Fizikaviy xossalari


Download 34.01 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi34.01 Kb.
#1527436
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizikaviy xossalari

Poloniy (Polonium), Po — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, atom massasi 208,9824. Poloniy radioaktiv elementlar yemirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil boʻladi. Uning massa sonlari 194 dan 218 gacha boʻlgan 25 ta izotopi va yadro izomerlari maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi 209Ro(T|/2=103 yil), sunʼiy yoʻl bilan olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv elementlar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2|(|Ro—RaF bilan, 2||Ro— AsS bilan, 2l2Po-ThC bilan, 2l4Po-RaC bilan, 215Ro—AsA bilan, 216Ro—ThA bilan va 2l8Po—RaA bilan belgilanadi. Poloniyning 210Ro izotopi (T1/2=138,4 kun) muhim amaliy ahamiyatga ega.Poloniy (2|0Ro) ilk bor 1898-yilda Poloniy Sklo-dovskaya-Kyuri va Poloniy Kyuri tomonidan uran rudasida radioaktiv element sifatida kashf etilgan va Poloniy Sklo-dovskayaKyuri vatani — Polsha (lot. Polonia) sharafiga Poloniy deb atalgan. Poloniy — kumush kabi oq va yumshoq metall, fizik xossalari jihatidan vismut va qoʻrgʻoshinni eslatadi. Suyuqlanish temperaturasi 254°, qaynash temperaturasi 962°, zichligi 9,4 g/sm3, atom radiusi 1,7 A . Yer pustila massa jihatidan 2-10 15% ni tashkil qiladi.Poloniy birikmalarda —2, +2, +4, +6 valentli. Uning oksidi, xloridlari, sulfati va kompleks birikmalari maʼlum.Poloniy uran rudasini qayta ishlashda hosil boʻladigan murakkab moddalarning eritmalarini elektrkimyoviy usulda kaytarib olinadi. 1 t uran rudasida 0,1 mg chamasida Poloniy boʻladi. PoS ni vakuumda 273° da qizdirish yoʻli bilan ham olinadi. Poloniyning izotopi 2|0Ro o-zarralar manbai sifatida ishlatiladi. 2|0Ro ning berilliy bilan aralashmasi turli materiallarni analiz qilishda neytronlarning manbai boʻlib xizmat qiladi.
12. p - oilasi elementlarining umumiy xossalari. Davriy sistemaning uchinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xarakteristikasi (Bor, Alyuminiy, Galliy elementlari va ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi va xossalari).
Bor guruxchasi elementlari birikmalarda +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Faqat talliy +3, +1 oksidlanish darajalarini namoyon qila oladi. Buning sababi elementlarning atom radiuslari B-Al-Ga-In-Tl qatorida ortib borishidir.Atom radiusi ortgan sari S - elektron orbitallari bilan p - elektron orbitallari orasida energiya farqi orta boradi. SHuning uchun talliyninng 6p - elektroni birinchi valent elektronga aylanib (Tl+1), keyin 6s2 - elektronlari ximiyaviy bog’lanishda ishtirok etishi tufayli Tl+3 xolatga o’tadi. Bu guruxcha elementlarining tartib rakami (Z = 5) V dan (Z = 81) Tl gacha ortib borishi bilan ularning oksid va gidroksidlari asosli xossalari kuchayib, kislotalik xossalari kuchsizlanib boradi.Masalan: bor oksidi faqat kislotali xossalarini namoyon qiladialyuminiy oksidi amfoter, qolgan oksidlar (Ga2O3, In3O3, Tl2O3) asosli xossalarni namoyon qiladi. H3BO3 kislotadir, Al(OH)3 amfoter gidroksiddir. Bu qatordagi qolgan gidroksidlar kislotalarda eriydi. Buning sababi: Al+3 dan Tl+3 -ga o’tgan sayin ion radiuslari kattalashib borishidir.

Borning tabiatda tarqalishi: bor asosan birikma xolida tarqalgan bo’lib, ular qatoriga: Na2B4O7*10H2O - bura, Na2B4O7*H2O - kernet, H3BO3*4H2O - sasolin. Borning yer po’stlog’idagi miqdori 5*10-4 %. Ikki izotop 10B (19,6%) va 11B (80,40%) ko’rinishidan iborat.

Olinishi. Bor asosan metallotermiya usuli bilan olinadi: B2O3 + 3Mg = 3MgO + 2B
Metallotermik usul bilan olingan bor uncha toza bo’lmaydi. Toza xolatdagi bor uning birikmalarini suyuqlantirib elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Juda toza xoldagi borni, bug’ xolatdagi borbromidni cho’g’lantilgan tantal simi ishtirokida vodorod bilan qaytarib bor olish mumkin:
2BBr3+3H22B+6HBr
Bundan tashqari, vodorodli birikmalarini termik parchalab ham erkin holdagi borni olishmumkin:B2H62B+3H2
Bor amorf va kristall modifikasiyaga ega. Borning vodorodli birikmalari boranlar deb ataladi. Ularning ko’pchiligi xatto ochiq xavoda o’z-o’zidan alangalanib, katta issiqlik ajratib yonadi. Bor oksidi B2O3 oq kristall modda.Borning kislorodli birikmalari asosan polimer tuzilishli bo’ladi. Alyuminiy atomi radiusi bornikidan kattaroq bo’lgani sababli ionlanish energiyasi kichikroq, shuning uchun ham alyuminiyning metallik xossalari bornikiga qaraganda kuchliroq namoyon bo’ladi. Alyuminiy amfoter elementdir.Al - ning tabiatda tarqalgan birikmalari: Al2O3*H2O - boksit (korund), Me2[Al2Si2O8]; Me5[AlSi3O10]; KAl2[AlSi3O10](OH)2 muskovit, (Na,K)2[Al2Si2O8] - nefelin, Al4[Si4O10](OH)8 - kaolinit, Na3[AlF6] - kriolit. Al ning yer pustlogidagi umumiy miqdori 5,5 % ni tashkil etadi. Alyuminiy tabiatda faqat birikma holida uchraydi.
Selen va tellur kimyoviy elementlar bo'lib, ular davriy jadvalda bir guruhda, 16-guruhda joylashgan. Selen va tellurning asosiy farqi shundaki, selen metal emas, telur metalloiddir.
Bundan tashqari, ko'pchilik hayvonlarning hujayralarida biologik funktsiyani bajarish uchun selen miqdori zarur, ammo tellur biologik funktsiyaga ega emas. Tellurni qo'llashda qotishtiruvchi element, yarimo'tkazgich, keramika uchun pigmentlar, oksidlovchi, yod-131 ishlab chiqaruvchi va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
Download 34.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling