Fizikadan masalalar yechish texnologiyalari 1-mavzu. Nuqta kinematikasi, Qattiq jism kinematikasiga doir masalalar yechish


Labaratoriya usuli(Maykelson usuli)


Download 1.49 Mb.
bet35/39
Sana31.10.2020
Hajmi1.49 Mb.
#139389
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Физикадан масалалар ечиш технологиялари

4.Labaratoriya usuli(Maykelson usuli). Maykelson Fizo va Fuko tajribalarini takomillashtirib 8 qirrali aylanuvchi prizmatik ko’zgudan foydalandi. Oralig’i S=35,373 km bo’lgan Vilson va San-antoniya tog’larida tajriba o’tkazdi. Maykelson yorug’lik tezligini 299796 km/s chiqardi (116-rasm).

Keling Maykelson tajribasida prizmatik ko’zgu qirralar soni N , aylanish chastotasi ν, A va B nuqtalar orasidagi masofa bo’lsin. Nur barcha yo’lni o’tib ko’zguning boshqa qirrasiga tushganda ko’zgu kta qirraga burilgan bo’lsin. Bunda yorug’lik tezligi quyidagicha:



Eng zamonaviy usullar yorug’likning vakkuumdagi tezligini juda aniq o’lchashga imkon berdi. Yorug’likning vakkuumdagi tezligi quyidagicha: s=299792,2±1,1 m/s

Yorug’lik interferensiyasi

Chastotalari bir xil, faza farqlari o’zgarmas bo’lgan to’lqinlarning uchrashganda bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishiga interferensiya deyiladi.

Bir xil chastotali va fazalar farqi o’zgarmas bo’lgan to’qinlar o’zaro kogerent to’lqinlar deyiladi.

.






118-rasm




Bundan yo’llar farqi quyidagicha:



Agar l >> d bo’lsa, yo’llar farqi quyidagicha:



Agar 2-to’lqin 1-to’lqindan butun to’lqin uzunligi qadar kechikib kelsa, kogerent manbalardan yetib kelgan nurlar bir xil fazada tebranayotgan bo’ladi. Bu to’lqinlar qo’shilib biri-birini kuchaytiradi. Bunga maksimumlar sharti deyiladi.

Agar 2-to’lqin 1-to’lqindan yarim to’lqin uzunligidan toq son marta kechikib kelsa, kogerent manbalardan yetib kelgan nurlar har xil fazada tebranayotgan bo’ladi. Bu to’lqinlar qo’shilib biri-birini susaytiradi. Bunga minimumlar sharti deyiladi.

Maksimum va minimumlar sharti quyidagicha:



Bu yerda: yorug’ xalqalar uchun k = 0,1,2,3,4….Qorong’u xalqalar uchun k = 1,2,3,4…..

Ekran markazidan ixtiyoriy k – tartibli maksimugacha va minimumgacha masofalar quyidagicha:



Ikkita qo’shni maksimumlar orasidagi masofa ikkita qo’shni minimumlar orasidagi masofaga teng va quyidagicha (118-b,rasm):



Yupqa plastinkalardagi interferensiya.

Qalinligi d o’zgarmas plastinkani monoxromatik nur bilan yoritilganda ham interferension manzarani kuzatish mumkin (119-rasm).

1 va 2 nurlar plastinkaga α burchak ostida tushsin. 2-nurning plastinka tashqi sirtidan qaytgan nuri 21 va 1-nurning qaytib havoga chiqqan nuri 111 o’zaro interferensiyalashadi.

111 va 21 nurlar interferensiyalashishi uchun bu nurlar yurgan geometrik yo’llar farqi emas, balki optik yo’llar farqi maksimumlar yoki minimumlar shartiga bo’ysunishi kerak.

119-rasm



Optik yo’l uzunligi – sindirish ko’rsatkichi n bo’lgan muhitda yorug’lik to’lqini biror masofani bosib o’tishi uchun ketgan vaqt davomida yorug’lik vakkumda qanday yo’lni bosib o’tishi mumkinligini ko’rsatuvchi kattalikdir.



Maksimumlar va minimumlar sharti quyidagicha:





Bu yerda:
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling