Fizikadan masalalar yechish texnologiyalari 1-mavzu. Nuqta kinematikasi, Qattiq jism kinematikasiga doir masalalar yechish
Download 1.49 Mb.
|
Физикадан масалалар ечиш технологиялари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amper kuchi magnit induksiyasi, tok kuchi, o’tkazgich qismining uzunligi va magnit induksiyasi bilan o’tkazgich qismi orasidagi burchak sinusi ko’paytmasiga teng.
- Lorens kuchi va yo’nalishi
- Magnit oqimi. Elektromagnit induksiya qonuni
- 5 -ilova
- Masalalar yechishning texnologik xaritasi
- Vizual materiallar 1-ilova Mavzu
- O’quv faoliyatining natijalari
- 2 -ilova 3 -ilova
O’ng parma qoidasi: Agar o’ng parmaning ilgarilanma harakati yo’nalishi o’tkazgichdagi tok yo’nalishi bilan bir xil bo’lsa, u holda parma dastasining aylanish yo’nalishi magnit induksiya vektorining yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi (75-a-rasm).
Agar tokli o’tkazgich aylanma tok bo’lsa va tokning aylanish yo’nalishi bilan o’ng parmaning aylanish yo’nalishi bir xil bo’lsa, u holda parmaning ilgarilanma harakat yo’nalishi magnit induksiya vektori yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi (75-b-rasm).
Tokli o’tkazgichlarda tok yo’nalishlari bir xil bo’lsa ular tortishadi, tok yo’nalishlari har xil bo’lsa ular itarishadi. Tok yo’nalishi deb musbat zaryadli zarralar yo’nalishi qabul qilingan (76-a,b-rasm).
: [Tl] Bu yerda: μ0=4*10-7 [N/A2=Gn/m]-magnit doimiysi; k=2*10-7 [N/A2=Gn/m]- proporsionallik koeffi-sienti; μ0 =2 π k; μ – tokli o’tkazgich kiritilgan muxitning magnit singdiruvchanligi. Amper kuchi va yo’nalishi Magnit maydoni tomonidan tokli o’tkazgichga ta’sir qiladigan kuch Amper kuchi deyiladi. Amper kuchi magnit induksiyasi, tok kuchi, o’tkazgich qismining uzunligi va magnit induksiyasi bilan o’tkazgich qismi orasidagi burchak sinusi ko’paytmasiga teng. Magnit maydoni tomonidan magnit maydoniga kiritilgan to’g’ri tokli o’tkazgichning l uzunligiga ta’sir qiladigan kuch quyidagicha: [N] Chap qo’l qoidasi: Agar chap qo’limizni induksiya vektorining o’tkazgichga perpendikulyar bo’lgan tashkil etuvchisi kaftimizga kiradigan qilib tutib, yoyilagn to’rt barmoq tok yo’nalishi bo’yicha ochilsa, 900ga kerilgan bosh barmog’imiz esa o’tkazgich kesmasiga ta’sir etuvchi kuchning yo’nalishini ko’rsatadi (77-rasm). Bir-biridan d masofada joylashgan va l uzunlikka ega I1 va I2 parallel toklarning ta’sir kuchi:
Lorens kuchi va yo’nalishi Harakatlanayotgan zaryadli zarraga magnit maydoni tomonidan ta’sir qiluvchi kuch Lorens kuchi deyiladi. Magnit maydonida harakatlanayotgan elektr zaryadga ta’sir etuvchi kuch , shu zaryad miqdori, zaryad tezligi, magnit maydon induksiya vektori, tezlik bilan induksiya vektori orasidagi burchak sinusi ko’paytmasiga teng.
Lorens kuchi zarraning kinetik energiyasini va tezligining modulini o’zgartirmaydi, faqat tezlik yo’nalishini tinimsiz o’zgartiradi. Shuningdek Lorens kuchi bajargan ishi xam nolga teng. Magnit oqimi. Elektromagnit induksiya qonuni Agar S yuzga tushirilgan perpendikulyar bo’lsa, yuza orqali o’tadigan magnit induksiya oqimi deb, magnit induksiya vektorining moduli B, S yuza hamda va vektorlar orasidagi burchak kosinusi ko’paytmasiga aytiladi. [Vb]
4-ilova Aktiv uzunligi 5 sm bo’lgan o’tkazgichga 50 mN kuch bilan ta’sir qilib turgan magnit maydon induksiyasi qanday? O’tkazgichdagi tok kuchi 25 A. O’tkazgich magnit maydon induksiyasiga perpendikulyar joylashgan.
[7]dan 134, 136, 138, 140, 142, 144, 146 masalalarni birin ketin yechtiradi 5-ilova Mustaqil ish uchun vazifa: [7]dan. 135, 137, 139, 141, 143, 145, 147, 149, 151, 153 7-mavzu. Yorug’lik to’lqin nazariyasi elementlari, geometrik optika va fotometriyaga doir masalalar yechish. 7.1. Masalalar yechishning o’qitish texnologiyasi
Masalalar yechishning texnologik xaritasi
Vizual materiallar 1-ilova Mavzu: Yorug’lik to’lqin nazariyasi elementlari, geometrik optika va fotometriyaga doir masalalar yechish. Reja: 1. Fotometriya. Qaytish qonunlariga doir masalalar yechish. 2. Yorug’likning sinish qonunlariga doir masalalar yechish. 3. Linza. Optik asboblarga doir masalalar yechish. Darsning maqsadi: Yorug’lik to’lqin nazariyasi elementlari, geometrik optika va fotometriyaga doir masalalar yechish va nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash. O’quv faoliyatining natijalari: - Fotometriya. Qaytish qonunlariga doir masalalarni tushunadi va yechadi; - Yorug’likning sinish qonunlariga doir masalalarni tahlil qiladi; - Linza. Optik asboblarga doir massalarini hisoblashni o’ganadilar;
3-ilova Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling