Fizikadan laboratoriya ishlarida namoyishli tajribalari uzviyligini o’rganish”


O’quvchining tushuntirish ishlarini tasvirlovchi tajribalar


Download 176.5 Kb.
bet8/14
Sana24.12.2022
Hajmi176.5 Kb.
#1055392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Rasulov Shohruh kurs ishi FOM.toliq (2)

O’quvchining tushuntirish ishlarini tasvirlovchi tajribalar. Masalan, aylana bo’ylab harakatni o’rganishda bu harakatni auditoriyada (sinfda) namoyish qilib ko’rsatishga zarurat yo’q, chunki o’quvchilar harakatning bu turini kundalik hayotda tez-tez uchratib, ko’rib yuradi. Biroq har bir o’qituvchi bu harakatni namoyish qilib ko’rsatish darsnning borishini jonlantirishini, o’quv materialining o’zlashtirilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini yaxshi biladi.
Tajribalarning yuqori pedagogik samaradorligi shu bilan bog’liqki, o’quvchilar tajribalar borishini faqat o’qituvchi aytgan nuqtai nazardan turib kuzatadailar, bunda o’qituvchi o’quvchilarning diqqatini o’rgaanilayotgan hodisani tushunish uchun muhim tomonlarigagina qaratgan bo’ladi.
O’rganilayotgan fizik hodisalarning texnikada qo’llanilishini ko’rsatib o’tiladigan va texnik qurilmalarning ishlash prinsipini o’rganiladigan tajribalar. Bunday tajribalarni namoyish qilish o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash va fizika fanining texnika bilan bog’liqligini ko’rsatish uchun zarur. Bunday tajribalarni bajarish jarayonida eng muhimi shundaki, o’quvchilar muayyan texnik ob’ektlarning ishlash prinsipini o’rganish bilan bir qatorda ularning avvalgi o’tilgan (o’rganilgan) fizik hodisalar haqidagi bilimlari mustahkamlanadi chuqurlashtiriladi.
O’quvchilarning fizik hodisalar olamiga qiziqishlarini uyg’otish uchun mo’ljallangan samarali tajribalar. Lui de Broylning ta’kidlashicha, hozirgi zamon fani – “har doim uzluksiz taraqqiyotni ta’minlab turuvchi yashirin harakatlanuvchi kuchlar bo’lib kelgan ajoyibotlar mahsulidir”. Samarali tajriba o’quvchilarning fizika faniga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otishga qodir.
O’qituvchi o’quvchilar oldiga muammo qo’yadigan va yechimi shu darsning o’zida topilishi kerak bo’lgan tajribalar.
O’quvchilarddan birining muammoni hal qilishda bildirgan fikr-mulohazalaridagi xatolikni tekshirish uchun mo’ljallangan tajribalar.
O’quvchilar o’qituvchining darslarda bajargan va ko’rsatgan ishlarini kuzatib, fizika laboratoriyasida ishlash usullari bilan tanishadilar va laboratoriya asboblari bilan ishlashni dastlabki malakasiga ega bo’ladilar. Bu malaka va ko’nikmalar o’quvchilarning laboratoriyadagi eksperimental ishlar o’tkazish jarayonida mustahkamlanadi. Shu sababli o’quv-fizik eksperiment sistemasiga o’quvchilar bajaradigan laboratoriya ishlari kiritilishi va bu ishlar ketma-ketligini ta’minlash zarur.
Nihoyat, 2 soat va ba’zilariga 4 soat ajratishga to’g’ri keladigan tadqiqot harakteridagi eng murakkab ishlarni fizik praktikumga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, maktab fizik eksperimenti sistemasiga quyidagilarni kiritish kerak:

  1. Hozirgi zamon fizikasining eksperimental asosini tashkil etuvchi fundamental tajribalar (bir qismi o’qituvchi bajaradigan namoyish tajribalar tarzida, bir qismi esa o’quvchilar bajaradigan laboratoriya ishlari tarzida bo’lishhi kerak);

  2. Pedagogik mulohazalardan kelib chiqadigan namoyish tajribalar;

  3. Frontal laboratoriya ishlari;

  4. Fizik praktikum.




Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling