Variant-
Liftning harakat boshidagi va oxiridagi tezlanishlarining moduli bir xil. Liftdagi odamning vazni bu ikki holatda 3 marta farq qilsa, tezlanishning kattaligi nimaga teng? g =10m/s2
Ikki jism bir to’g’ri chiziq bo’ylab bir-birga qarama-qarshi yo’nalishda, 10 va 20 m/s boshlang’ich tezlik va harakat yo’nalishlariga qarama-qarshi yo’nalgan 2 va 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Ular orasidagi masofa ko’pi bilan qanday bo’lganda ular hali harakatlanayotgan vaqtda uchrashishadi.
Massalari 6g bo'lgan ikkita bir xil metall sharchalar, uzunligi 13sm bo'lgan bir xil va ikkinchi uchlari bir nuqtaga ilingan iplarga osilgan. Sharlarning har biriga qanday zaryad berilganda(nC) ular bir-biridan 24sm masofaga qochadi? k=9·109 m/F , g=10m/s2.
Tok manbai 10 Om qarshilikka ulanganda undagi tok kuchi 2 A ga teng bo'ladi. Agar shu tok manbaini 20 Om bo'lgan tok banbaiga ulasak 1,5 A tok kuchi paydo bo'ladi. Manbaning ichki qarshiligini toping
Bir tomondan berkitilgan probirkadagi havo uzunligi 19sm bo'lgan simob bilan berkitilgan. Agar probirka ochiq uchi bilan pastga qaratilsa probirkadagi havo ustunining balandligi 10sm, agar probirka ochiq uchi bilan yuqoriga qaratilsa probikadagi havo ustunining balandligi 6sm ga teng bo'ldi. Atmosfera bosimi nimaga teng bo'lgan(mm sim.us.)?
Tuzuvchi: A.Saydaliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |