Fizikadan masalalar yechish texnologiyalari 1-mavzu. Nuqta kinematikasi, Qattiq jism kinematikasiga doir masalalar yechish


Download 1.49 Mb.
bet26/39
Sana31.10.2020
Hajmi1.49 Mb.
#139389
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Физикадан масалалар ечиш технологиялари

O’ng parma qoidasi: Agar o’ng parmaning ilgarilanma harakati yo’nalishi o’tkazgichdagi tok yo’nalishi bilan bir xil bo’lsa, u holda parma dastasining aylanish yo’nalishi magnit induksiya vektorining yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi (75-a-rasm).

Agar tokli o’tkazgich aylanma tok bo’lsa va tokning aylanish yo’nalishi bilan o’ng parmaning aylanish yo’nalishi bir xil bo’lsa, u holda parmaning ilgarilanma harakat yo’nalishi magnit induksiya vektori yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi (75-b-rasm).

75 -a-rasm



75-b-rasm



Tokli o’tkazgichlarda tok yo’nalishlari bir xil bo’lsa ular tortishadi, tok yo’nalishlari har xil bo’lsa ular itarishadi. Tok yo’nalishi deb musbat zaryadli zarralar yo’nalishi qabul qilingan (76-a,b-rasm).

76-a-rasm

76-b-rasm

:

[Tl]

Bu yerda: μ0=4*10-7 [N/A2=Gn/m]-magnit doimiysi; k=2*10-7 [N/A2=Gn/m]- proporsionallik koeffi-sienti; μ0 =2 π k; μtokli o’tkazgich kiritilgan muxitning magnit singdiruvchanligi.



Amper kuchi va yo’nalishi

Magnit maydoni tomonidan tokli o’tkazgichga ta’sir qiladigan kuch Amper kuchi deyiladi.



Amper kuchi magnit induksiyasi, tok kuchi, o’tkazgich qismining uzunligi va magnit induksiyasi bilan o’tkazgich qismi orasidagi burchak sinusi ko’paytmasiga teng.

Magnit maydoni tomonidan magnit maydoniga kiritilgan to’g’ri tokli o’tkazgichning l uzunligiga ta’sir qiladigan kuch quyidagicha:



[N]

Chap qo’l qoidasi: Agar chap qo’limizni induksiya vektorining o’tkazgichga perpendikulyar bo’lgan tashkil etuvchisi kaftimizga kiradigan qilib tutib, yoyilagn to’rt barmoq tok yo’nalishi bo’yicha ochilsa, 900ga kerilgan bosh barmog’imiz esa o’tkazgich kesmasiga ta’sir etuvchi kuchning yo’nalishini ko’rsatadi (77-rasm).

Bir-biridan d masofada joylashgan va l uzunlikka ega I1 va I2 parallel toklarning ta’sir kuchi:



Magnit maydoniga kiritilgan tokli berk konturda yuzaga keladigan burovchi moment (α- magnit maydoni yo’nalishi bilan kontur tekisligiga tushirilgan normal orasidagi burchak, S- kontur yuzi) :



[N∙m]

77-rasm



Lorens kuchi va yo’nalishi

Harakatlanayotgan zaryadli zarraga magnit maydoni tomonidan ta’sir qiluvchi kuch Lorens kuchi deyiladi.



Magnit maydonida harakatlanayotgan elektr zaryadga ta’sir etuvchi kuch , shu zaryad miqdori, zaryad tezligi, magnit maydon induksiya vektori, tezlik bilan induksiya vektori orasidagi burchak sinusi ko’paytmasiga teng.



Agar chap qo’limizni V magnit induksiyasining zaryad tezligiga perpendikulyar bo’lgan tashkil etuvchisi kaftimizga kiradigan qilib tutib , yoyilgan to’rt barmog’imiz musbat zaryad yo’nalishida (manfiy zaryad yo’nalishiga teskari yo’nalish) ochilsa, 900 ga kerilgan bosh barmog’imiz zaryadga ta’sir etuvchi FL Lorens kuchining yo’nalishini ko’rsatadi.(79-rasm)

79-rasm


Lorens kuchi zarraning kinetik energiyasini va tezligining modulini o’zgartirmaydi, faqat tezlik yo’nalishini tinimsiz o’zgartiradi. Shuningdek Lorens kuchi bajargan ishi xam nolga teng.



Magnit oqimi. Elektromagnit induksiya qonuni

Agar S yuzga tushirilgan perpendikulyar bo’lsa, yuza orqali o’tadigan magnit induksiya oqimi deb, magnit induksiya vektorining moduli B, S yuza hamda va vektorlar orasidagi burchak kosinusi ko’paytmasiga aytiladi.

[Vb]

Solenoiddan (simli g’altak) o’tuvchi magnit indksiya oqimi.(N-o’ramlar soni, l-g’altak uzunligi,I -altakdagi tok kuchi)



Agar solenoid ichiga ikki xil μ1 va μ2 magnit singdiruvchanlikka ega bo’lgan o’zaklar kiritilsa, magnit oqimi quyidagicha: (l1 ,l2 --1-va 2- o’zaklar uzunliklari).




4-ilova

Aktiv uzunligi 5 sm bo’lgan o’tkazgichga 50 mN kuch bilan ta’sir qilib turgan magnit maydon induksiyasi qanday? O’tkazgichdagi tok kuchi 25 A. O’tkazgich magnit maydon induksiyasiga perpendikulyar joylashgan.

Berilgan

F=50 mN=5*10-2 N



I=25 A

α=900



B=?

Echish

;

Hisoblash



[7]dan 134, 136, 138, 140, 142, 144, 146 masalalarni birin ketin yechtiradi
5-ilova

Mustaqil ish uchun vazifa: [7]dan. 135, 137, 139, 141, 143, 145, 147, 149, 151, 153


7-mavzu. Yorug’lik to’lqin nazariyasi elementlari, geometrik optika va fotometriyaga doir masalalar yechish.

7.1. Masalalar yechishning o’qitish texnologiyasi


Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 25-30 nafar

O’quv mashg’ulotining shakli

Amaliy, aqliy hujumdan foydalangan holda

Amaliy mashg’ulotining rejasi

1. Fotometriya. Qaytish qonunlariga doir masalalar yechish.

2. Yorug’likning sinish qonunlariga doir masalalar yechish.

3. Linza. Optik asboblarga doir masalalar yechish.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Yorug’lik to’lqin nazariyasi elementlari, geometrik optika va fotometriyaga doir masalalar yechish va nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.

Pedagogik vazifalar:

- Fotometriya. Qaytish qonunlariga doir masalalarni tushuntirish va yechish;

- Yorug’likning sinish qonunlariga doir masalalarni tahlil qilish;

- Linza. Optik asboblarga doir massalarini hisoblashni o’gatish;



O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- Fotometriya. Qaytish qonunlariga doir masalalarni tushunadi va yechadi;
- Yorug’likning sinish qonunlariga doir masalalarni tahlil qiladi;
- Linza. Optik asboblarga doir massalarini hisoblashni o’ganadilar;


O’qitish uslubi va texnikasi

Amaliy, aqliy hujum, blis-so’rov, bayon qilish, “FSMU”, klaster, insert, “Qanday” texnikasi

O’qitish vositalari

Fizikadan masalalar to’plami, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O’qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Doska, bo’r, proektor, kompyuter bilan jihozlangan auditoriya


Masalalar yechishning texnologik xaritasi

Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

talaba

1-bosqich.

Kirish (10 min).



1.1.Mavzu, reja, uning maqsadi va o’quv faoliyatining natijalari ma’lum qilinadi (1- ilova).

1.1. Eshitadi, yozib

oladi.



2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun aqliy hujum savol javob o’tkazadi (2 -ilova)

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda masalalar yechishga doir asosiy formulalar bilan tanishtiradi va auditoriyada [7]dan 134, 136, 138, 140, 142, 144, 146 masalalarni birin ketin yechtiradi (3-,4-ilovalar)

2.3. Talabalarga masalalarning asosiy tushunchalariga e’tibor qilishni va yozib olishlarini ta’kidlaydi.


2.1. Eshitadi. O’ylay di, javob beradi.

Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi

2.2. Ilovada berilgan ma’lumotlarni asosiy joylarini yozib oladilar berilgan masalalarni yechadilar.

2.3. E’tibor qaratadi, yozib oladi.



3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.

3.2. Mustaqil ish uchun vazifa: [7]dan. 135, 137, 139, 141, 143, 145, 147, 149, 151, 153 masalalarni yechishni vazifa qilib beradi, baholaydi. (5-ilova)



3.1. Eshitadi,

aniqlashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi, baholarni eshitadi.



Vizual materiallar

1-ilova

Mavzu: Yorug’lik to’lqin nazariyasi elementlari, geometrik optika va fotometriyaga doir masalalar yechish.
Reja:

1. Fotometriya. Qaytish qonunlariga doir masalalar yechish.

2. Yorug’likning sinish qonunlariga doir masalalar yechish.

3. Linza. Optik asboblarga doir masalalar yechish.



Darsning maqsadi: Yorug’lik to’lqin nazariyasi elementlari, geometrik optika va fotometriyaga doir masalalar yechish va nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.

O’quv faoliyatining natijalari:

- Fotometriya. Qaytish qonunlariga doir masalalarni tushunadi va yechadi;

- Yorug’likning sinish qonunlariga doir masalalarni tahlil qiladi;

- Linza. Optik asboblarga doir massalarini hisoblashni o’ganadilar;



Aqliy hujum savollari

1. Fotometriya deganda nimani tushunasiz?

2. Yorug’likning qaytish qonuni deb nimaga aytiladi?

3.Yorug’likning sinish qonuni deb nimaga aytiladi?


4.Linzaning optik kuchi deb nimaga aytiladi?
5.Linzaning kattalashtirishi deb nimaga aytiladi?


2-ilova

3-ilova

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling