Fizika texnika fakulteti
Sensibillashtirilgan fotokimiyoviy reaksiyalar
Download 348.75 Kb.
|
Xudoyberdiyeva Surayyo... (1)
3.4. Sensibillashtirilgan fotokimiyoviy reaksiyalar
Agar hv > D bo’lsa, yuqrida aytib o’tilgandek, birlamchi fotokimiyoviy reaksiya amalga oshishi mumkin. Lekin buning uchun molekula ko’rsatilgan v chastotali yorug’likni yutishi kerak. Agar v chastota yutish polosasidan tashkarida bulsa, u holda yutish ham yo’q, fotokimiyoviy reaksiya ham yuz bermaydi. Lekin o’rganilayotgan moddaga yutish polosasiga v chastota kiradigan boshqa modda qo’shilsa, fotokimiyoviy parchalanish protsessini amalga oshirish mumkin bo’ladi. hv fotonni o’sha ikkinchi moddaning (sensibilizatorning) molekulasi yutadi va keyin shunday usulda olingan energiya zapasi to’qnashish vaqtida o’rganilayotgan moddaning molekulasiga uzatiladi. Bunday turdagi fotokimiyoviy reaksiyalar sen- sibillashtirilgan reaksiyalar deb ataladi. Bundasy reaksiyalarni amalga oshirish uchun parchalanayotgan moddaning molekulasi sensibilizatorning uyg’ongan molekulasi bilan bu molekula o’zining qo’shimcha energiyasini nurlanish (fluoressensiya) yoki boshqa biror usul bilan yo’qotishidan avval to’qnashishi kerak. Shuning uchun sensibilizator ta’sirining zarur sharti sifatida sensibilizator molekulalari bilan o’rganilayotgan modda molekulalari o’rtasida tez-tez to’qnashish imkoniyati, ya’ni yetarli bosimning (agar reaksiya gazlarda o’tayotgan bo’lsa) mavjudligi qabul qilinadi. Shunday protsessga misol sifatida vodorod va kisloroddan to’lqin uzunligi ƛ = 253,7 nm bo’lgan yorug’lik ta’sirida H2O2 vodorod angidridining hosil bo’lishini ko’rsatish mumkin. To’lqin uzunligi ƛ = 253,7 nm bo’lgan yorug’likni na vodorod, na kislorod atomlari yutmaydi va natijada ularning aralashmasida hech qanday reaksiya yuz bermaydi. Agar idishga simob bug’i kiritilsa bu bug’ to’lqin uzunligi ƛ = 253,7 nm b’lgan yorug’likni yaxshi yutishi sababli quyidagi sxema bo’yicha reaksiya boshlanadi: ( -simobning uyg’ongan atomini bildiradi) yoki boshqacha sxema bo’yicha reaksiya bo’ladi va vodorod atomlari kislorod bilan reaksiyaga kirishib, N2O2 hosil qiladi. Sensibillashtirilgan reaksiyalar ancha kup tarqalgan. Masalan, uglerodning assimilyasiya qilinish reaksiyasi sensibillashtirilgan reaksiya sifatida ko’rilishi mumkin; bu reaksiyada sensibilizator vazifasini o’simlikning barcha yashil qismlarida mavjud bo’lgan xlorofill bajaradi. Sensibilizatsiya fotografiya texnikasida keng qo’llaniladi. Download 348.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling