib o’tish kerakki yuqorida tilga olingan qonunlar uncha katta energiyaga ega bo’lmagan (ya’ni uncha qattiq bo’lmagan) nurlar va atomlari og’irliklari kichik (vadarod, uglerod va boshqalar) bo’lib, tarkibida atom yadrosiga qiyosan zaif bog’langan elektronlari bo’lgan moddalar uchungina to’g’ri bo’ladi. Download 348.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling