Fizikadan laboratoriya ishlarida namoyishli tajribalari uzviyligini o’rganish”


II-bob.LABORATORIYA ISHLARI VA NAMOYISH TAJRIBALARINING AHAMIYATI


Download 176.5 Kb.
bet9/14
Sana24.12.2022
Hajmi176.5 Kb.
#1055392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Rasulov Shohruh kurs ishi FOM.toliq (2)

II-bob.LABORATORIYA ISHLARI VA NAMOYISH TAJRIBALARINING AHAMIYATI.

    1. Laboratoriya ishlarining ahamiyati va turlari.

Laboratoriya ishlari va fizik praktikum fizikadan olingan bilimlarni chuqurlashtirish, maxsus malaka va ko’nikmalarni shakllantirish bilan, bo’lajak mutaxassislarning kvalifikatsion tayyorgarlik darajasini ko’tarishga yordam beradi.
Asbooblar bilan ishlash, qurilmalarni yig’ish, asbob ko’rsatishlarini qayd qilish ko’nikmalarini singdirish usuli bo’lib laboratoriya ishlari xizmat qiladi. Laboratoriya ishlarining turlaridan biri bo’lgan frontal laboratoriya ishlarini ikki kishi yoki yakka shaxs bajaradi. Bunda hamma talabalar dars mavzusiga bo’g’liq bo’lgan bir xil tajriba bajaradi.
Oliy o’quv yurtlarida umumiy fizika kursi bo’yicha o’tkaziluvchi praktikumlar maktabdagidan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:

  1. Maktabda laboratoriya ishlari frontal bajarilsa oliy o’quv yurtlarida ayrim ishlarning tizmasi qatori bajariladi.

  2. Maktabda laboratoriya ishlari har xil mavzuni o’tgandan keyin bajarilsa, oliy o’quv yurtlarida ayrim ishlar, ular bilan tanishish chog’ida bajariladigan hollar uchraydi.

  3. Mazmuni va ilmiy darajasi bo’yicha farq qiladi.

  4. Qo’llaniluvchi asboblarning turli-tumanligi bo’yicha va boshqalar.

Laboratoriya praktikumining yutug’i quyidagi shartlarga bog’liliq:

  1. Birinchi kurs talabalarining ko’nikishi (oliy o’quv yurtining sharoitiga ko’nikishi).

  2. Fizika laboratoriyasining jihozlanganligi va zamonaviy talabga javob berishi.

  3. Laboraboratoriya praktikumi mavzusini to’g’ri tanlashi.

  4. Fizika laboratoriya xonasining jihozlanishi, tayyorlanishi, kerakli sharoitni yaratilishi, o’quv-axborot materiallarining sifati, laborantlarning kasbiy tayyorgarligi, texnologik malakasi, talabalarga muomalasi, o’qituvchining mahorati, insonparvarligi va boshqalar.

Laboratoriya ishlari ahamiyati bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Texnik ahamiyatli ishlar (o’lchov asboblari bilan ishlash, kattaliklarni o’lchash, o’lchash yo’llari bilan tanishish va boshqalar).

  2. Takrorlanuvchi ishlar (ishni tayyor ko’rsatma bo’yicha bajarish).

  3. Takrorlanuvchi – tadqiqot ahamiyatli ishlar.

Laboratoriyada talabaning ish bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Laboratoriya ishining nazariyasini o’rganish.

  2. O’qituvchi bilan suxbatlashish natijasida ishni bajarishga ruxsat olish.

  3. Qurilmalarni yig’ish, tekshirish, tajriba o’tkazish.

  4. O’lchashlarning yakunini chiqarish.

  5. Hisobot tayyorlash va o’qituvchiga topshirish.

Fizik praktikum laboratoriya ishlari kursning u yoki bu qismi o’rganib bo’lingandan so’ng o’tkaziladi, buning uchun alohida ishlar tanlab olinadi. Praktikumda o’quvchilar avval olingan vazifalarni ikki kishi bo’lib to’liq mustaqil bajaradi, bunda ular maxsus qo’llanmalardan foydalanadilar.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling