Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Download 343.29 Kb.
bet4/14
Sana08.02.2023
Hajmi343.29 Kb.
#1178155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
masala kurs ishi Hanifa

Nomlanishi. Barcha monosaxaridlar tarixiy nomlanadi. Hammasi –oza
qo`shimchasi bilan tugaydi. IUPAC nomenklaturasi amalda foydalanilmaydi.
Geksozalar.Geksozalar eng muhimlari:D-glukoza, D-mannoza, D-galaktoza va Dfruktoza.Umumiy formulasi C6H12O6D-glukoza(uzum shakari):

Halqali tuzilgan glukoza molekulasi turli fazoviy tuzilishga ega:
a)glukozaning alfa-shakli birinchi va ikkinchi uglerod atomlaridagi gidroksil
gruppalar molekula halqasining bir tomonida joylashgan.
b)glukozaning betta-shakli birinchi va ikkinchi uglerod atomlaridagi gidroksil
gruppalar molekula halqasining turli tomonlarida joylashgan.

Olinishi.
1)Butlerov 1861 -yilda eng oddiy uglevodlarni kalsiy gidroksid ishtirokida
formalindan sintez qilgan:
6CH2O→C6H12O6
2) Glukoza boshqa uglevodlar bilan bir qatorda fotosintez reaksiyalari natijasida
hosil bo`ladi. Bu reaksiya jarayonida quyosh energiyasi to`planadi:
6CO2+6H2O→ C6H12O6+6O2
3) Disaxaridlarni gidrolizlash orqali:
C12H22O11+H2O→C6H12O6+C6H12O6 reaksiyani umumiy ko`rinishi
a)saxaroza+suv→D-glukoza+D-fruktoza
b)maltoza+suv→2α-D-glukoza
c)laktoza+suv→galaktoza+glukoza
d)sellobioza+suv→β-glukoza+α-glukoza
Fizik xossalari.Glukozaga nisbatan lavlagi shakari shirin. Suvli eritmalaridan
C6H12O6∙H2O shaklidagi kristallogidratlar ajratib olinadi. Glukoza (uzum qandi)
shirin ta`mli, rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi.
Kimyoviy xossalari.
1 ) Aldozalar aldegilar kabi “kumush ko`zgu” reaksiyasini va Felling suyuqligini oson qaytaradi:
C6H12O6+Ag2O→C6H12O7+2Ag
CH2OH-(CHOH)4-CHO+Ag2O→CH2OH-(CHOH)4-COOH+2Ag↓
C6H12O6+2Cu(OH)2→C6H12O7+2CuOH+H2O
2) Glukoza vodorod bilan ta`sirlashganda bunda aldegid guruhi qaytariladi hamda
spirt (sorbit – 6 atomli spirt) hosil bo`ladi:
CH2OH – (CHOH)4 – CHO +H2→CH2OH – (CHOH)4 – CH2OH
3)Bijg`ish reaksiyalari:
a)Spirtli
C6H12O6→2C2H5OH+2CO2
b)moy kislotali
C6H12O6→C3H7COOH+2CO2+2H2
c)sut kislotali
C6H12O6→2CH3-CH(OH)-COOH
d)limon kislotali
C6H12O6→HOOC-CH2-C(COOH)(OH)-CH2-COOH+2H2O
e)glitserinli
C6H12O6→C3H5(OH)3+CH3-CH=O+CO2
4) Monosaxarid (glukozalar) ning gidroksil gruppalari alkil galogenidlar
(metilyodid, etilyodid vaboshqalar) yoki alkilsulfatlar (dimetilsulfat) bilan o‘zaro
reaksiyaga kirishganda oddiy efirlar hosil bo‘ladi.
Monosaxaridlar tarkibidagi gidroksil gruppalarining vodorodlari kislota qoldiqlari
bilan almashinib, murakkab efirlar hosil qiladi. Masalan, glukoza sirka angidridi
ta’sirida pentaasetil glukozaga o‘tadi.

Download 343.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling