Fizikadan testlar. 3-guruh


Download 0.73 Mb.
Sana31.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1144969
Bog'liq
Fizika 3-guruh. 16.12.2022


Fizikadan testlar. 3-guruh.
1. 20 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 4 s da to‘xtadi. Avtomobil tezlanishining modulini toping (m/s²). A) 4. B) 5. C) 10. D) 20
2. Harbiy reaktiv samolyot 10 s da tezligini 400 dan 940 km/h gacha oshirdi. Tezlanishni aniqlang (m/s²). A) 12,5. B) 45. C) 15. D) 125. E) 90
3. Agar raketa 50 m/s² tezlanish bilan harakat boshlagan bo‘lsa, 3 s dan so‘ng uning tezligi qanday bo‘ladi (m/s)? A) 12,5. B) 25. C) 150. D) 100. E) 200
4. 4 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan avtomobil kuzovidagi jism avtomobilga nisbatan uning harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda 10 m/s² tezlanish bilan sirpanmoqda. Bunda jismning yerga nisbatan tezlanishi qanday bo`ladi (m/s²)? A) 4 B) 6 C) 7 D) 10 E) 14
5. 36 km/h boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lgan tramvay tekis tezlanuvchan harakat qilib, 10 s da 150 m yo‘l o‘tdi. Yo‘l oxirida u qanday tezlikka ega bo‘lgan(m/s)? A) 40 B) 20 C) 46 D) 30
6. Agar avtomobil tekis tezlanuvchan harakat boshlab, 4 s da 24 m yo‘l bosgan bo‘lsa, u 600 m masofani necha sekundda o‘tadi? A) 25. B) 20. C) 15. D) 10.
7. Stansiyadan jo‘nab ketayotgan poezd 0,2 m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilsa, 20 s da necha metr masofa o‘tadi? A) 25 B) 35. C) 40. D) 45. E) 50
8. Tinch turgan avtomobil 2 m/s² tezlanish bilan harakatlanib, 121 m masofani o‘tishi uchun qancha vaqt sarflaydi (s)? А) 11. B) 16. C) 18. D) 30. E) 50
9. Jism 6 m/s² tezlanish bilan harakat boshladi. U harakatining 5-sekundida necha metr yo‘l bosadi?
A) 36. B) 27. C) 16. D) 4. E) 100
10. Jism tekis tezlanuvchan harakat qilib, harakatining beshinchi sekundida 18 m yo‘l bosdi. Jismning boshlang‘ich 10 s da o‘tgan yo‘lini toping(m). A) 100. B) 150. C) 125. D) 180. E) 200
11. Tepalikning eng pastki qismida chana tezligi 36 km/h ga teng va u 1 m/s² tezlanish bilan sirpanib tushgan bo‘lsa, u qanday yo‘l bosgan (m)? A) 25. B) 36. C) 50. D) 72.
12. Ikkita avtomobil bir shahardan bir tomonga; biri 72 km/h tezlik bilan, ikkinchisi esa 0,5 m/s² tezlanish bilan harakat qila boshladi. Ikkinchi avtomobil birinchisini necha sekunddan so‘ng quvib etadi?
13. Samolyot uchish yo`lining uzunligi 675 m. Samolyotning yerdan ko’tarilgan paytdagi tezligini toping (m/s)? Samolyot tekis tezlanuvchan harakat qilib, harakat boshlangandan so'ng 15 s dan so’ng yerdan uzilgan. A) 100. B) 80. C) 70. D) 90
14. Harakat tenglamasi x=-20+5t-0,2t2 ko‘rinishga ega. Harakatni tavsiflovchi kattaliklar: boshlang‘ich koordinata boshlang‘ich tezlik υ0, tezlanish a aniqlansin.
A) X0=0, υ0=-20 m/s, a=5 m/s² B) X0=0, υ0=-20 m/s, a=5 m/s² C) X0=20 m, υ0=5 m/s, a=0,4 m/s² D) X0=-20 m, υ0=5 m/s, a=-0,4 m/s²
15. Moddiy nuqtanmg harakat tenglamasi x=-3+2t+t² (m) ko‘rinishda berilgan. t=3 s paytda nuqtaning oniy tezligi qanday bo‘ladi (m/s)? A) 2. В) 3. C) 5. D) 8. E) 12.
16. Moddiy nuqta tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni υ=4t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 5-sekundda o‘tgan yo‘li qanday (m)? A) 32. B) 4. C) 16. D) 18. E) 50
17. Berilgan grafikdan foydalanib, tezlikning t1=2 s dan t2=6 s gacha bo‘lgan vaqt intervalidagi o‘zgarishini toping (m/s). A) 2. B) -2. C) 0. D) 1. E) -l.
18. Berilgan grafikdan foydalanib, boshlang‘ich 6 s da bosib o‘tilgan yo‘lni aniqlang (m). A) 21. B) 24. C) 30. D) 45.
19. Avtomobil to’satdan tormozlandi, agar tormoz bosgan paytda avtomobilning tezligi 30 m/s ga teng va avtomobil 5 m/s² tezlanish bilan harakatlana olsa, uning tormozlanish yo’lini toping (m). A) 100. B) 90. C) 70. D) 80. E) 120.
20.Grafigi rasmda ko‘rsatilgan harakatning 5-sekund oxiridagi tezligi 50 m/s bo‘lsa, uning boshlang‘ich tezligi qanday (m/s). A)45 B)40 C)30 D)20 E)10
21. Shayba muz ustida 0,5 m/s² tezlanish bilan harakatlana oladi. Agar shayba 100 m o’tib to’xtashi uchun uni qanday boshlang’ich tezlik berish kerak (m/s)? A) 40. B) 5. C) 10. D) 20. E) 25.
22. 200 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan o’q 20 cm qalinlikdagi taxtani teshib o’tgach 100 m/s tezlikka ega bo’lgan bo’lsa, uning taxtacha ichidagi tezlanishini toping (km/s²). A)10 B)20 C)30 D)75
23. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib, 5-sekundning oxirida 36 km/h tezlikka erishadi. Avtomobil harakatining 3-sekundida bosib o’tgan yo’lini toping (m). A)40 B)5 C)10 D)20 E)25
24. Piyodaning tezligi 3,6 km/h. Undan yarim soat keyin yo'lga chiqqan velosipedchi piyodani chorak soatdan so`ng quvib yetishi uchun necha m/s tezlik bilan harakatlanishi kerak? A) 6. B) 5. C) 3. D) 8. E) 4. 25. O'rdak oqimga qarshi 3 m/s tezlik bilan 6 minut suzdi. Agar oqim tezligi 1 m/s bo'lsa, o'rdak qanday (m) masofaga ko'chgan? A) 780. B) 680. C) 720. D) 810
26. Ikki poezd bir-biriga tomon 54 va 36 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. 1-poezddagi passajir 2-poezd uning yonidan 20 s davomida o'tganini aniqladi. 2-poezdning uzunligini toping (m). A) 500. B) 200. С) 250. D) 225. E) 240.
27. Jism OX o’qi bo’ylab koordinatasi x0=-7 m bo’lgan nuqtadan 6 m/s tezlik bilan harakatlanishniboshladi. Necha sekunddan so’ng jismning koordinatasi 5 m bo’lgan nuqtada bo’ladi? A) 2. B) 3. C) 4. D) 5. 28. Agar harakatning sakkizinchi sekundida 30 m yo‘l o‘tgan bo‘lsa, jism necha m/s² tezlanish bilan harakatlangan? A) 2. B) 4. C) 8. D) 16. E) 1
29. Tinch holatdan tekis tezlanuvchi harakat qilishni boshlagan shar harakatining birinchi sekundida 10 cm yo’l bosgan bo’lsa, uning harakat boshlangandan 3 sekund ichida bosib o’tgan yo’li necha santimetrga teng? A) 90. B) 100. C) 110. D) 120
30. 15 km/h tezlik bilan harakatlanganda avtomobilning tormozlanish yo’li 1,5 m ga teng. Agar avtomobilning tezligi 90 km/h ga teng bo’lsa, uning tormozlanish yo’lini toping (m). Ikkala holatda ham tezlanish bir xil deb olinsin. A) 54. B) 36. C) 48. D) 40.
Hammaga omad yor bo’lsin!!! 16.12.2022
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling