- Fizika o`qitishda masalalar yechishning ahamiyati
- Fizika kursini o`rganishda masalalarni yechish nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lib, kursning katta qismi ularga bag`ishlangan. Yechish jarayonida o‘quvchilar turli tabiat hodisalarini o‘rganish usullarini o‘zlashtiradilar, yangi ilg‘or g‘oyalar va qarashlar, mamlakatimiz olimlarining kashfiyotlari, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar
-
- Fizika bo'yicha maktab masalalar echish kitoblarida ko'pincha mantiqiy va hisoblash masalalari mavjud. Ularni hal qilishning asosiy usullari turli xil mantiqiy va matematik kombinatsiyalar ko'rinishlaridada bo’ladi. Masalani hal qilish jarayoni muammoning holatini uning talabi bilan bosqichma-bosqich bog'lanishlardan iborat. Fizikani o‘rganishni boshlagan o’quvchilar fizikadan masalalarni yechish tajribasiga ega bo‘lmaydilar, lekin matematikadan masalalar yechish jarayonining ayrim elementlarini fizika masalalarini yechishga tadbiq etishlari mumkin.
- Masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarning bilimlari konkretlashtiriladi, hodisalarning mohiyati to‘g‘risida tushuncha hosil bo‘ladi, fizik tushunchalar va miqdorlar haqiqiy ma’noga ega bo‘ladi, o‘quvchi fikr yuritish, sabab-natija munosabatlarini o‘rnatish, asosiy qonuniytlarni ajratib ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalalarni yechish talabalar bilimini ongli qilish, ularni formalizmdan qutqarish imkonini beradi.
- Masalalarni tizimli yechish o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga, ularni olimpiadalarda qatnashishga tayyorlashga, ijodiy izlanishlariga yordam beradi; mehnatsevarlik, matonat, iroda, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilishning yaxshi vositasidir. O’quvchilarni fizikadan masalalarni yechishga o'rgatish eng qiyin pedagogik muammolardan biridir.
- Masalalar yechishning klassifikatsiylari
- Mazmuniga ko’ra:
- • mavhum,
- • fanlararo mazmun bilan,
- • texnik,
- • tarixiy,
- • fizika kursining ayrim bo'limlaridan.
- Didaktik maqsadlarga ko’ra:
- • ijodiy,
- • tadqiqot;
- • boshqaruv.
Do'stlaringiz bilan baham: |