Fizikaviy xossalari


Download 34.01 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi34.01 Kb.
#1527436
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizikaviy xossalari

Xossalari. Kons. sulfat kislota juda kuchli oksidlovchidir.U ko’p
qaytaruvchilarni oson oksidlaydi.Ayniqsa metallmaslarni yuqori oksidlarigacha, yoki kislotalarigacha oksidlaydi:
C+2H2SO4=2SO2+CO2+2H2O
S+2H2SO4=3SO2+2H2O
2P+5H2SO4=2H3PO4+5SO2+2H2O
2B+3H2SO4=2H3BO3+3SO2
Sulfat kislotaning metallar bilan ta’siridan har xil mahsulotlar hosil bo’ladi. Suyultirilgan sulfat kislota aktiv metallar(Zn, Mg, Fe, Al) bilan vodorod gazini hosil qiladi:
Zn+H2SO4=ZnSO4+H2
Aktivlik qatorida vodoroddan keyin turadigan metallar (Cu, Hg, Ag Au, Pt) suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashmaydi.
Konsentrlangan sulfat kislota(98% va undan yuqori) Fe, Cr, Al, Au va Pt bilan ta’sirlasmaydi. Aktivligi kam bo’lgan metallar (Cu, Hg, Ag) bilan ta’sirlashganda SO2 hosil bo’ladi:
Cu+2H2SO4=CuSO4+SO2+2H2O
Konsentrlangan sulfat kislotaning aktiv metallar (Mg, Zn, Ca) bilan ta’siridan qaytarilish mahsulotlari SO2, S va H2S bo’lishi mumkin.
Mg+2H2SO4=MgSO4+SO2+H2O
3Mg+4H2SO4=3MgSO4+S+4H2O
4Mg+5H2SO4=4MgSO4+H2S+4H2O
Sulfat kislota ikki xil tuzlar: o’rta va nordon tuzlar hosil qiladi (K1=1*103; K2=1,2*10-2). Sulfat kislotaning erimaydigan tuzlariga BaSO4, PbSO4, SrSO4 kiradi. CaSO4 yomon eriydigan tuzlardan hisoblanadi.
Sulfat kislota kimyoviy sanoatning turli mahsulotlarini olishda juda kerak. Undan foydalangan holda boshqa kislotalar(HNO3, H3PO4, CH3COOH va boshqalar),tuzlar, o’g’itlar, bo’yoqlar olinadi.

Download 34.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling