Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Download 343.29 Kb.
bet6/14
Sana08.02.2023
Hajmi343.29 Kb.
#1178155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
masala kurs ishi Hanifa

1.2.Disaxaridlar
Disaxaridlar, biozalar,— C12H22O11 molekulalari ikki monosaxarid qoldig’idan tuzilgan uglevodlar, hammasi glikozidlar tipida tuzilgan. Qaytarish xossasiga ega bo’lmagan Disaxaridlarga 2 glyukoza qoldig’idan tuzilgan tregaloza (mikoza), glyukoza va fruktoza krldiklaridan tuzilgan saxaroza va boshqalar, qaytaruvchi xossali Disaxaridlarga maltoza, tsellobioza, laktoza va boshqalar kiradi. Disaxaridlar kristallanadi, suvda, 45-48°li spirtda eriydi; chuchmal. Kislotalar ta’sirida gidrolizlanganda monosaxaridlar hosil bo’ladi. Disaxaridlar o’simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan. Odatda, tabiiy manbalardan (masalan, saxaroza — qand lavlagi yoki shakarqamishdan, laktoza — hayvonlar sutidan) olinadi. Aksarisi kimyoviy va biokimyoviy usullar b-n sintezlanadi. Saxaroza, laktoza va maltoza — qimmatli oziq-ovqat va ta’m beruvchi moddalar.
Disaxaridlar orasida saxaroza (qand lavlagi shakari, shakar qarnish
shakari) tabiatda keng tarqalgan. U qand lavlagidan (quruq lavlagi tarkibida
28% gacha saxaroza bor), shakar-qarnishdan olinadi. Saxaroza fruktoza bilan
glukozadagi glukozid gidroksillari hisobiga suv chiqib ketishi natijasida hosil
bo'lgan qaytarilrnaydigan disaxarid.
Saxaroza oziq-ovqat mahsuloti sifatida katta ahamiyatga ega.
Saxaroza gidrolizlanganda glukoza va fruktoza hosil bo'ladi.
O'ngga buruvchi saxaroza gidrolizlanganda burish burchagini 0'zgartiradi
va chapga buruvchi fruktoza va o'ngga buruvchi glukoza aralashmasi hosil
bo'ladi. Bu hodisaga inversiya deyiladi. Hosil bo'igan aralashmani esa sun'iy
asal yoki invert shakar deyiladi. Inversiya katalizatori bO'lib, fermentlar va
kislotalar xizmat qiladi.
Sanoatda saxaroza ishlab chiqarish:
Saxaroza — shakar sanoatida qand lavlagi va shakar qamishdan toza holda ajratib olinadi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1.Tozalangan qand lavlagi maxsus kesgich(pichoq) moslama yordamida maydalanadi va diffuzor — qayta ishlash moslamasiga solinib qaynagan suv bilan ishlanadi. Qand lavlagi tarkibidagi shakar va boshqa moddalar (rang beruvchi, oqsil, kislotalar) suvli eritmaga o’tadi.
2. Turli qo‘shimchalar va keraksiz moddalardan tozalash uchun diffuzordagi eritma “ohak suti” — Ca(OH)2 eritmasi bilan aralashtirilsa kam eruvchan moddalar hosii bo’lib, cho’kmaga tushadi, shakar esa eritmada ancha tozalanib, Ca ning saxarati (Ca ioni spirt gruppalari hisobiga birikadi) CaC12H20O11 • 2H2O holida bo’ladi.
3. Eritmadan ortiqcha Ca(OH)2 va shakar tarkibidagi Ca+2 — ionlarini chiqarib yuborish maqsadida eritma orqali CO2 — gazi o’tkaziladi, CaCO3 hosil bo’lib cho’kmaga tushadi:
CaC12H20O11 • 2H2O + CO2 = C12H22O11 + CaCO3 + H2O
4. Hosil bo’lgan cho’kma filtrlab ajratib olinadi. Eritma vakuum moslamasida bug’latiladi. Hosil bo’lgan shakar kristallari sentrifugalash usuli bilan ajratib olinadi.
5. Lekin bunda barcha saxarozani to’liq ajratib olib bo’lmaydi. Uning 50% qismi eritmada qolib ketadi. Bu eritma “melassa” deb aytiladi. Uni .qayta ishlab turli moddalar (limon kislota) olinadi.
Ajratib olingan shakar moddasi sarg’ish rangli bo’ladi.
Chunki uning tarkibida rang beruvchi qo’shimchalar qisman qolgan bo’ladi. Bu moddalardan shakami tozalash uchun qay- tadan eritiladi va eritma aktivlashtirilgan ko’mir (adsorbent) bilan qayta ishlanadi. Eritma qaytadan bug’latiladi va qayta kristallash usuli bilan toza shakar olinadi.

Download 343.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling