Vakuumdan linzani muxitga o’tkazilsa, fokus masofasi orta, optik kuchi esa kamayadi.
Agar yig’uvchi linzani absalyut siindirish ko’rsatkichi linzanikiga nisbatan kattaroq bo’lgan muxitga kiritilsa, yig’uvchi linza sochuvchi linzaga aylanadi.
Agar sochuvchi linzani absalyut siindirish ko’rsatkichi linzanikiga nisbatan kattaroq bo’lgan muxitga kiritilsa, sochuvchi linza yig’uvchi linzaga aylanadi.
Lupa
Fokus masofasi kichik bo’lgan (odatda 10sm.dan oshmaydigan) yig’uvchi linza yoki linzalar to’plami lupa deyiladi.
Mayda narsalarni ko’zdan kechirishda ko’rish burchagini oshirish uchun lupa ishlatiladi.
Oddiy ko’z bilan balandlikdagi jismning eng yaxshi masofasidan ko’rish burchagi tangensi quyidagicha(107-a,rasm):
Lupa bilan shu jismni ko’rish uchun lupa ko’zga yaqin tutilib, jism lupaning fokal tekisligiga qo’yiladi. Bunda jismning istalgan nuqtasidan kelayotgan nur lupadan o’tib parallel nurlar dastasini xosil qiladi. Natijada ko’rish burchagi tangaensi quyidagicha (107-b,rasm):
107-rasm
Lupaning kattalashtirishi quyidagicha:
Lupa yordamida buyumning ko’z tubida teskari, kattalashgan, haqiqiy tasviri hosil qilinadi. Lekin lupa buyumni istalgancha kattalashtirib bera olmaydi, chunki kichik radiusli linzalardagina fokus masofasi kichik bo’lish mumkin.
Mikroskop
Mikroskop asosan ikkita linzadan iborat. Birinchi linza ob’ektiv deb ataladi va bu linza buyumning kattalashgan, teskari, haqiqiy tasvirini hosil qilish kerak. Buning uchun buyum ob’ektivning fokus masofasi bilan ikkita fokus masofasi oralig’iga qo’yiladi. Ikkinchi linza esa okulyar deb ataladi va bu linza ob’ektiv hosil qilgan ko’zga parallel nurlar dastasiga aylantirib tushirish uchun xizmat qiladi. Buning uchun okulyar shunday joylashtiriladiki, bunda ob’ektiv hosil qiladigan tasvir okulyarning fokal tekisligi ustiga tushadigan bo’lishi kerak.
108-rasm
Nurning mikroskopdagi yo’li 108-rasmda tasvirlangan. AB – buyumning o’lchami; A1B1 – ob’ektiv hosil qilgan tasvir o’lchami; A2B2 – ko’zdagi tasvir o’lchami.
Mikroskop buyumning ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan qismlarini ko’rishga yordam beradi.
Mikroskop yordamida buyumning kattalashgan, to’g’ri. haqiqiy tasviri hosil qilinadi.
Mikroskopning kattalashtirishi quyidagicha:
Bu yerda: d0 = 25 sm - eng yaxshi ko’rish masofasi. F1F2 – ob’ektiv va okulyarning fokus masofalari
L – okulyar va ob’ektiv orasidagi masofa
Teleskop.
Teleskop yordamida juda uzoq masofalar (galaktikalar, yulduzlar, planetalar) ni kuzatish ishlari olib boriladi.
Teleskop ikkita linza – okulyar va ob’ektivdan iborat.
Teleskopning kattalashtirishi quyidagicha:
.
Kuzatiladigan masofaning o’zgarishiga ko’zning moslashuvi ko’z akkomodasiyasi deyiladi
Akkomodasiyaning eng yaqin nuqtasi eng yaxshi ko’rish masofasi deyiladi. Normal ko’z uchun bu masofa d0 = 25 sm.
Ko’zoynak
112-rasm
|
113-rasm
|
Ba’zi kishilarning ko’zi zo’riqmaganholda uzoqdagi buyumning tasvirini to’r pardada emas, balki uning oldida hosil qiladi (112-a,rasm). Bunday kishilar uzoqni yaxshi ko’ra olmaydilar. Ko’zning bunday nuqsoni yaqindan ko’rarlik deyiladi.yaqindan ko’rar ko’z buyumni biror masofagacha aniq ko’radi, undan uzoqlashsa ko’rish xiralasha boshlaydi.Va ko’z akkomodasiyasining eng uzoq nuqtasi cheksizlikda bo’lmaydi. Yaqindan ko’rar ko’zning eng yaxshi ko’rish masofasi ham 25 sm.dan kichik bo’ladi. Ko’zning yaqindan ko’rarlik nuqsoni sochuvchi linzalar o’rnatilgan ko’zoynak (-ko’zoynak) taqish orqali tuzatiladi. Parallel nurlar bunday linza orqali o’tar ekan ko’zga cheksizlikdan kelayotgandek ko’rinadi va tasvir to’r pardada xosil bo’ladi (112-b,rasm).
Ko’zning uzoqdagi narsalar tasviri to’r parda orqasiga tushishi bilan bog’liq nuqsoni uzoqdan ko’rarlik deyiladi. Uzoqdan ko’rar ko’zning eng yaxshi ko’rish masofasi 25 sm dan katta bo’ladi. Uzoqni ko’rarlik yig’uvchi linzalar o’rnatilgan ko’zoynak (+ ko’zoynak) taqish bilan tuzatiladi. Uzoqdagi narsalarni ko’rish uchun linzaning optikaviy kuchi parallel nurlar ko’zning to’r pardasida fokuslanadigan darajada bo’lishi kerak (113-rasm).
Agar nuqsonli ko’zning eng yaxshi ko’rish masofasi d1 bo’lsa, bu ko’z uchun tavsiya etiladigan ko’zoynakning optik kuchi quyidagicha:
[dptr]
Bu yerda: d0=25 sm,
Do'stlaringiz bilan baham: |