OPTIKA
Fotometriya
Fotometriya - Yorug’lik energiyasining o’lchash usullarini o’rganuvchi optikaning bir bo’limi.
Yorug’lik manbaining o’lchamlari shu manba ta’siri baxolanadigan masofalardan ancha kichik bo’lsa, bunday yorug’lik manbaini nuqtaviy manba deyiladi.
Fazoviy burchakning kattaligi deganda sferik segment yuzining sfera radiusining kvadratiga nisbati tushuniladi.
1 steradianga teng fazoviy burchak sferadan sfera radiusining kvadratiga teng yuza ajratadi. Nuqta atrofidagi butun fazoni qamrovchi to’liq fazoviy burchak quyidagicha:
Biror sirt orqali vaqt birligi ichida o’tadigan va ko’rish tuyg’usi bilan baxolanadigan yorug’lik energiyasi yorug’lik oqimi deyiladi. Boshqacha qilib aytganda , yorug’lik oqimi nurlarining biz ko’zimiz sezadigan qismiga tegishli quvvatidir. Agar biror manba biror t vaqt ichida atrofga W energiyaga ega bo’lgan ko’rinuvchi nurlar nurlasa, yorug’lik oqimi quyidagicha:
Yorug’lik manbaidan birlik fazoviy burchakda hosil bo’lgan yorug’lik oqimi shu manbaning yorug’lik kuchi deyiladi.
Agar manba Ω fazoviy burchakda F yorug’lik oqimi xosil qilsa, manba yorug’ligining kuchi I quyidagicha:
Tuliq fazoviy burchak 4π st.dan iborat bo’lgani uchun nuqtaviy manbaning kuchi quyidagicha:
Yuzaning biror qismiga tushuvchi F yorug’lik oqimining shu qismning yuziga nisbati E yoritilgshanlik deyiladi.
Agar manbani nuqtaviy va sfera markaziga joylashtirilgan deb xisoblasak yoritilganlik quyidagicha:
Agar biror sirtga yorug’lik manbaining nuri R masofada turgan sirtga α burchak ostida tushsa, yoritilganlik quyidagicha:
Sirtning ravshanligi deb yorug’lik kuchi ning yorug’lik nuriga tik yuzaga nisbatiga aytiladi.
Geometrik optika
Geometrik optika - yorug’lik nurining yo’nalishini, sinish, qaytish, qonunlarini o’rganadigan optikaning bir bo’limi. Geometrik optika yorug’lik nurining ichki xususiyatlarini o’rganmay, balki nurni faqat to’g’ri chiziq deb xisoblaydi.
Yorug’likning qaytish qonuni: Tushuvchi nur, qaytgan nur va ikki mugarasiga nurning tushush nuqtasidan o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi α qaytish burchagi γ ga teng.
Botiq va qavariq ko’zgular uchun ko’zgu formulalari quyidagicha:
Botiq ko’zguda d>F holatda
|
Botiq ko’zguda d holatda
|
Qavariq ko’zguda
|
Do'stlaringiz bilan baham: |